3.2. Ilmiy izlanish metodologiyasidagi asosiy metodlar
3.2.1. Ilmiy bilishning emperik va umumiy metodlari
Ilmiy izlanishda, har bir izlanuvchi bilimlar turiga qarab, turli xil
metodlarni qo’llaydi.
Biz bilamizki, bilim - bu nazariya, fikr, tasavvur ko’rinishidagi
haqiqatning in’ikosi bo’lib, bilish jarayoni natijasi sifatida mantiqiy va jamiyat -
amaliy tekshirishdan o’tgan bo’ladi.
O’zining kelib chiqishidan, u emperik (tajriba va eksperiment natijasida
olingan), aqliy xulosaga kelish (abstrakt mantiqiy pog’onadagi bilish), nazariy
(aqliy xulosa natijasidagi bilim, lekin tajriba, amaliyot tekshirishidan o’tgan,
ya’ni obyektiv aniq bilim) bo’ladi.
Bilim o’zining sifati bo’yicha:
-
59
a) yangi (yangi ham izlanmagan obyekt ochish natijasidagi olingan yoki
yangi metod va metodlar qo’llaganda olingan);
b) “o’stirilgan” (qo’shimcha yangi bilim, tekshirilgan ma’lum metod va
metodikalarni qo’llashdan olingan);
v) funksiyalanayotgan (ish kunining talabiga asosan xizmat qilayotgan va
yig’ilgan bilim) bo’linadi.
O’zining qanday vazifani yechishiga qarab:
a) o’quv (o’qiyotganlar darajasiga qarab, mantiqiy bog’liqlikdagi bilim);
b) amaliy (amaliyotda qo’llaniladigan, ilmiy-texnika rivojida ahamiyati
juda katta);
v) dunyoviy qarash bilimiga bo’linadi.
Yangi bilimni o’stirish yo’llari va rasional ilmiy faoliyat vositalari
haqidagi fan - metodologiya hisoblanadi.
Izlanish yo’lini haqiqatga olib boradigan, ilmiy bilimni tartibga soluvchi
va bilishning asosiy nazariy instrumenti bu metod deb ataladi.
Metod, albatta nimagadir yo’naltirilgan bo’ladi. Metoddan farqli, tajriba,
eksperimentni, optimal natijalar olish uchun tashkillashtiriladigan qat’iylik
bilan bajariadigan metod – metodika deb yuritiladi.
Fanning metodologiyasi (epistemologiyasi) bu ilmiy bilish maxsus
metodlari va umumiy sistemasi-ki, bu bilan ilmiy bilim olish usullari va
tuzilishi prinsiplari falsafiy tahlili hisoblanadi.
Fanning epistemologiyasi va metodologiyasi, ilmiy bilish va ilmiy ijodni,
ya’ni maxsus ilmiy - izlanish faoliyatini o’rganadi.
Subyektning obyekt haqidagi har qanday bilishi (uning tomonlari, sifati
va xususiyatlari) ikki emperik va nazariy darajada bo’lishi mumkin.
Aniqrog’i, ilmiy izlanish ham, manu shu ikki etapda bo’ladi. Emperik
darajada izlanish bevosita obyektga yo’naltirilib, asosan ko’zatish, tajriba va
eksperiment natijalariga tayanadi. Ikkinchi etapda nazariy darajada izlanish
-
60
bo’lib, bunda mantiqiy fikrlash emperik bilimni chuqur analizi, barcha ikkinchi
darajali va asosiy bo’lmagan hodisalardan abstraktlash, bilishda uning
mohiyatiga yetishdir.
Ilmiy izlanish bosqichi, insoniyat ilmiy bilish tarixidan kelib chiqqan va
ko’p hollarda o’zini tasdiqini topgan, ilmiy bilishi va ijodning asosiy quyidagi
bosqichlari: ilmiy g’oya tug’ilishi, muammoning qo’yilishi, gipoteza qilinishi,
nazariyaning yaratilishi va ilmiy oldindan ko’rish tashkil qiladi.
G’oya - bu tadqiqot maqsadini, uning yo’nalishi va mohiyatini ifodalasa,
muammo, bu arabcha “masala” “vazifa” ma’nolarini ifodalab, ilmiy bilishning
hali bilib olinmagan va hal qilinmagan, lekin yechilishi lozim bo’lgan bilish
shaqli bosqichidir.
Ilmiy izlanish va ijod jarayonida muammolarni hal qilishda ko’plab
gipotezalar paydo bo’lishi mumkin.
Gipoteza - izlanayotgan predmet yoki hodisa to’g’risida ilgari surilgan
ilmiy jihatdan asoslangan, ilmiy fakt va ma’lumotlarga zid bo’lgan, lekin
haqiqatligi hali isbotlanmagan ilmiy bilish shaqlidir.
Gipotezaning rad etilishi uchun ilmiy fakt kifoya bo’lsa, isbotlanishi
uchun gipoteza nazariyaga aylanishi kerak. Nazariya, esa ilmiy bilishning eng
yuqori shaqli, haqiqatligi amaliy yoki nazariy jihatdan isbotlangan, borliqning
biror sohasiga oid ma’lumot g’oyalar, qarashlar, qonunlar va prinsiplarning
muayyan tizimi tushuniladi.
Nazariya, cheksiz gipotezalar natijasi hisoblanib, doimo rivojlanib, uning
mazmuni absolyut va nisbiy haqiqatlarning birligidan iborat bo’ladi.
Shundan so’ng, ilmiy bashorat qilish, ya’ni kelgusida yuz beradigan
hodisa, voqyea yoki jarayonni oldindan aytilishi mumkin.
Bilimning emperik darajasiga xos bo’lgan bilish usullari turli ko’rinishda
bo’ladi. Bilim darajasini tarixan o’z o’rnini topgan empirik va mavhum
tafakkur yoki nazariy darajalarga bo’lish mumkin.
-
61
Emperik darajasidagi izlanish to’g’ridan-to’g’ri izlanish obyektiga
yo’nalib, faqat ko’zatish, o’lchash, taqqoslash, eksperimentga va ulardan
olingan natijalar tavsifi, turlanishi va tushuntirilishiga tayanadi.
Mavhum tafakkur yoki nazariy darajasiga hozirgi vaqtda ilmiy bilishning
hamma fanlarga tegishli bo’lgan umumiy usullarga asoslanadi.
Izlanuvchi subyekt izlanish obyektiga aralashmay, ta’sir ko’rsatmay
o’rgansa, bu ko’zatish usuli hisoblanadi. Ko’zatishning qay darajada bo’lishi
qo’yilgan maqsadning aniqligiga, ko’zatilayotgan narsa hodisalar haqida
oldindan bilishga ega bo’lishiga bog’liqdir. Ko’zatish asbob yoki asbobsiz olib
borilishi mumkin. Chunki, asbob ko’zatish doirasini kengaytiradi, idrok qilish
qobiliyatini kuchaytiradi.
Ko’zatish vaqtida olimning faoliyati ikki xil: aktiv va passiv bo’ladi, ya’ni
obyektga nisbatan passiv bo’lsa, ko’zatish jarayonini ijodiy tashkillashtirilishida
aktivdir. Odatda o’rganilayotgan obyektni aniq qayd etilgan xossa va belgilarga
ega bo’lgan, boshqa biron-bir obyekt bilan isbotlash yo’li bilan amalga
oshirilishi - o’lchash usuli hisoblanadi.
Bu usul bilan predmetlar xossalarini, masalan mustahkamligini,
murakkabligini va boshqa tomonlarini aniqlash mumkin.
Izlanuvchi avvalgi ma’lum bilimlariga asoslangan holda izlanayotgan
obyektga xos bo’lgan o’xshash va farqli tomonlarini taqqoslash orqali
aniqlaydi.
Taqqoslash - bir narsa yoki hodisaning ikkinchi bir narsa yoki hodisadan
farqli va o’xshash tomonlarini, hamda ularning munosabatlarini o’rganish usuli
hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan usullardan, yuqori darajadagi aktivroq va
umumiyroq bilish usuli - eksperiment hisoblanadi.
Eksperiment
- tajribada sinab ko’rish orqali fanda hodisalarni bilish
faoliyatida tadqiq qilish, o’rganishdir. Bunda subyekt obyektga maqsadli faol
-
62
ta’sir ko’rsatadi, o’zgartirishlar, sun’iy sharoitlar yaratadi, o’zini qiziqtirgan
tomonlarni o’rganadi. Bu usul izlanuvchiga tabiiy sharoitda ko’zatish orqali
hosil qilish mumkin bo’lmagan bilimlarni olish imkoniyatini beradi. Ko’zatish,
taqqoslash, o’lchash eksperiment bilan o’zviy bog’liqdir.
Ilmiy izlanishda, ayniqsa, ijodda keltirilgan usullardan olingan natijalarni
tavsiflash (ta’riflash) emperik bilish darajasida o’ta muhim hisoblanadi. Bunda
ijodkorning aktivligi, o’ylov usuli, yuqori ilmiy professionalligi, olimning
umumiy madaniyati, uning obyektivligi yuqori o’rin egallaydi.
Har bir fanning o’zining maxsus tavsiflash uslubi mavjud. Ko’p holda
tartibsiz va maqsadga yo’naltirilgan; to’liq va to’liq bo’lmagan; sifatli va
miqdorli, strukturali, funksional, genetik va boshqa turlari bo’lishi mumkin.
Fanlar tarixidagi tavsiflash vaqtidagi sistemalash va turlash bilishda
yanada chuqurroq darajani egallashga yo’l ochadi. Masalan: botanikada
o’simliklar xususiyatlarini tartibga keltirilgani, kimyodagi kimyoviy elementlar
xususiyatini davriy sistemaga keltirilishi va h.k.
Ilmiy bilish bosqichidagi tavsiflashdan ham muhimrog’i bu tushuntirish
hisoblanadi. Bunda qanaqa obyekt, u qanday to’zilgan, mavjudligi haqidagi
savollarga javob oladi.
Har bir ilmiy izlanishda olingan natijalarni tushuntirish, bu izlanuvchining
ijodiy yondashuvidir. Eksperiment natijasida olingan natijalarni tushuntirish
haqiqiy bo’ladi, agarda u faktlar bilan tasdiqlansa. Ammo, eksperiment
(K.Popper
bo’yicha)
nazariyani
tasdiqlaydi,
mustahkamlaydi
yoki
falsifikasiyalab,
uning
tushuntirolmasligini
bilishlarimizning
xatoligini
ko’rsatadi.
Ushbu bilish usulidan yana biri, bu tushunishdir.
Ilmiy bilishda tushunish ilmiy izlanish metodologiyasida ko’zatish,
o’lchash, taqqoslash, tajriba, eksperimentdan yuqori bo’lgan fanning nazariy
darajasiga olib keladi.
-
63
Nazariy bilishning maqsadi, bu qonun ochish, bilish obyektining
qonuniyatini ochish hisoblanadi.
Nazariy bilish, ilmiy bilishning hamma fanlariga mansub bo’lgan
usullarga bog’liqdir.
Ilmiy bilishning hamma fanlar uchun umumiy bo’lgan usullariga:
induksiya va deduksiya, analiz va sintez, abstraktlash, analogiya,
modellashtirish va sistemali yondashuv usullari kiradi.
Ma’lumdan noma’lumga tomon fikr harakatini aqliy xulosaning shaqli
hisoblangan induksiya va deduksiya ifodalaydi.
Induksiya - ayrim fikriy bilishdan, umumiy xulosalar chiqarishga
qo’llanilsa, deduksiya esa, umumiylikdan xususiylikga mantiqiy olib boradi.
Induksiya usulida narsa va hodisalarning sababiy bog’lanishlarini
tekshiradi, qonuniyatlar ochiladi, tushunchalarni paydo qiladi.
Fandagi nazariyalar deduktiv usul natijasida yuzaga keladi, bu usul
asosan doimiy materiallar to’plash natijasida ularni chuqur o’rganish, sistemaga
solishda qo’llaniladi.
Induktiv va deduktiv usullar bir-biri bilan dialektik bog’langandir, ular
bir-birini to’ldiradi. Shuning uchun, ularni bir-biriga qarama-qarshi yoki ajratib
qarash mumkin emas.
Maqsadga muvofiq, shuni ta’kidlash kerakki, bu ikki usul ham fanda
samarali keng qo’llanilishini, undagi yetarli darajada haqiqiy bilim gipoteza
formasida, nazariya, ilmiy qonunlar va sistemalar, ta’riflar, turlanishlar bilan
belgilanadi.
Umuman, induksiya o’zining ilmiy axborotlarni jamlashi bilan, deduksiya
ularni bo’llashi bilan ajralib tursada, bu ikki mantiqiy usul avvalam bor analiz
va sintez usullariga bog’liq va unga suyanadi.
-
64
Analiz va sintez, induksiya va deduksiyaga nisbatan ancha konkret
o’rganilayotgan narsa va hodisalarga, fikrga bo’lgan fandagi munosabat
hisoblanadi.
Analizda narsa va hodisa, fikr, mayda bo’laqlarga, ya’ni elementlarga
bo’linadi va ular o’rtasidagi bog’lanishlar, o’zaro munosabat va ta’sirlar
o’rganiladi. Bu ajratilgan qismlarni keyinchalik sintez qilish uchun ham analiz
qilinadi. Analiz usuli, ayniqsa, bizni o’rab turgan dunyoning murakkab narsa va
hodisalarini o’rganish va bilishga qo’l keladi.
Ilmiy bilishda analiz turli formalarda, ya’ni nima va qanday maqsadda
bo’lishligi bilan farqlanadi va quyidagi formalarda bo’lishi mumkin: predmetni
bir butunligidan qismlarga bo’laqlash; uning tuzilishi, funksiyasi va shu
qismlarning bir-butunlikdagi bog’liqligini o’rganish; predmetning xususiyati,
tamoyillarini ajratib, ular orasidagi munosobatni o’rganish; ko’p predmetlarni
ko’p mayda predmetlar va guruxlarga bo’lishi va har bir elementning
ko’plikdagi o’rnini aniqlash, shular orasidagi munosobatni o’rganish.
Har qanday analiz o’zining sintezi bilan to’liq bo’ladi va ular bir-biridan
ajralmas hisoblanadi.
Sintez analizning natijalariga suyanib, narsa va hodisalarning bir butun
sifatini o’rganadi. Sintez-analiz natijasida fikran bo’lingan elementlarni
qaytadan tiklash, ularni birlashtirish, ilgarigi yaxlitligini fikran vujudga keltirish
usulidir.
Agar analiz izlanishda tayyorgalik ko’rish bosqichi hisoblansa, sintez uni
yakunlaydi. Ular natijasida umumiy tushuncha, muhokamalar tarkib topadi, ular
yordamida muayyan qonuniyatlar aniqlanadi, shaqllanadi.
Olimning haqiqiy ustaburonligi shundaki, analiz olingan axborotlardan,
oqilona yangilikni aniqlab undan bu yangilikni sintez qilib o’z ijodiy
faoliyatini boyitishdir.
-
65
Albatta, bunday ijodiy jarayonda, izlanuvchining mavhum-tasavvur
abstraksiya qobiliyatini kuchli bo’lishi talab etiladi.
Izlanish kerak bo’lgan obyektning muayyan munosabatdagi muhim
xossalarini bilish usuli-abstraksiya (mavhum tasavvur) deb ataladi.
Abstraksiyalash hodisa, narsaning xossalarini, munosabatlarini taraqqiyot
bosqichlarini fikran bilish usuli bo’lib, doimo fikrdan, e’tibordan biror-bir
xususiyatini chiqarib, tadqiqot uchun zarur bo’lgan birorta belgi yoki
xususiyatni mavhum holatga keltiriladi. Maqsadga muvofiq talab qilinsa,
oldingi soqit qilingan butun belgi va xususiyatlarni, yana fikran predmet yoki
hodisalar bilan bog’lab, shu predmet yoki hodisa haqida aniq bir fikr hosil
qilinadi. Bunda ideallashtirish ham abstraksiyaning muhim bir turi hisobida
bo’linishi mumkin.
Abstraksiyalash usulining qo’llanilishi natijasida iqtisodiy nazariyada,
tovar, bozor, baho, ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish kuchlari, ishlab
chiqarish munosabatlari, konkurensiya, foyda va shunga o’xshash ko’pgina
tushunchalar yaratilgan. Xuddi shunday abstraksiya tabiiy fanlarda, texnikaviy
va gumanitar, ijtimoiy fanlarda ham juda keng qo’lamda qo’llaniladi.
Umuman olganda, abstraksiyada ham, ideallashtirish ham, bilish
jarayonida obyekt qulaylashtiriladi.
Ilmiy ijod faoliyatida, yana bir usul bu analogiya, ya’ni ikki predmetning
o’xshash xususiyatlarini o’rganishda uning bir-biriga mosligi, aynanligi,
o’xshashligi qo’llaniladi.
Tabiiy fanlardagi keng tarqalgan massaning, issiqlikning va mexanik
energiyaning o’zaro analogik o’tkazuvchanligini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Xuddi shuningdek atom tuzilishining quyosh sistemasi tuzilishiga o’xshashligi
va h.k.
-
66
Fanlar tarixida analogiyaning eng samarali butun bir fanlarning ilmiy
bilish jarayonining yana bir karra yuqori darajada ko’targan mahsuli bu-
modellashtirish usuli hisoblanadi.
Modellashtirish – o’rganilayotgan obyektga tuzilishi yoki funksiyasiga
ko’ra unga o’xshash, lekin uning o’zi emas, uning nusxasini yaratib, shu nusxa
orqali haqiqiy obyektning tegishli xossa va xususiyatlarini o’rganishdir.
Model - (lotincha nusxa namuna degani)-shartli obraz sxema ma’nolarini
bildirsada, ilmiy bilishda qaysikim predmet yoki hodisani bevosita, asl nusxasi -
originalida o’rganish iloji bo’lmagan paytda uning originalida o’xshash, unga
mos moddiy yoki fikriy nusxasini yasab, shu nusxa (model) asosida originalni
o’rganish usulini anglatadi.
Masalan, hozirgi zamon iqtisodiy nazariyasida Amerika, Shved, Yapon
modellari yoki «Sharq yo’lbarslar» modeli (Gonkong, Singapur, Tayvan
Shimoliy Koreya) qo’llanilib kelinyapti. Xuddi shuningdek, mustaqillikga
erishganimizdan so’ng, biz prezidentimiz boshchiligida ishlab chiqilgan va
hozirda hayotda o’z tadbiqini topayotgan bozor iqtisodiyotiga o’tishning
“O’zbekcha iqtisodiy modeli” hisoblanadi. Buning asosida ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti, davlatning bosh islohotchiligi, bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich evolyusiya yo’li bilan o’tish, bunda birinchi
o’rinda O’zbekiston halqining sosial muammolarini birinchi o’rinda qo’yishdir.
XX - asr ikkinchi yarmidan ilmiy bilishda keng qo’lamda sistemali
yondashuv usuli qo’llanildiki, bu usul har qanday izlanish obyektini bir butun
sistema hisoblab unda sistemali analiz uslubida o’rganiladi.
Sistema deganda, bir butun elementlardan va ular orasidagi munosabat -
strukturadan iborat murakkab obyektga aytiladi. Umumiy sistemalar
nazariyasiga tayangan holda sistemali yondashuv, funksiyalar va sxemalar
analizi, kompozisiya va dekompozisiya uslublarini o’z ichiga oladi. Sistemali
-
67
obyekt deganda biz - kirish, jarayon, chiqish, maqsad, qayta bog’lanish va
chegaralanishni bilamiz.
Hozirgi vaqtda, bu usulning asosiy vazifalariga: bilish obyektini bir butun
murakkab tashkil topgan sistema sifatida qabul qilish; sistemaning umumiy
modeli va uni tashkil etgan qismlarini ham, tomonlarini ham, modelini tuzish;
uning strukturasini izlanishi, turli sistemali nazariyalarni ishlab chiqish turadi.
Umuman olganda, ilmiy izlanish, tadqiqot va ijod metodologiyasida
qo’llaniladigan empirik va nazariy formalar, metodlar va usullarning turliligi,
ularning rivojlanib borayotganligi, umumiy bilish metodologiyasini kuchaytirib,
boyitib bormoqdaki hozirgi zamon fani bularsiz rivojlana olmaydi.
Xuddi shuningdek, ilmiy bilish, ilmiy tadqiqotning usuli yoki bilishning
yo’li, yunoncha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, metod deb yuritilsa,
uslubiyatni - metodlar haqidagi ta’limot - metodologiya deb tushunamiz. Agar
qat’iy bajarish tartibida berilsa unda metod – metodika deb yuritiladi.
Ilmiy bilish metodlarini falsafada uch turga bo’lib o’rganiladi:
1. Ilmiy bilishning eng umumiy metodi.
2. Ilmiy bilishning emperik darajasiga oid umumiy ilmiy metodlar.
3. Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy ilmiy metodlar.
Ilmiy bilishning eng umumiy metodi, tadqiqotchilarning har qanday ongli
amaliy va nazariy faoliyatida, hamma va har qanday ilmiy tadqiqot sohasida
qo’llanilsa, ilmiy bilishning emperik darajasida esa ko’pchilik yoki bir gurux
fan sohalarida qo’llaniladi va oxirgisi asosan ilmiy bilishning nazariy
bosqichida qo’llaniladi.
Hozirga vaqtda yuqorida ko’rib chiqqan umumiy metodlardan, ayniqsa
o’zining tarixiy haqiqatligini ilmiy izlanishda samaraliligi bilan ajralib turgan:
ko’zatish va eksperiment, analiz va sintez, induksiya va deduksiya,
umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish, tarixiylik va
mantiqiylik, ideallashtirish, modellashtirish va shu kabilar mavjud.
-
68
Ko’zatish va eksperiment metodlarida ko’zatishda harakat o’zgarish va
rivojlanishdagi ma’lum obyektni tabiiy sharoitda u qanday bo’lsa, shu holicha
diqqat bilan belgilangan vaqt ichida ma’lum maqsad asosida ko’zdan kechirib
borilsa, eksperiment sharoit sun’iy yaratiladi.
Eksperimentda, tadqiqotchi o’zi o’rganish obyekti aktiv ta’sir qilishi,
ko’zatishining borishida aralashishi, ya’ni o’zgartirishi mumkin.
Ko’zatish va eksperiment asosida hosil qilingan fakt va ma’lumotlar esa
o’z navbatida tadqiqotchidan ularni analiz va sintez qilishni taqozo qiladi.
Analiz va sintez usullaridan, analiz - bir butuni qismlar, bo’laqlar,
tomonlar va elementlarga ajratib o’rganilsa, sintezda - analiz tufayli
ajratilganlar bir butun holiga keltiriladi. Ular bilish jarayonining moddiy yoki
tanqidiy amalning ikki tomonidir, ularni ajratib qo’llab bo’lmaydi.
Tadqiqotchi o’rganayotgan predmet yoki hodisalar olib borilayotgan
ko’zatish va eksperimentlari, analiz va sintezlar asosida hosil bo’lgan emperik
faktlar va ma’lumotlarni o’z tafakkurida umumlashtiradi, abstraktlashtiradi va
konkretlashtiradi.
Bu metodlar faqat tafakkur jarayoniga oid bo’lib, ular ilmiy bilishning
nazariy darajasiga xosdir.
Umumlashtirishda - tadqiqot olib borayotgan bir qancha predmet yoki
hodisalar yoki bir butun holatga keltirilib fikrlansa abstraktlashda - shu predmet
yoki hodisalarga xos bo’lgan tomonlari, xususiyatlarini va xossalarini fikrida
e’tibordan soqit qilib, tadqiqot uchun zarur bo’lgan bilish yoki xususiyatini mif
holatiga keltiradi.
Konkretlashtirishda esa, umumlashtirish va abstraktlashtirishdagi sak
qilingan oldingi butun belgi va xususiyatlarni yana predmet yoki hodisalar bilan
bog’lab, shu predmet yoki hodisa haqida aniq bir fikr hosil qilishdir.
-
69
Umumlashtirishidan abstraktlikka va undan konkrentlikka hamda
konkrentlikdan umumlashtirish orqali yana abstraktlikka tomon borish
bilishning umumiy usulidir.
Bu usullar nazariy bilishning induktiv va deduktiv metodlari bilan
chambarchas bog’liqdir.
Induktiv
va
deduktiv
metodlarda
tadqiqotchi
o’z tafakkurida
tekshirayotgan predmet yoki hodisalar to’g’risidagi bir qancha fikrlardan, ular
haqidagi ayrim bilimlardan umumiyroq bilimlarni hosil qiladi.
Ilmiy bilishda induktiv metod bilan hosil qilingan bilimlar doimo
deduktiv usul yordamida tekshiriladi.
Deduktiv metod, usul yoki deduksiya - bu bilish jarayonida fikrida
umumiy bilishlardan to’ziy, qisman bilimga kelish tushuniladi.
Tarixiylik va mantiqiylik usullarida agar, tarixiylik - bu o’rganilayotgan
hodisaning paydo bo’lishi, rivojlanishi va yemirilishi jarayonlaridan va uning
tarixiy jarayonlarga boshqa voqyealarni ham aloqadorligi ko’zda tutilsa,
mantiqiylikda esa ana shu tarixiylikning umumlashganligi, abstraqlashganligi,
konkretlashganligining ifodasidir.
Umuman olganda, tarixiylik - birlamchi, mantiqiylik ikkilamchidir. Bilish
va ilmiy izlanishning yana bir usuli bu - formatlashtirish va modellashtirish
hisoblanadi.
Formatlashtirish - bu izlanayotgan obyekt yoki hodisalarning ma’lum
konkret tomonlari, xossa va xususiyatlarining mazmuni mavxumlashtirib,
uni ma’lum abstrakt ifoda, formula yoki sxemalar bilan ifodalashdir.
Bundan oraliq munosabat, bog’liqlik ma’lum ifodada belgilanadi.
Formallashtirish usuli o’z navbatida modellashtirish bilan chambarchas
bog’liqdir.
Modellashtirish usuli eng avval matematika fanlarida yuzaga kelgan
bo’lsa, keyinchalik barcha fanlarning asosiy tadqiqot quroli bo’lib qoladi.
-
70
Ilmiy bilishda bu usulning vazifasi odatda tekshirilayotgan hodisani
bevosita, orginalda o’rganish, iloji bo’lmagan paytda uning orginaliga
o’xshash, unga mos keladigan moddiy yoki fikriy nusxasini, ya’ni modelini
(lotincha - nusxa degani) yasab, shu model asosida orginalni o’rganishdan
iboratdir. Modellar turiga qarab moddiy va fikriy bo’lishi mumkin.
Umuman, bilish va ilmiy izlanishda yuqorida qayd etilgan usullardan, kelib
chiqqan holda turli xildagi usullar tadbiq qilinayapti.
Bunda, juda keng tarqalgan, insoniyat tarixida muhim kashfiyotlarga
olib kelgani bu sinovii va xato qilishidir. Albatta, bu usulning unumdorligi juda
past bo’lsa ham juda avvaldan, ko’p tadqiqotchilar qo’llab kelishgan.
Ilmiy izlanishning usulini, yana bir muammosidan bu motivasiya
(uyg’onish) hisoblanadi. Motivasiya uch xil talabdan: biologik, sosial va
ideallashganlikdan kelib chiqadi.
Biologikda, masalan - kuchni har tomonlama tejash prinsipi sosial
motivasiyaga: moddiy rag’batlanishi, hurmatda va obro’ e’tibor olish bo’lish
talabidan va ideallashgan eng keng ma’nodagi talab motivasiyasi hisoblanadi.
Ilmiy izlanishda, ayniqsa uch xil o’ylov: mantiqiy (kelajakni faqat
mantiqiy o’zgarishlar bilan aniqlash), tanqidiy - bilishning kamchilikga
o’zgarishi lozimligini aniqlash va ijodiy (yangiligini topish) ga bo’linadi.
Ilmiy izlanishning aktivligiga o’ylovning psixologik energiyasi juda katta
ta’sir etadi. Unga ayniqsa, quyidagilar salbiy ta’sir etadi: o’ylovning har
tomonlama emasligi, odat kuchi, qisqacha tajribaviy yondoshish o’ta maxsus
mutaxassislik, avtoritetlarning ta’siri, tanqiddan qo’rqish, muvofaqiyatsizlikdan
qo’rqish, o’ta o’z-o’zini tanqid qilish va dangasalik.
Ilmiy texnik izlanishda yana quyidagi evrestik usullar mavjud:
1. Maydalash va birlashtirish.
2. Keraqlisini qoldirib, qolganini chiqarish.
3. Inversiya usuli (bo’lgan sharoitga, bo’lgan qarama-qarshisini
-
71
ishlatish).
4. Boshqa o’lchovga o’tish.
5. Universallik.
6. Zararni foydaga aylantirish usuli.
7. O’z-o’ziga xizmat usuli.
Bulardan tashqari, evrestik uslublarda, ideallashtirish, analogiya va
boshqalar hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqotda ko’plab ishlatiladigan analogiya usuli, amaliyotda:
1. To’g’ridan-to’g’ri analogiya. 2. Simvollik analogiya. 3. Shaxsiy analogiya. 4.
Fantastik analogiya hisoblanadi.
Ilmiy-texnikaviy izlanishda eng ko’p tarqalgani analiz (tahlil) uslubi
hisoblanadi.
Shu uslub bo’yicha ilmiy izlanish quyidagi etaplarda bo’lishi mumkin:
1. Jamiyatning texnikaviy talabi va texnikaviy kamchiligini tahlili.
2. Vazifa sistemasini tahlili va konkret vazifasini tanlash.
3. Texnikaviy sistemani tahlili va uning modelini ishlab chiqish.
4. Texnikaviy vazifa shartlarini tahlil qilib qayta ishlab chiqish.
5. Ixtiro qilish vazifasini sharoitini yana va formulirovkasi.
6. Yechim g’oyasini izlash.
7. Yangi texnikaviy yechimning sintezi.
Intuisiyaning intellektual bilish yuqori tipi ekanligi haqida inson bilishda
uning qanday paydo bo’lishi jihatidan hissiy bilish, mantiqiy bilish, intuitiv
bilish, g’oyibona bilish ijtimoiy hodisalar bilan bog’lanishga ko’ra mifologik
bilish, diniy bilish, falsafiy bilish, badiiy-estetik bilishlarga ajraladi.
Albatta, ushbu bilish turlari falsafada chuqur o’rganilgan bo’lsada, ammo
bulardan intuitiv bilish va g’oyibona bilish, hali to’la o’rganilmagan soha
hisoblanadi.
-
72
Turli fanlarning rivojlanishi, yangi yangi sohalarning kelib chiqishi bilan,
bu bilish turlari ham asta-sekin o’rganilib borilmoqda.
Intuitiv bilish, intuisiya tushunchasidan kelib- chiqib, bu lotincha so’zdan
olingan bo’lib, bevosita bilish, bevosita payqash deganini bildiradi va mantiqiy
muhokama qilinmasdan turib, to’satdan sodir bo’luvchi g’ayri aqliy bilishni
ifodalovchi tushuncha hisoblanadi.
Intuitiv bilish ta’minoti asosan XVII-XIX asrlarda kelib chiqib, hozirgi
vaqtda uning ijodiy bilishga chambarchas bog’liq ekanligi tasdiqlanyapti.
Fizik olim va faylasuf M.Bunge ta’biricha: har qanday matematika olimi
va har qanday tabiatshunos shu fikrga qo’shiladiki, faraz qilmasdan, ixtirochilik
qilmasdan, gipotezalar va rejalarni o’ylab chiqarish qobilyatiga ega bo’lmasdan
turib, mexanik operasiyalar qilishdan, ya’ni apparatlar bilan tadbir ko’rish va
hisoblash algoritmlarni tadbiq etishdan boshqa hyech ishni bajarish mumkin
emas. Gipotezalar yaratish, texnikada ixtiro qilish va eksperimentlar o’ylab
chiqarish-ijodiy prosesslarning yoki agar joiz ko’rsangiz, “mexanik”
operasiyalarga qarama-qarshi qilib qo’yiladigan intuitiv harakatlarning yaqqol
hodisalaridir.
Intuisiya obyektni empirik va nazariy bilish oldingi darajasiga tayanib
siljiydi, harakat qiladi. Bunda muallifning qobiliyati va tajribasi, uning
tafakko’rining tuzilishi katta o’rin egallaydiki, shuning uchun turli, hodisalar
uning intuisiyasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu tasodifiy olimlarning ta’siri, tezlik bilan
to’satdan yuz berish holati “ilmi g’oyib” bo’lib ko’rinadi. Tarixda ko’pgina
“Nyutonning olmasi”, “Mendeleyevning tushi” va shu kabi tasodiflar, ularning
olamshumul kashfiyotlar etishdagi doxiyona intuisiyalari uchun turtki bo’lgan
afsonalar bor.
Lekin, bu xildagi tasodiflarning bo’lishi mumkinligini inkor qilmagan
holda, intuisiyaning har bir hodisasi zamirida inson fikrining zo’r berib
-
73
ishlaganini, uning o’z oldiga qo’ygan maqsadini yechishiga harakat qilishini
tushunmoq zarur.
Intuisiyada insonning oldingi ijtimoiy va individual aqliy rivojlanishi
tajribasi lo’nda shaqlda jo qilingan. Unda hyech qanday mistik sir yo’q, uning
bevositaligi nisbiydir, binobarin intuitiv tarzda ilgari surilgan nazariy qoidalar
keyinchalik mantiqiy tahlildan o’tkaziladi, buning natijasida dastlabki faraz
yetarli asosga ega emas, deb rad qilinadi yoki ilmiy ravishda asoslangan
gipoteza shaqliga kiradi.
Agar intuisiya bilan olingan bilim mantiq yo’liga, huquqiga o’tmas, unda
u havoda muallaq bo’lib qoladi, yangi faktlarni qidirib topish jarayoni sodir
bo’ladi.
Umuman olganda, intuisiya bilish bosqichi emas, balki jonli mushohada
va mavhum tafakkur bilan o’zviy bog’langan, yordamchi rol o’ynaydigan
shaqlidir.
Dunyoni tajriba va tafakkurga tayanmasdan, faqat intuisiya yordamida
bilish mumkin deb, da’vo qiluvchi falsafiy oqim-intuitivizm bo’lib, uning
tarafdorlari intuisiyani ongning ijtimoiy amaliyot va tafakkurga aloqasi
bo’lmagan alohida xususiyati deb tushuntirishga o’rinadilar.
Ammo, tarixda intuisiya qobiliyati kuchli insonlar barchasi ham kuchli
bilimga, tafakkurga ega insonlar bo’lishgan.
Masalan, ulug’ Albert (1193-1264 yil) nomi bilan mashhur nemis
tabiatshunos, faylasuf, dinshunos alximik va astrolog Albert fon Bolshiyed
hisoblanadi. Uni sun’iy odam kashfiyoti sifatida, logorifmni fanga bergan,
hozirgi zamon kibernetikasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning ayniqsa
24 - asrgacha prognoz berishi hayratli hisoblanadi va ko’pgina aytganlari
hozirgacha o’z tasdiqini topgan. Uning odamzotning oyga va marsga uchishini,
mashinalar, avtomatlar bilan shug’ullanishini va h.k.o oldindan (qariyb 700-800
-
74
yil oldin) aytib beradi. Uning “Orakula” degan asari hozirgacha ham o’z qadr
qiymatini yo’qotgani yo’q.
Oldindan aytib beruvchi Rano Nero (XIV asr) fransiyalik astrolog, monax
ham, xuddi shunday intuisiya, iste’dod egasi edi. 1972 yilda Bolonya
monastrida uning “Vechnaya kniga” degan kitobi topildi. Unda bir yarim asr
ulug’ Nostrodamusdan oldin bizning planetamiz haqida 6323 yilgacha prognoz
berilgan.
Masalan, uning Stalin haqida aytganlari, Rim Papasiga bo’ladigan
suiqasdni aytib berishi, Yevropada yetti yillik urushning bo’lishi, SPID ning
kelib chiqishi va boshqalar haqida oldindan aytib beradi.
Xuddi shuningdek vrach, tabiatshunos, alximik va astrolog Parasels
(1493-1541) (Yevropa davlatlarida Respublika va demokratik boshqaruv
formasi bo’lishligini, Xitoyning rivojlanishini) va ulug’ Mishel Nostrodamus
(1503-1566) uning Senturli kitobi misolida intuisiya, iste’dodning ahamiyati
katta ekanligiga ishonmasdan bo’lmaydi. Nostradamus hozirgacha, fanda juda
katta jumboq fenomen hisoblanadi.
Uning aytganlarining to’g’rililigini oxirgi qariyb yarim ming yilda o’z
tasdiqini topib kelyapti.
Masalan, Gitlerning, Musolinining kelib halqqa ko’rsatgan aziyatlarini
oldindan aytgani, ayniqsa Samarqand 1941 yil 21 iyul (ikkinchi jahon
urushidan bir kun oldin) Amir Temur bobomiz go’rining ochilishi va urush
G’arbdan boshlanishini ko’ra bilishi va h.k. albatta, hayratli ravishda qaraladi.
Shuning uchun ham dialektika bilish jarayonida, ya’ni bilimlarni vujudga
kelishda intuisiyaning ahamiyati katta ekanligini haqida ta’lim beradi.
Shuning uchun ham ko’pgina taniqli olimlar intuisiyani izlanishga o’z
ilmiy ishlarini bag’ishladilar (Anri Bergean, Edmund Gusseral, Jon-Pol Sartr,
Karl Popper) ulug’ matematiklar Anri Puankare, Jak Adamar, Leon Brofer,
-
75
German Veyl va ko’pgina boshqa matematiklar, intuisiyasiz matematik
ijodiyotda tasavvur ham qilmasliklarini bildirganlar.
Ilmiy izlanishda intuisiyaning ijodiyotda ham muhim o’rin egallaydi.
Chunki, intuisiya va ijod insonning ming yilliklar tarixida vujudga kelgan
ongining hosilasidir.
Falsafa ta’limotiga ko’ra, ong yuksak darajada tashkil topgan
materiyaning, ya’ni inson miyasining mahsuli bo’lib, uning xususiyati
voqyeilikni aks ettirishdan iboratdir.
Ong-inson miyasining funksiyasidir, bu funksiyaning mohiyati esa tashqi
real dunyoni in’ikos ettirishdan iboratdir, deb tushuntiradi.
Agar Yerning yoshi 4-5 milliard yil ekanligini, hayot chamasi 2-2,5
milliard yil ilgari paydo bo’lganligini va insonning murakkab biologik mahsuli
bo’lgan, o’rtacha vazni 1000-1400 gr miyasi va bunda 14 milliardan ortiq
xujayralari (nerv) bo’lganligini nazarda tutsak, ayniqsa kelib chiqadigan sezgi,
his, iztiroblanish, ta’sirlanuvchanlik xossasi va h.k. shular sababli intuisiya va
ijod qilish qobiliyati vujudga kelganligiga ishonamiz.
Albatta, intuisiya ham, hali ilmiy to’la o’rganilmagan bo’lsada shu
vaqtgacha yig’ilgan bilimlar uni birmuncha tushunishimizga yordam beradi.
Inson miyasidagi fiziologik prosesslardan tashqari hyech qanday
sezgining, fikrning, hyech qanday his va istakning paydo bo’lishi mumkin
emas. Miya fikr organidir.
Insonning fikri, ongi real bo’lsada, lekin bu obyektiv reallik emas, balki
subyektiv, g’oyaviy bir hodisalardir,
Insonning sezishi, fahmlashi, tasavvurlari, shuningdek intuisiyasi va ijod
qobiliyati boshqa olimlar qatori psixikaning holatiga ham bog’liqdir
Insonning psixiasi doirasidagi hamma hodisa ham ongli bo’lavermaydi.
Psix holat tushunchasi ong tushunchasidan ancha kengdir. Psixika hayvonlarda
ham bor, lekin ularda ong yo’q. Psixik hayot hozirgina tug’ilgan chaqaloqqa
-
76
xosdir, lekin unda ham ong yo’qdir. Inson uxlab yotganida ajoyib-g’aroyib
manzaralarni ko’radi, bu psixik hodisalardir, ammo ong emasdir. Uyg’oq
holatda ham hamma psixik jarayonlar ong nuri bilan yoritilavermaydi.
Odam yurganida nimalarnidir o’ylaydi, lekin shu vaqtda u deyarli yoki
butunlay anglamasdan, turli-tuman hodisalarni ham ko’ra biladi, deyarli
«avtomatik» tarzda harakat qilib, odam hamma vaqt har xil to’siqlardan yo’l
topib boradi. Demak, hayot insondan faqat hatti harakatning anglab olingan
shaqllarini talab qilmaydi, balki, shu bilan birga unga zarurat bo’lmagan joyda
uni doimiy ong iztirobidan xoli etib, ongsiz shaqllarini ham talab qiladi. Xatti-
harakatning ongsiz shaqllari narsalarning hossalari va munosabatlari haqidagi
axborotning pinhoniy hisobga olinishiga asoslanadi.
Ongsizlik doirasi fahmi ancha katta. U ong fokusidan tashqarida yuz
beradigan
sezgilarni,
fahmlarni,
tasavvurlarni,
shuningdek
istaqlarni,
malakalarni, intuisiyani, dasturlarni qamrab oladi.
Ilmiy bilimlar shuni ko’rsatiyaptiki, ongsizlik doirasi bilan hatto onglilik
doirasida ko’ra bilmaydigan hodisa, voqyeilikni ham bilish mumkin.
Ong va ongsizlik o’rtasidagi ongli ravishdagi ruhiy holatlar: uyqu ko’rish,
gipnoz holatida bo’lish, tushunmay bildirilgan istak, hayajonli sezish va h.k.
kiradi.
Ong, ongsizlik va ongli ravishda tushunchalarni psixologik tahlil qilib
zigmund Freyd, odam ongining uch doirasi: “U”, “Men”, “Mendan yuqori”
borligini, ya’ni rohatlanish prinsipi bosh bo’lishini ko’rsatib beradi.
“Men”-bu shaxs ongining markaziy oblasti bo’lib, bunda reallik prinsipi
harakat qiladi.
“Mendan yuqori”-bu ichki ruhiyat, shaxsning vijdoni, umuman shaxsning
ichki holatidir.
Insonning bilishlik va ijod aktivligiga uning ongsizlik ruhiy holati katta
rol o’ynaydi.
-
77
Ilmiy bilishda intuisiya ham ongsizlik doirasida bo’ladi. Ongsizlik,
intuisiya bu ikkalasi ham bir narsa hisoblanib, to’satdan ko’ra biladi.
Masalan, 1865-yili nemis kimyogari A.Kekure benzin strukturasini,
do’stinikiga mehmondorchilikda o’z o’zini dumini tishlab turgan salamandrani
ko’rib topadi, xuddi shunday 1869 yili D.I Mendeleyev kimyoviy elementlar
davriy jadvalini uyqusida ko’radi. Shunga o’xshash yana ko’pgina misollarni
ko’rishimiz mumkin.
Ongsizlik, xotira va ijod bilan chambarchas bog’langandir. Bunda katta
hayotiy tajriba, keraqli axborotlar to’planadiki, ular ijodiy faoliyatda, avtomatik
ravishda harakat qilib qo’yilgan masalani hal qiladi.
Agar ongsizlik bu hayotiy buyurtma, shaxsning xususiy harakati bo’lsa,
intuisiya miyaning mantiqiy ishdan tashqari, oldindan olingan, xotiradagi
ma’lumotdan keltirilgan vazifani yechilishiga olib kelgan tushunaolmaslik
hosilidir.
Dostları ilə paylaş: |