O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov


 Falsafa va fan tarixida ilmiy izlanish va ijod muammolarining



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

 
2.2. Falsafa va fan tarixida ilmiy izlanish va ijod muammolarining 
ishlab chiqilishi 
 
2.2.1. Ilmiy-falsafiy sistemasining ilk kelib chiqishi 
 
 
Bilish nazariyasini chuqurroq o’rganish, har bir ilmiy izlanuvchiga yangi 
ijodida ilhom baxsh etadi, chunki bunda undan oldingi yillar, asrlar mobaynida 
yig’ilib kelgan dunyo haqidagi, borliq, hayot va boshqalar haqidagi bilim bilan 
qurollanadi. Bilimning vaqt o’tishi bilan haqiqat yo’lida rivojlanishini turli xil 
tushuncha, fikrlarning kelib chiqishi, bilish nazariyasining rivoji guvohlik 
beradi. Hyech bir yangilik, shu haqdaki, oldingi fikrlarni bilmay yaratilmaydi, 
chunki eskini bilmay yangini yaratib bo’lmaydi.
 
Agar biz, qisqacha (jadval-1) falsafiy fikr namoyandalarining bildirgan 
fikrlarini ko’rib chiqsak, undan umumiy quyidagicha xulosa qilish mumkin: 
jahon madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan falsafa fani odamzodning fikr 
bildirish vaqtidan boshlab paydo bo’lib, dunyodagi alohida bir halq, elat va 
millatniki emas, balki turli davr va sharoitlarda yashagan, yashab kelayotgan 
barcha halqning, butun insoniyatning ma’naviy boyligi, umumiy yutug’i, doimo 
rivojlanishida “yo’lchi-yuldo’z” bo’lib kelgan, aql-idrok va tafakkurning 
mahsuli hisoblanadi. 
Bu fanning shaqllanishida, ayniqsa Sharq va G’arb mamlakat halqlari 
yetakchi o’rin egallashgan. 
Ilmiy-falsafiy sistema inson sivilizasiyasi tarixida dastavval Misr, kichik 
Osiyo va qadimiy Gresiyada (Yunonistonda) o’z rivojini topdi. 
Dastlabki falsafiy tasavvurlar eng qadimgi mamlakatlardan biri - Bobil 
(Vaviloniya)da eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillik boshlarida paydo 
bo’lgan. Bu haqda tarixda shu halqlarda yaratilgan Gilgamish haqida, Adapa, 
Etapa asarlari guvoh beradi. Bunda tuproq, suv, havo, issiqlik inson hayoti va 
tirikligining abadiy manbai ekanligi, odamlarning tabiiy qonunlar asosida 



23 
yashashi zarurligi, o’lim va hayot sirlarini, abadiy hayotga intilishi, koinot 
haqidagi o’ylari, yer yuzidagi jarayon va hodisalarning koinot bilan bog’liqligi 
va boshqalar haqida berilgan. 
Shu vaqtlardagi o’ziga xos ishlab chiqarishning rivojlanishi talablari va 
inson ehtiyojlari asosida tabiat hodisalari mazmunini tushunib olish va ulardan 
turmushda foydalanish zaruriyati kuchayib borib, mahsulot va mollarning 
miqdorini, og’irligini o’lchash, ishchi kuchlar sonini aniqlash, binolar hajmini 
belgilash, dalalar yer sathini hisoblab chiqish, dastlabki eng qadimgi matematik 
hisoblar arifmetika va geometriya, astronomiya fanini paydo bo’lishiga sabab 
bo’lgan. Shu bilan birga, tibbiyot, tarix va filologiya, musiqa, tasviriy san’at, 
astrologiya ham sekin-asta kurtak ochgan. 
Qadimgi Misrda ilk madaniy yodgorliklar eramizdan to’rt ming yil ilgari 
vujudga kelgan. Bunda ham yuzaki bo’lsada falsafiy qarashlar o’z ifodasini 
topgan. Masalan: hamma narsa suvdan paydo bo’lgan va hamma narsada havo 
bor deb tushunishgan. 
Misrliklarning faqatgina taqvim yili 12 oy, har bir oy 30 kun, yil oxirida 5 
ta bayram qo’shilib, bir yil 365 kun deganlarining o’zi, ulardagi dastlabki fan, 
ilmiy falsafiy fikrlarning kuchli bo’lganligidan dalolat beradi. 
Bashariyat tarixida birinchi sivilizasiya beshigi hisoblangan Hindiston 
falsafasi, o’zining juda qadimiy va boy tarixiga ega. Hindistonda eramizning 
birinchi asrlaridayoq, tib, riyoziyot, ilmi nujum, din, kimyo, musiqa, poeziya, 
tarix, san’at, falsafa kabi ilmlar rivoj topganligi haqida o’sha davrlarda 
yaratilgan va bizgacha yetib kelgan: Ved, Ramayana, Mahobhorat, Kalila va 
Dimna asarlari guvohlik beradi. 
Dunyoning abadiyligi, ma’lum tabiat qonunlari asosida taraqqiy qilishini 
Xitoydagi dastlabki falsafiy ta’limotlar ham eramizdan oldingi VII-VI 
asrlardayoq ko’rsatib berishgan. Daosizm va konfusiychilik falsafiy ta’limotlar 
Xitoydo paydo bo’lgan eng qadimiylardan hisoblanadi. 



24 
Falsafaning ijodiy rivojlanishida, qadimgi Gresiya (Yunoniston) 
ijodkorlarining roli juda katta hisoblanadi. Chunki bu yerda falsafaning fan 
sifatida shaqllanishi boshlandi. 
Qadimgi Gresiya Milliy maktabi moddaning shaqllari: suv (Fales), havo 
(Anaksimen), tuproq - substansiya (lotincha mohiyat) darajasiga ko’tarilgan 
edi; ular fikricha, bu elementlar bir biriga aylanishi mumkin. Eslatib o’taman: 
substansiya deganda, barcha narsalarning qandaydir umumiy birlamchi negizi 
tushuniladi. Mazkur narsalarning oxirgi mohiyati hisoblangan Geraqlit 
falsafasida olov substansiya hisoblanadi va u Quyoshni, yuldo’zlarni, hamma 
boshqa jismlarni tashkil etib, olamning abadiy o’zgarishini belgilaydi. 
Anaksimandr aniq modda emas, cheksiz va nomuayyan materiya - apeyron 
substansiya hisoblangan va u vaqtda abadiy, strukturada bitmas-tuganmas 
bo’lib, o’zining mavjudlik shaqllarini o’zluksiz o’zgartirib turadi. 
Eramizdan oldingi V asrda Levkip, Demokrit, keyinchalik Epikur (er. av. 
III asr) va Lukresiy Kar ( er. av. I asr) rivojlantirgan atomistik substansiya 
nazariyasi, oldingi to’rt moddiy “bosh ibtido”lardan har biri zaruriy yangi 
umumiylikga va barqarorlikga ega emasligini; apeyron ideyasining juda ham 
noaniqlik kamchiliklarini bartaraf etdi. 
Bu nazariyada dastlabki oddiy zarrachalar atomlarning mavjudligi faraz 
qilinardi, bu atomlarni yaratib ham, bo’zib ham bo’lmaydi, ular o’zluksiz 
harakatda bo’lib, vazni, shaqli va jismlarda o’zaro joylashuvi bilan farq qiladi. 
Atomistik nazariyada materiyaning saqlanish prinsipi ilgari surildi. Bu inson 
tarixidagi ilmiy izlanishning eng muhimi va keyinchalik minglab yangi ilmiy 
yo’nalishlarni ochib beruvchi olam shumul yangilik edi. 
Demokrit olamni bilish mumkinligini ta’kidlab, uni qorong’i va haqiqiy 
bilimlardan iborat deydi. Bilish jarayonida hissiyot va tafakkurning rolini 
ko’rsatib o’tdi va fanning asosiy vazifasi bu sababiy bog’lanishlarni tekshirish 
deb biladi. 



25 
Quldorlik jamiyati davri vakili Platonning (er.av. 427-347 y) bilish 
nazariyasiga ko’ra, bilish obyekti “g’oyalar dunyosi”dir, moddiy dunyo va 
undagi narsa va hodisalar hissiy bilishning manbaidir. Moddiy buyumlarning 
asosi va mohiyati bo’lgan “g’oyalar dunyosi”ni faqat sof tafakkur yordamida 
bilish mumkin. Uningcha bilish ilgari yoddan chiqanni eslatish deb biladi.
Dialektika san’ati esa bu ijodiy fikrlash san’atidagi kunlik fikr yoki 
tushunchadagi qarama-qarshiliklarni topish san’ati deb hisoblaydi. Platon davlat 
nazariyasini - Respublikani oldin surdi. 
Bashariyat tarixida, insoniyat sivilizasiyasiga mantiq (logika) fanini 
bergan Platonning shogirdi Arastu (Aristotel) hisoblanadi. U mantiq bilish 
uchun zarur bo’lgan tafakkur shaqllari va isbotlash to’g’risidagi fandir – deb, 
yozadi. Fikrlar bog’liqligi uningcha, mavjud obyektiv olam hodisalari 
bog’lanishlarining in’ikosidir.
Arastu kategoriyalar, tushunchalar mulohaza va xulosalar to’g’risidagi 
ta’limotni kashf etdi, falsafa tarixida birinchi bo’lib kategoriyalar tizimini, 
ularning bir-biri bilan aloqadorligini bir-biriga o’tishini isbotlab berdi. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin