O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov


Sinergetikaning ijodiy izlanishdagi mohiyati



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

Sinergetikaning ijodiy izlanishdagi mohiyati 
 
Hozirgi vaqtda kelib fan juda ham rivojlanib, insonning tabiat bilan 
bo’lgan munosabatida, yangidan yangi istiqbolli, tabiatni bilish, uning 
qonuniyatlarini ochish borasida usullar qo’llanilayapti. 
Agar 300 yil oldin I.Nyuton harakatning asosiy qonunlarini ochib bergan 
bo’lsada, hozirga kelib fan 10
-15
sm kattalikdagi 10
-22 
sekund vaqtdagi 
jarayonlarni ham aniqlab olish darajasiga yetdi. Hozirda olamning yoshi qariyb 
10 
10
yilligi aniqlandi. Ana shu vaqtgacha, rivojlanib kelayotgan tabiat qanday 
rivojlanadi, uning jarayonlari o’zi qanday, qaysi kuch bilan, yana qancha 
vaqtgacha bo’lishi va h.k. savollarga javob topishda fan zaxmatkashlari xizmat 
qilib kelishyapti. 
I.Nyuton ta’limotidan kelib chiqgan holda, Yevropalik olimlar tabiat 
qonuniyatlarini abadiy va hammabop deb qabul qilishgandi. Ammo bu 
izlanishlar tarixida ingliz olimi Bor o’zining atom tuzilishi modelini, ya’ni 



78 
materiyani oddiy planetar sistemalardan, atomlar va elektronlardan 
to’zilganligini ko’rsatganida, endi tabiat bilimlarini barchasini shu ta’lim ot 
tushuntirib beradi deb hisoblashgandi. Keyinchalik A.Eynshteyn barcha 
fizikaviy qonunlarni to’la maydon nazariyasi bilan tushuntirishga erishdi.
Ammo fanning tobora chuqurlashib borishida, ayniqsa, kosmologiya, 
astronomiya, biotexnologiya, iformatika va h.k. zamonaviy fanlardagi yangi-
yangi faktlar, olamning turlicha ekanligi, unda tartibsizlik, xaos holati va 
tartibga kelish, struktura hosil qilishdek jarayonlar borishini ko’rsata boshladi. 
Dunyoning oddiyligi, undagi jarayonlarni vaqt borasida ko’rish, umuman 
dunyo fundamental qonunlar bilan, ya’ni vaqt jihatidan qaytarilishi mumkin 
bo’lgan jarayonlarni boshqarishi klassik fanda qabul qilingan. Ammo tabiatda 
qaytmas jarayonlar borki, ularni bunday klassik nuqtai nazardan tushunib 
bo’lmaydi.
Hozirgi zamon fan yutuqlari shuni yana bir bor ta’kidladiki, qaytmas 
o’zgarishlar, bular illyuziya emas, balkim tabiatda juda muhim rol o’ynaydi va 
tabiatdagi jarayonlarning o’zini-o’zi tashkil etishni ko’rsatadi.
Bizning olamda faqat oddiy alohida holatlarda qaytarilish (ya’ni, vaqt 
jihatdan boshlang’ich holatiga keladigan) va determinizm bo’lsa, tasodifiylik va 
qaytmaslik qoida sifatida bo’lar ekan. 
Ana shu qoidalar haqidagi ta’limot-sinergetika deb yuritiladi. 
Sinergetika-noorganik va organik tabiat sistemalarida ma’lum 
sharoitlarda barcha mikro-makro-mega darajalarda o’z-o’zini tashkil etuvchi 
jarayonlar, ya’ni o’zi to’zadi, o’zi strukturalashadi, o’zi tartibga keltiradi, xaos 
va tartibsizlikni kamaytiradi degan ta’limot haqidagi fandir. 
Ayniqsa, bunday sharoitda odamning aralashmasligi, tashqi ta’sir etuvchi 
faktorlarning bo’lmasligi- o’z-o’zini tashkil etishdagi shartdir. 
Sinergetikaning paydo bo’lishi bilan biz galaktikaning rivojlanishini
siklonlar va antisiklonlarning atmosferada tug’ilishi va o’lishini, Yerdagi global 



79 
jarayonlar, molyuskalar qobig’ining o’sishi, hayvonlar oyog’iyu, qushlar 
patining o’sishi, qor zarralari va asalari uyining simmetriya qonuniga bo’y 
sunishi umuman cheksiz misollarda ularni tushuntira oladi. 
Bularning barchasini Nobel mukofot laureati, belgiyalik olim 
I.R.Prigojinning termodinamikaning ikkinchi qonuniga asoslangan holda ijodiy 
ishlab, o’ylab chiqgan sinergetika algoritmi bilan tushuntirilishi mumkin. 
Sinergetika shuni ko’rsatdiki, har qanday tasodiflar bu ijodiy, konstruktiv, 
umuman mahsuldor ishlar boshi hisoblanadi. Chunki, u dunyoni tartibsizlikdan 
to’zadi. 
I.R.Prigojinning 
ta’limoti bo’yicha har qanday funksiyalarning 
strukturaga o’tishi, ma’lum sistemada mustahkamsizligidan vaqtincha 
bo’ladigan fluktasiya orqali bo’ladi. Funksiya, struktura va fluktasiya orqali 
tartibsizlikdan ma’lum tartib kelib chiqadi. 
Albatta, bunday ta’limotning kelib chiqishi yangi-yangi ijodiy 
faoliyatlarni jadallashtirdi, dunyoni jonli va jonsiz tabiatni, ular orasidagi 
munosabatni yangicha fikrda tushuntira oldi va olayapti. 
Sinergetika usulining ilmiy bilishda qo’llanilishi, tabiat, hayot, bilish va 
ijod sirlarini o’rganishga olib kelyapti. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin