antik davrda sharq va g\'arb adabiyotida eposlar talqini
Eposda tasvirlanayotgan obrazlar tizimi katta ahamiyat kasb etadi. Obrazlar tizimi deyilganda faqat odamlargina emas, Eposda tasvirlangan jonivorlar, narsa-buyumlar va tabiat hodisalari ham ko’zda tutiladi. Eposda qatnashadigan obrazlarni shartli ravishda: bosh qahramonlar, personajlar yoki qahramonlar hamda yordamchi obrazlar sifatida 3 turga bo’lish mumkin. Epos badiiy tasvir qamroviga ko’ra, katta, o’rta va kichik kabi uchta janr guruhiga ajratiladi.

kichik epik janrlarga afsona, badia, latifa, masal, novella, ocherk, rivoyat, ertak, esse, etyud, hikoya, hikoyat kabilar kiradi.
Eposni janrlarga ajratishda voqea-hodisalarning qamrovi yoki davomiyligi darajasi emas, balki tasvirning ko’lami hisobga olinadi. Shuning uchun ham odamning bir soatlik holati aks ettirilgan romanlar bo’lganidek, necha yillik voqealar tasvirlangan hikoyalar ham bo’laveradi. Shuningdek, Eposni janrlarga ajratishda asarlarning hajmi ham asosiy o’lchov bo’lolmaydi. Eposni janrlarga tasniflashda muallifning estetik niyati ham hal qiluvchi o’rin tutadi. Shuning uchun ham ba’zan romandan katta hikoyalar, hikoyadan kichik qissalar yaratilishiga tabiiy hol, deb qarash kerak bo’ladi. Asarlarning janr talablariga muvofiq bo’lishini qat’iy talab etish yozuvchini qolipga solishga urinish bo’lib, badiiy ijodga katta zarar keltirishi mumkin. Eposga mansub asarning qaysi janrga tegishli ekanini muallifning o’zi belgilashi maqsadga muvofiqdir. Epos tor ma’noda, xalqning qahramonona o’tmishini aks ettiruvchi asarlardir.