Nazorat savollari:
1. Ijod tushunchasini tushuntirib bering.
2. Ijodning qanaqa turlari mavjud?
3. Fan va ijodning qanday bog’liqligi mavjud?
4. Fanning adaptasiya, aktivlashtirish, variativ, monitoring va axborotlash
funksiyalarini tushuntiring.
5. Ijodda falsafaning antologik gnoseologik va metodologik funksiyalari
nimalardan iborat?
6. Qadimgi Gresiyaning milliy maktabi deganda nimani tushunasiz?
7. O’yg’onish davridagi olimlarning falsafiy qarashlari.
8. Yevropa olimlarining falasafiy fikrlari.
-
44
9. Fan va ijod deaganda nimani tushunasiz?
10. Sharq mutafakkirlarining falsafiy fikrlari.
11.
Izlanishda
ssiyentiz,
postpozitivizm
va
germenevtika
yo’nalishlarining mohiyati nimadan iborat?
3. ILMIY JARAYONLARNING FORMASI, METODI VA
METODOLOGIYASI
3
.
1
.
Ilmiy izlanish asosi, tadqiqot va ijod tushunchalari
Ilmiy bilish, ilmiy tadqiqotning usuli yunoncha “metodos” so’zidan
olingan bo’lib, metod deb yuritiladi.
I.Kant fikricha “agar biz nimanidir metod deb aytsak, unda u asosiy
qonuniyatlar bo’yicha harakat usuli bo’lish kerak” ya’ni, boshqa so’zlar bilan
aytganda, metod - bu ko’r-ko’rona harakat bo’lmay, balkim yo’llantiruvchi,
oydinlashtiruvchi, ma’lum nazariyaga asoslangan bo’ladi.
Ulug’ nemis faylasufi Gegel fikricha, metod-bu subyektiv tomonda bo’lgan
qurol hisoblanib, uning harakat usuli hamdir.
Umuman olganda, metod-bu ilmiy bilimni tartiblashtiruvchi va bilishning
asosiy nazariy instrumenti bo’lib, haqiqatga olib boruvchi izlanish yo’li
hisoblanadi.
Metod, deb, yana shunday prinsiplar sistemasini ham tushunish
mumkinki, qaysiki bu prinsiplar qoida, ma’lum topshiriqlar yechish faoliyati
regulyativi bo’lsa.
Metoddan ham keng fikrni, uning ta’limoti bo’lgan metodologiya
bildiradi.
Metodologiyaning izlanish obyekti, metod bo’lsa, uning maqsadi yangi
bilim olish prinsiplarini va asosini ishlab chiqishdir.
-
45
Ko’p holda metodologiya deganda, eng avval ilmiy bilish metodologiyasi
tushuniladi, ya’ni ilmiy bilishlik faoliyati, uslubi va tuzilishi prinsiplari
ta’limotidir.
Fanning metodologiyasi uning ilmiy izlanish tarkibining tavsifini, ya’ni
izlanish obyekti, predmetining analizi, izlanish topshirig’i (yoki muammosi)
shu tipdagi topshiriqni yechish izlanish vositalari shu bilan birga topshiriqni
yechish jarayonida izlanuvchi harakatning ketma-ketligini formallashtiradi.
Hozirgi vaqtda metodologiya izlanishlari ham chuqurlashib, ham
kengayib borayaptiki, uning sababi, ilmiy bilishlikda tobora murakkab tabiiy va
sosial masalalar ko’rilayapti, shuningdek fan bilan sho’g’ullanish ham
ommaviy harakterga ega bo’lyapti.
Hozirgi zamon ilmiy-texnikaviy taraqqiyotining jadal sur’atlarda
rivojlanishi vaqtida metodologik bilim ham differensiyalashib bormoqda,
chunki uni ishlab chiqishda falsafa bilan yonma-yon barcha konkret fanlar
qatnashiyapti. Bugungi kunda, bilishlik jarayonida turli izlanish darajasidagi
tahlil metodlari va vositalari mavjudki, ularning hammasi ham falsafa
razryadiga qo’shish mumkin emas.
Shuning uchun, metodologiyani uch darajaga bo’lish, ya’ni eng yuqori
daraja – falsafiy, ikkinchisi umum ilmiy va oxirgisi konkret-ilmiy yoki maxsus
ilmiy metodologiya hisoblanadi.
Falsafiy metodologiya – metodologik tahlilning yuqori darajasi bo’lib,
o’ziga fandagi natijalarni dunyoviy qarash integrasiyasini, umumiy shaqlining
tahlili va ilmiy tafakkur metodini, u yoki bu dunyoning ilmiy ko’rinishining
kategorial tuzilishini oladi.
Umum-ilmiy metodologiya esa, izlanishning umum ilmiy prinsiplarini
izlanish formasi va borishini aks etadi.
-
46
Bunga misol bo’lib, nazariy kibernetika metodi, sistemali tahlil,
ideallashtirish metodi, formallashtirish, algoritmlash, modellashtirish va
boshqalarni olish mumkin.
Konkret-ilmiy yoki maxsus ilmiy metodologiya-bu, biror-bir fan
tarmog’iga qo’llaniladigan izlanish prinsiplari va prosedurasi, metodlar
majmuasi hisoblanadi.
Albatta,
umum-ilmiy
metodologiyanni
ham,
maxsus
ilmiy
metodologiyani ham, falsafiy qarashlarda alohida-alohida ko’rib bo’lmaydi.
O’zining sifati va maxsusligi bilan farqlanuvchi, rivojlanish darajasi
turlicha bo’lgan fanlar, shuni ko’rsatyaptiki, zamonaviy metodologiya
oblastida, yuqorida ko’rilgan uch darajadagi metodologiyalar integrasiya
tendensiyasining kuchayib borishi ko’zatilyapti.
Ko’p hollarda, hozirgi vaqtda ilmiy izlanishlarda, ayniqsa fanlar “stikida”
qo’shimcha fanlar metodi qo’llanilishi samarali bo’liyapti.
Shunday qilib, ilmiy izlanish, tadqiqot va ijod metodologiyasi, uning
predmeti, bu falsafiy, umum-ilmiy va maxsus ilmiy metodlar asosidagi yangi
ilmiy bilim olish uslubi va tuzilish prinsipi haqidagi zamonaviy, falsafiy
ta’limot bo’lib, izlanuvchi ijodiyot faoliyatini doimo aqliy nazorat etuvchi va
yo’llantiruvchisidir.
Ilmiy metod esa, bu shunday ilmiy bilimki, u o’zida inson tafakkuridagi
obyektiv jarayonlar qonun va tendesiyalarni tasvirlaydi va doimo uning ilmiy
bilimini o’sishiga yo’naltirilgan bo’ladi. Umuman olganda, o’zining mazmuni
jihatidan ilmiy metodning o’zi ijodiyot metodi hisoblanadi.
Falsafiy va umum ilmiy metodlar turlariga: analiz va sintez, induksiya va
deduksiya, abstraksiya, analogiya, modellashtirish, sistemali yondoshish va
boshqalar kiradi, ular haqida kelgusi mavzularda batafsilroq to’xtalib o’tamiz.
Har qanday metoda ilmiy izlanish olib borilsada, ammo barcha ilmiy
izlanishlar ma’lum bosqichlarni o’tishi lozim bo’ladi.
-
47
Agar biz, bilim - bu obyektiv dunyoning umumiy bog’liqlik qonunlarini
til formasida ideallashtirib anglamoq deb bilsak, unda bilimning vazifasiga
tasavvurimizdagi tarmoq xotirada saqlash va kerak bo’lganda amaliy hayotga
qo’llash keraqligini tushunamiz.
Bilmaslikdan bilishlikka intilishda insonning aqli faol bo’lishi kerak, u
bilishning asosiy quroli hisoblanadi.
Shu bilan birga, inson dunyoni va o’zini bilishi uchun, ma’naviy
kamolotga erishmog’i lozim, lekin bu kamolotga erishish faqat intilish bilan
emas, balki o’qish, o’rganish, bilimlarni va hunarlarni egallashi, jamiyatda
boshqa kishilar bilan muloqotda va munosabatda bo’lishi kerak.
Insonning bilishi, uning sezgilaridan boshlanadi, bilishning manbai esa
bu tajribadir. To’g’ri bilish va xulosa chiqarish asositafakkur ekanligini
tushunmog’imiz kerak. Shu bilan birga, tafakkur bu bilishning eng yuqori
bosqichidir. Tafakkurning asosiy vazifasi esa, sezgi a’zolari orqali yig’ilgan
ma’lumotlarni to’plash, solishtirish, tahlil qilish, izohlash, umumlashtirish,
shular asosida ularning ichki mazmunini ochish va ulardan xulosalar
chiqarishdir.
Inson tajribasi va tafakkuri bilan izlanadi, tadqiq etadi va ijod qiladi.
Bilishning falsafiy nazariyasiga ko’ra, inson bilishining subyekti
(sohibi)ni, insonni qurshab turgan borliq esa, bilishning obyektini tashkil
qiladi.
Bilish oddiy (kundalik) bilish va ilmiy bilishlikga bo’linadi.
Oddiy bilishda kishilar odatdagi o’z kundalik hayotlarida borliqdagi
predmet va hodisalarni bevosita o’z sezgi a’zolari va tafakkurlari orqali
bilishidir. Ilmiy bilish esa, oddiy (kundalik) bilishdan farqlanib, u borliqdagi
predmet va hodisalarning qonuniyatlarini, ularning mohiyatini bilishdir.
Shuning uchun, bunda ilmiy izlanishlar va ilmiy tadqiqotlar olib borish
asosida amalga oshadi.
-
48
Inson bilishda, uning qanday paydo bo’lishi jihatidan hissiy bilish,
mantiqiy bilish, intuitiv bilish, g’oyibona bilish va shu kabi ko’rinishlari bilan
ham farq qiladi.
Hissiy bilish deganda, odatda insonning his qilishi, sezgi a’zolari orqali
predmet va hodisalarni, ularning tashqi tomonlarini, tashqi belgi va
xususiyatlarini bevosita bilishi tushiniladi.
Mantiqiy bilish esa insonning predmet va hodisalarni tafakkur orqali
umumlashtirib, mavxumlashtirib va konkretlashtirib, ularni fikrida bilishidir.
Intuitiv bilish (intuisiya - so’zidan olingan bo’lib bevosita bilish,
payqash degani) o’z tabiatiga ko’ra, hyech bir bevosita hissiy, idroksiz va
mantiqiy muhokamasiz biror bir yangi tasavvur yoki yangi fikrning birdaniga,
kutilmaganda tug’ilishidir.
G’oyibona bilish - inson bilishining shunday turiki, bunda kishi o’zoq
masofadan turib, sodir bo’ladigan hodisa va voqyeani bilishi, his qilishi, bu
hodisa va voqyeani qanday sodir bo’lishi unga ayon bo’ladi.
Inson bilishini yana uning ijtimoiy hodisalar bilan bog’lanishiga ko’ra,
uni mifiologik bilish, diniy bilish, falsafiy bilish, estetik bilishlarga ajratish
ham mumkin. Bular esa inson bilish sohalarining turli tomonlarini tashkil
qiladi.
Insonning bilish jarayoni alohidalikdan xususiyatlikka, undan esa
umumiylikka va nihoyat umumiylikdan eng umumiylik tomon, hodisalardan
mohiyatlarga tomon boradi.
Bilish jarayonida, hissiy va mantiqiy bilish birlikda bo’ladi.
Chunki hissiy bilish, bilishning dastlabki birinchi bosqichi bo’lib, bilish
shu bilan boshlanadi. Bunda, his qilish, sezgi, idrok va tasavvur kabi
shaqllarda sodir bo’ladi.
Mantiqiy bilish - xukum, tushuncha va xulosa - bilishning dastlabki
shaqli hisoblanadi.
-
49
Umuman olganda insonning borliqni bilishdan asosiy maqsadlaridan
biri bu haqiqatni bilishdir.
Shulardan kelib chiqqan holda, shunday fikr qilishimiz mumkinki, ilmiy
izlanish, tadqiqotning so’ngisi hisoblangan jarayon – ijod - ijodiyot - bu
barkamol insonning barcha turdagi bilishi, tajriba va tafakkuri, aqli va idroki,
tasavvuri va o’ylovining yukori darajasi bo’lib, shu vaqtgacha ma’lum
bo’lganlar chegarasidan chiqishi va harakati bilan sifat jihatidan qandaydir
yangilik yaratishdir.
Ana shunga asoslanib kundalik ishda faqat takrorlanib, eskicha ish tutishi,
yangilik yaratmaslik, bu insonning oddiy faoliyati hisoblanadi, bundan farqli,
inschon hayotida yangilikka intilib, faoliyatida oldingiga nisbatan zamonaviy
bilimlarni qo’llab, biror-bir yangilik kiritishi – bu ilmiy-ijodiy faoliyat
hisoblanadi. Masalan, olimning biror-bir qonun yoki texnikaviy ishlanma,
prinsipni ishlab chiqishi, muxandisning rasionalizatorlik ishi, yangi texnologik
sxemasi, yangi yaratilgan kundalik hayotdagi narsalar, shifokorlarning yangi
uslubda davolashi, haykaltaroshning yangi haykalni yaratishi, yozuvchining
romani, badiiy asarlari, shoirning she’rlari, qishloq xo’jaligi xodimlarining
yangi urug’, nav, hosildor zotli mollarning yaratilishi, sa’natkorning yangi roli,
rassomning yangi sur’atlari, iqtisodchining yangi iqtisodiy modeli va h.k.
Barcha sohada ilmiy izlanish, ijodning asosiy manbai - ilmiy bilish, shu
soha fani turadiki, fanning sohibkori bo’lgan - olimlari, aslida ijodkorlar
hisoblanadi. Chunki, haqiqiy olim ijod sohibkori tariqasida, obyektiv haqiqatni,
aniq, ishonarli, to’la va chuqur bilishga intiladi.
Umuman aytganda, odamning ijodiy faoliyatiga, uning barcha ruhiy
kuchlari: ongi, aqli, fahmi, anglashi, fantaziyasi, xotirasi, intuisiyasi, sog’lom
fikri va hayotiy tajribasi, ya’ni intellekti qatnashadi. Ijodkor olimda iloji bo’lsa,
barcha mana shu hislatlar yoki shulardan biror-biri kuchli rivojlangan bo’lishi
kerak, ya’ni intellektual salohiyatga ega bo’lishi kerak.
-
50
Albatta, bularni rivojlantirish tagida kunlik mehnat, maqsadli o’rganish va
boshqalar turadi.
Ilmiy ijodiyotda, har bir izlanuvchi bilimlar turiga qarab, turli xil
metodlarni qo’llaydi.
Biz bilamizki, bilim - bu nazariya, fikr, tasavvur ko’rinishidagi
haqiqatning in’ikosi bo’lib, bilish jarayoni natijasi sifatida mantiqiy va jamiyat -
amaliy tekshirishdan o’tgan bo’ladi.
O’zining kelib chiqishidan, u empirik (tajriba va eksperiment natijasida
olingan), aqliy xulosaga kelish (abstrakt mantiqiy pog’onadagi bilish), nazariy
(aqliy xulosa natijasidagi bilim, lekin tajriba, amaliyot tekshirishidan o’tgan,
ya’ni obyektiv aniq bilim) bo’ladi.
Har qanday bilim ilmiy izlanish, tadqiqot jarayonida yuzaga keladi,
rivojlanadi. Ilmga qarata harakat bilim olish natijasi bilan olib boriladi.
Bilim olish, ilmga ilmiy izlanish ishlari va ularning bajarilishi asosiy
hisoblanadi. Chunki, ilmiy izlanishning maqsadi – bu obyektning, jarayon va
hodislarni ularni bog’liqlik strukturasini, bir-biriga munosabatini, fandagi ishlab
chiqilgan prinsip va bilish usullari bilan, har tomonlama haqiqiy o’rganish, shu
bilan birga insoniyatga foydali bo’lgan, amaliyotga qo’llaniladigan natijalarni
olishdir. Shuning uchun ham quyida ilmiy izlanish, tadqiqot ishlarining
turlanishi va uning strukturasini ko’rib chiqishimiz mag’sadga muvofiq bo’ladi.
Har qanday ilmiy izlanishda, izlanish obyekti va predmeti bo’ladi.
Izlanish obyektiga material yoki ideal sistema kiradi. Predmetiga esa, shu
sistema strukturasi, ichki va tashqi qonuniy bog’liqligi, rivojlanish
qonuniyatlari, har-xil xususiyatlari, sifati va h.k. kiradi.
Ilmiy izlanish umumiy ishlab chiqarish turiga va xalq xo’jaligiga
qanchalik muhimligiga, maqsadli bo’lishi bilan mablag’ manbaiga va izlanish
muddatiga qarab turlanadi.
-
51
Umumiy ishlab chiqarish bo’yicha: yangi texnologik jarayonlarni,
mashina va konstruksiyalarni yaratishga, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishga, mehnat sharoitini yaxshilash va inson shaxsini rivojlantirishga va
h.k. bo’linadi.
Maqsadli bo’lishi bilan, ilmiy izlanish fundamental, amaliy va ishlab
chiqarishga qo’llaniladiganlarga bo’linadi.
Fundamental izlanish - kashfiyot ochish va yangi hodisalarni va yangi
izlanish prinsiplarini yaratish uchun yo’naltirilgan bo’ladi. Bunda noaniqlik
darajasi boshqalarga nisbatan bir muncha katta bo’ladi.
Amaliy izlanish - insoniyat fa’oliyati uchun tabiat qonunlarini ishlatish
usullarini, yangi bo’lgan ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan jihozlarni,
qurilmalarini yaratishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Bu izlanish o’z o’rnida: ilmiy-izlanishli va tajriba-konstruktorlik ishlariga
ham bo’linadi.
Izlanishli izlanish, fundamental ilmiy izlanish natijalaridan kelib chiqqan
holda, obyektga ta’sir qiluvchi, yangi texnologiyani va texnikani axtarishga
yo’nalgan bo’ladi.
Ilmiy izlanish ishlari natijasida yangi texnologiya, tajriba qurilmasi,
asbob-uskunalar va x.k. yaratilinadi.
Fundamental va amaliy izlanish natijasida yangi ilmiy axborot paydo
bo’ladi.
Tajriba - konstruktorlik ishlarida konstruktiv tavsiflar tanlash bajariladi,
chunki, bunda jihozlar konstruksiyasini mantiqiy asosini tashkil qilishi kerak.
Ishlab chiqarishga bevosita ishlatiladigan natijalar - ishlab chiqilmalar
deb ataladi.
Ilmiy izlanishlar o’zining muhimligi darajasi bo’yicha:
- muhim ishlarga, fan va texnika qo’mitasi buyurtmasi, qarori
programmalari bo’yicha bajariladigan;
-
52
- tarmoq vazirligi yoki boshqarmalari rejasi bilan bajariladigan ishlarga;
- ilmiy izlanish tashkilotlari tashabbusi va rejasi bo’yicha bajariladigan
ishlarga bo’linadi.
Mablag’ manbai bo’yicha: davlat byudjeti, xo’jalik shartnomasi asosida
bajariladigan va to’lovsiz ilmiy izlanish ishlariga bo’linadi.
Har qanday ilmiy izlanishni ma’lum bir yo’nalishda ko’rish mumkin.
Ilmiy yo’nalish deb, shunday fan yoki kompleks fanlarga aytiladiki,
qaysikim shu oblastda izlanish olib borilsa.
Shundan kelib chiqqan holda: ilmiy yo’nalishlar quyidagi yo’nalishlarga
bo’linishi mumkin: texnikaviy, biologik, ijtimoiy, fizikaviy-texnikaviy, tarixiy.
va x.k. Bularni yanada, har biri bo’yicha detallashtirish mumkin.
Ilmiy izlanish strukturaviy birligiga, kompleks muammolar, mavzular va
ilmiy savollar kiradi.
Kompleks muammoga - bir qancha muammolar bir butun maqsadga
yo’naltirilgani tushunilsa, muammosida murakkab nazariy va amaliy
topshiriqlar tushuniladi, chunki hayotda ularni yechishga to’g’ri keladi.
Muammoning tarkibiy qismiga ilmiy ishlar mavzusi kiradi. Izlanish
vaqtida shu mavzu bo’yicha bir muncha natijalar javob tariqasida olinadi.
Bir qancha mavzular natijasi esa muammoning yechimini berishi
mumkin.
Ilmiy savollar esa mavzudan kichikroq ilmiy topshiriq hisoblanadi,
ularning javoblari mavzular javobi bo’ladi, chunki ular aniq ilmiy topshiriqlar
bo’yicha bo’ladi.
Talabalar, ya’ni ilmiy izlanishga dastlabki kirib kelayotgan, bo’lg’usi
ilmiy xodimlar, albatta o’zlarining tahsil olish davrida, ana shunday ilmiy
savollardan boshlaydilar. Bu savollar bo’yicha konspektlar, referatlar, ilmiy
anjumanlarda ma’ro’za yozuvi, ilmiy kurs ishlari va nihoyat ilmiy malakaviy
ishlar bajaradilar. Albatta, bunday ishlarga avvalombor zo’r qiziqish,
-
53
javobgarlik hissi bilan yondashgan talabalar muvoffaqiyatga erishishlari va turli
ilmiy sovrinlar egalari bo’lishlari mumkin. Eng muhimi, individual ilmiy
harakterga, yo’lga, uslubga ega bo’lishdan mutaxassis bo’lib yetishishlari
lozim. Lekin, har qanday ilmiy ishning samarasi uning hozirgi vaqtga qanchalik
javob berishiga, jamiyat hayotiga, xalq farovonligiga ijobiy ta’siriga va hayot
darajasini o’zgartirishi bilan ajralib turishiga bog’liq. Bunga esa, ilmiy
yo’nalishning qanchalik to’g’ri tanlanganligi katta ahamiyatga egadir.
Ilmiy izlanish yo’nalishini, muammoni yoki ilmiy mavzuning tanlanishi
va ilmiy savollarning to’g’ri qo’yilishi o’ta muhim vazifa hisoblanadi. Dolzarb
yo’nalish va kompleks mavzular avvalombor davlat dasturlarida aniqlanib
hukumat tomonidan tasdiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tasdiqlagan (22.06.2005 y.) 2006-
2008 yillarga mo’ljallangan amaliy tadqiqotlar Davlat ilmiy-texnika
dasturlarining nomlari va ular orasida amalga oshiriladigan ilmiy
tadqiqotlarning ustivor yo’nalishlariga:
DITD-1 – demokratik huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyatini
shaqllantirish, bozor munosabatlarini takomillashtirish,
jarayonlarni iqtisodiy va huquqiy asoslarini tadqiq
etish (jumladan yana 19 yo’nalish nomlari keltirilgan);
DITD-2 – jamiyatni erkinlashtirish va modernizasiyalash jarayonida
milliy istiqlol g’oyasini, milliy ma’naviy qadriyatlarni,
ilmiy- falsafiy, adabiy merosi va o’zbek xalqi hamda
davlatchilik tarixini tadqiq etish (yana 13 yo’nalish);
DITD-3 – yosh avlodni tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar
asosida munosib tarbiyalash, ta’lim-tarbiya tizimini
rivojlantirish, o’zluksiz ta’lim tizimida yuqori
malakali, shuningdek, boshqaruv kadrlarni tayyorlash
muammolarini tadqiq etish (19 ta);
-
54
DITD-4 – mineral xom-ashyo resurslarini izlash, qidirish, qazib
olish, baholash va kompleks qayta ishlashning samarali
usullarini ishlab chiqish (8 ta);
DITD-5 – aholi yashash joylarining samarali me’moriy-loyihaviy
yechimlari hamda zilzilabardosh bino va inshootlar
qurilishi texnologiyalarini ishlab chiqish, mahalliy xom-
ashyo asosida yangi sanoat, qurilish, kompozision va boshqa
materiallar yaratish (10 ta);
DITD-6 – respublikaning mineral xom-ashyo resurslarini, kimyo,
oziq-ovqat yengil sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari
hamda chiqindilarini ishlab chiqarish, saqlash va ulardan
foydalanishning resurs-tejamkor, ekologik xavfsiz
texnologiyalarini ishlab chiqish (11 ta);
DITD-7 – yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish va saqlash
tizimini takomillashtirish, respublikaning barqaror
rivojlanishini ta’minlaydigan atrof-muhit muhofazasi,
tabiatdan foydalanish va ekologik xavfsizlik
muammolarini hal etish (12 ta);
DITD-8 – texnik, moyli, don, sabzavot-poliz mevali, o’rmon va
boshqa ekinlardan mahsulot olishning yuqori samarador va
resurs- tejamkor texnologiyalarini yaratish (6 ta);
DITD-9 – inson kasalliklarini profilaktikasi, diagnostikasi,
davolash va qayta tiklanishini yangi texnologiyalarini
ishlab chiqish (9 ta);
DITD-10 – mahalliy tabiat va sintetik xom-ashyo asosida yangi
dorivor vositalarni hamda ularni ishlab chiqarishning
samarador texnologiyalarini yaratish (3 ta);
DITD-11 – genetik resurslaridan keng foydalanish,
-
55
biotexnologiyalar, o’simliklar va hayvonlarni
kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilishning
zamonaviy usullari asosida yuqori mahsuldor paxta,
bug’doy va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari navlari hayvon
va parrandalar nasllarini yaratish (8 ta).
Shulardan kelib chiqqan holda ilmiy tashkilotlarning ilmiy yo’nalishlari,
mavzulari tarkib topgan. Masalan, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ilmiy yo’nalishi (mavzusi): «Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida, xizmat
ko’rsatish tarmoqlari, servis va turizm sohalarini rivojlantirishning nazariy va
metodologik muammolari».
Shundan “Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasining
mavzusi:
Agar institut ilmiy yo’nalishi DITD-1,6 ga to’g’ri kelsa, shulardan DITD-6
dagiga to’g’ri keladi.
Shuning uchun ham institut, kafedra mavzulari o’ta dolzarb ilmiy
yo’nalishga yo’naltirilgan hisoblanadi.
Albatta, ilmiy yo’nalishning tanlanishi ixtiyoriy erkin hisoblansada, ko’p
holda qaysi tarmoqda ish olib borilayotgan bo’lsa, shu sohada ilmiy
yo’nalishdan tanlanadi. Bunda ayniqsa shaqllangan ilmiy maktablar ilmiy
yo’nalishi bilan ishlash ancha samarali bo’lishi mumkin. Tanlangan ilmiy
yo’nalishlar keyinchalik ilmiy xodimning o’zoq muddatlarga strategiyasini
hosil qiladi. Ilmiy muammolarni aniqlashda ko’proq shu muammo haqidagi
axborotlarni yig’ish, tahlil qilish va haqiqiy ilmiy muammoning mohiyatini
aniqlash zarur bo’ladi.
Ilmiy izlanish yo’nalishini tanlashda, avvalambor, mavzuning dolzarbligini
aniqlash kerak. Bunda, shu mavzu bo’yicha hozirga qadar nimalar qilingan,
qanday muammoda turganligini aniqlansa, keyingi bajariladigan ishlar
samarasi oshadi. Ayniqsa, mavzularni tanlashda kollektivning shu vaqtgacha
-
56
bajargan ilmiy izlanish ishlaridan ham foydalanish, nazariy va amaliy
ishlarning kelgusidagi tadbiqini ko’zlash, shu vaqtgacha yig’ilgan moddiy
texnik bazasini ishlata bilish bu ilmiy izlanish yo’nalishini to’g’ri
tanlanganligidan xabar beradi.
Ilmiy yo’nalishni tanlashda olingan axborotlar tahliliga o’zaro bo’ladigan
munozara va fikrlarga keng yo’l berish kerak. Chunki, faqat shunday holda
ilmiy yo’nalish to’g’ri tanlanadi va uni keyingi rejalashtirilishi ancha
osonlashadi. Amaliy ilmiy izlanishlarni tanlashda, buyurtma beradigan
tashkilot bilan munosabatning aniqligiga, olinadigan topshiriqning aniqligiga
e’tibor berish kerak. Ish davomida ilmiy yo’nalishda o’zgartirish kiritish,
qo’shimchalar bo’lishini ham ko’zda tutish kerak bo’ladi.
Ilmiy izlanish yo’nalishini tanlashda oldindan iqtisodiy samaradorligini
aniqlash muhim rol o’ynaydi. Bunda albatta, iqtisodiy kriteriyalarda ularning
samaradorligini hisoblab chiqish kerak. Iqtisodiy kriteriya ko’rsatgichlariga:
iqtisodiy effektivligi, ya’ni qancha iqtisodiy effektivligi ko’p bo’lsa, shuncha
xalq xo’jaligidagi samaradorligi ham ko’p bo’ladi, umumiy sarf-harajat, sarf-
harajatning qoplanish muddati va x.k. kiradi.
Bundan
tashqari,
tanlangan
mavzu
ustida
ishlashning
asosiy
harakterlaridan biri - bu o’z vaqtida ilmiy izlanish natijalarini amaliyotga tadbiq
etib borish kerak. Faqat shundagina ilmiy xodim o’z ishining qanchalik muhim,
samarali ekanligini biladi va ishga yanada qiziqish oshib ham ruhiy, ham
moddiy tomondan rag’batlanadi. Ilmiy izlanish yo’nalishi bo’yicha ishlarning
bajarilishi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi.
Ilmiy izlanish ishlari turlariga qarab bajarilish bosqichi har xil bo’lsada,
ular ketma-ketlik xususiyatga ega. Shuning uchun barcha ilmiy izlanish
ishlariga qo’yidagi taxminiy ketma-ketlikdagi bajarilish bosqichlarini keltirish
mumkin:
ilmiy izlanish nomini aniqlash;
-
57
texnikaviy-iqtisodiy asoslash;
ilmiy izlanish bosqichi, ya’ni nazariy va amaliy axborotlar bilan tanishib
maqsad va vazifa yanada aniqlashtiriladi;
eksperimental izlanish bajarilinadi va fizikaviy modeli yaratiladi;
olingan natijalarning umumiy tahlili qilinadi va modellarning
gipotezalari aniqlanadi;
ilmiy va ishlab chiqarish hulosalari qilinadi;
ilmiy texnikaviy hisobot yoziladi;
amaliyotga tadbiq etiladi.
Ilmiy izlanish mavzusini nomini aniqlash muammoning mohiyati,
tushunchasi va vazifasi aniqlanadi. Buning natijasida texnikaviy-iqtisodiy
tasdiqlashni bajarish uchun boshlang’ich yo’llanma beriladi.
Texnikaviy-iqtisodiy tasdiqlashda esa ushbu mavzu nima uchun
bajarilayotgani, dolzarbligi qisqacha adabiy tahlil tariqasida shungacha olingan
natijalar, kutiladigan natijalarning qayerda tadbiq etilishi, iqtisodiy
samaradorligini va boshqa ko’rsatgichlar aniqlanadi. Texnikaviy-iqtisodiy
tasdiqlashda tanlangan mavzuning bajarilishi maqsadga muvofiqligi
aniqlanadi. Faqatgina shundan so’ng bajariladigan ishlarning maqsad va
vazifasi aniqlanadi.
Nazariy izlanish etapida - izlanish predmetining fizikaviy tushunchasi va
mohiyati aniqlanadi. Shu bilan birga matematik modellari to’zilib,
boshlang’ich natijalari tahlil qilinadi.
Albatta, nazariy izlanish etapi amaliy eksperimental izlanish bilan
chambarchas bog’liklikda olib borilsa, ilmiy izlanish samaradorligi ancha
oshadi, sifati yaxshilanadi.
Eksperimental izlanishda, eksperiment-tajriba uslubi va dasturi tanlanadi
yoki to’ziladi va shu dastur bo’yicha tajribalar o’tkaziladi.
-
58
Nazariy va amaliy izlanishdan so’ng olingan natijlarning umumiy tahlili
o’tkazilinadi va oldindan qilingan gipotezalar bilan taqqoslanadi.
Ilmiy ish xulosalari to’ziladi, ishlab chiqarish xulosalari bilan taqqoslanadi.
Kerak bo’lganda yana tajribalar o’tkaziladi va qo’shimcha izlanishlar olib
boriladi.
Shundan so’ng qilingan ishlar bo’yicha ilmiy texnikaviy hisobot to’ziladi.
Ilmiy ishning navbatdagi bajarilish etapida, olingan natijalarning amaliyotda
tadbiq qilish va uning haqiqiy iqtisodiy-samaradorligini aniqlash ishlari
bajariladi. Bu etapdagi ishlarni bajarishda, tajriba konstruktorlik byurolarning,
loyiha tashkilotlarining, tajriba korxonasi va ustaxonalarning ahamiyati katta
bo’ladi. Ularning yordamidan samarali foydalanish kerak.
Muvaffaqiyatli bajarilgan ishlar davlat nazoratidan o’tgandan so’ng
keng ko’lamda xalq xo’jaligida tadbiq qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |