antik davrda sharq va g\'arb adabiyotida eposlar talqini
Alpomish dostonida ham Gomer poemalarida bo’lgani kabi, o’xshatishlar juda muhim o’rin tutadi. O’xshatishlar ko’pincha bahodirlarning kuch-quvvatiga, jasoratiga, ularning otlariga, qurol-aslahalariga, ayollarning husn-jamoliga nisbat berib ishlatiladi. Shoir bu adabiy vositalarni aksar vaqt yilqichilik, ovchilik bilan kun o’tkazadigan xalqning turmushiga va tushunchasiga yaqin bo’lgan kundalik hayot voqyealaridan oladi. «Alpomish» dostonida epitetlar ham xuddi Gomer dostonlarida bo’lgani kabi turg’un va doimiydir. Masalan, Barchinoy muttasil «gajakdor», «zulfakdor», Alpomish «davlatli shunqor», Qorajon «nomdor» deb sifatlanadi. Gomer poemalari bilan «Alpomish» dostoni o’rtasida faqat badiiy vositalarning yaqinligi jihatidangina emas, hatto mazmunning o’xshashligi jihatidan ham mushtaraklik bor. O’zbek xalq dostonining qahramoni Alpomish ham xuddi Odissey singari dushmandan qaso olish niyatida uzoq safarga ketadi. G’animlar makriga uchrab, yetti yil zindonda azob chekadi. Alpomishning bunchalik bedarak ketishi sababli ota yurtidagi qarindosh-urug’lari uni o’lgan gumon qilib, ko’p musibat chekadilar.