Sharq va G’arb adabiyotining Antik davri: qiyos masalasi.
Antik davr eposi: «Ramayana», «Maxabxarata», «Iliada», «Alpomish», «Go’ro’g’li», «Manas» asarlarining mazmuni va poetik o’ziga xosliklari.
Epos va drama haqida muammolari. Uslub masalasi.
EPOS (Yunoncha eroz — so’z, hikoya)
EPOS (Yunoncha eroz — so’z, hikoya)
badiiy adabiyot turi (lirika va drama bilan bir kdtorda);
xalqning qahramonona o’tmishini aks ettiruvchi asar.
Epos adabiyotning uch turidan biri sifatida tafsilot tasviriga tayangan badiiy asarlar jamini anglatadi. Unda muayyan makon va zamonda kechadigan voqeahodisalar tafsiloti, albatta, mavjud bo’ladi. Eposda so’z yordamida o’quvchi ko’z o’ngida Real hayot manzaralariga muvofiq keladigan badiiy voqelik yaratiladi. Eposning eng asosiy belgisi voqea tasviri, bayoni bo’lgani uchun ham ko’pincha bu turdagi asarlar Nasr yo’lida yoziladi. Lekin bu hol she’riy shaklda bitiladigan epik asarlar borligi va bo’lishi mumkinligini inkor etmaydi. Qandaydir voqeani aks ettirish asosiga qurilgan she’riy va nasriy asarlar Eposga mansubdir. Eposda muayyan makon va zamonda muayyan shaxs yoki odamlar guruhi bilan bo’lib o’tgan biror voqea, odatda, muallif yoki hikoyachi personaj tilidan bayon etiladi. Bu hol unda bayon, tavsif va dialogning birgalikda qorishiq holda kelishini taqozo etadi. Ayni paytda, Eposda bayon, rivoyat etakchilik qiladi. Muayyan asardagi peyzaj, portret, narsabuyum va boshqalar tafsilotlar tasviri rivoyatni kuchaytirish, uning ta’sir darajasini oshirish, personajlar tabiatini bo’rttirib ko’rsatishga xizmat qiladi. Eposning hozirgi bosqichida borgan sari bayonning salmog’i kamayib borayotganligi kuzatilmoqda.