antik davrda sharq va g\'arb adabiyotida eposlar talqini
Gomer asarlarini «Alpomish» dostoniga muqoyasa qilish, O’rta Osiyo xalqlarining mashhur qahramonnomasi «Iliada» hamda «Odisseya» poemalarining bevosita ta’siri ostida maydonga kelgandir, degan fikrni bildirmaydi. Bu asarlar orasidagi yaqinliklarni faqatgina Yunoniston va O’rta Osiyodagi ijtimoiy hayotning ma’lum tarixiy sharoitlarda bir-biriga yaqin bo’lganligi bilan izohlash mumkin, xolos. Ma’lumki, «Iliada» va «Odisseya» poemalarida qabilachilikdan quldorlik tuzumiga o’tish payti tasvirlangan bo’lsa, «Alpomish» dostonida qabilachilik tuzumining yemirilishi va feodalizm tartiblarining vujudga kelish davrlari haqida hikoya qilinadi. Binobarin, shu paytdagi ikkala xalqning hayot tarzi, ularning tushunchasi, turmushda ishlatadigan qurol-asboblari, deyarli bir-biriga o’xshash bo’lgan. «Odisseya» bilan «Alpomish» o’rtalaridagi ba’zi mazmun yaqinliklari, masalan, ikkala dostondagi qahramonlarning safardan qaytib, boshqa bir kimsa kiyofasida uylariga kelishlari va kamonbozlik vaqtida dushmanlaridan qasos olib, rafiqalari bilan topishishlari masalasiga kelsak, bu mavzu, ya’ni erning o’z xotini yoki mahbubasining to’yi ustiga kelib qolishi – jahon xalqlari og’zaki adabiyotida benihoyat ko’p uchraydigan bir holat bo’lgan: uslubdagi o’xshashliklar esa ming-ming yillar davom etgan dostonchilik an’analarining ifodasi, bu asarlarning xalq og’zaki adabiyoti zaminida yetilganligi alomatidir.