Termiz davlat universiteti Filologiya fakulteti Filologiya tillarni oʻqitish oʻzbek tili yoʻnalishi



Yüklə 4,84 Mb.
səhifə4/9
tarix03.10.2023
ölçüsü4,84 Mb.
#151652
1   2   3   4   5   6   7   8   9
antik davrda sharq va g\'arb adabiyotida eposlar talqini

Dastlab Epos qahramonlarning atrofolamdagi yovuz kuchlar va buzuq niyatli odamlarga qarshi kurashi bayon etilgan asarlarni anglatgan. qadimiy Eposlarda voqea-hodisalarning talqin va tasvir etilish yo’sini o’sha davr kishilarining dunyoqarashi, e’tiqodi, ishonchlaridan kelib chiqqan. Eposning eng qadimiy namunasi sifatida ilmda oldinlari akkadlarniki deb sanalib kelingan, ammo keyinchalik barcha turkiy xalklarga tegishli ekani aniqlangan «Gilgamish» dostoni hisoblanadi. Shuningdek, hindlarning «Ramayana» va «Mahabharata», Gomerning «Iliada» va «Odisseya», o’zbeklarning «Alpomish», «Go’ro’g’li», qirg’izlarning «Manas», qozoqlarning «Qo’blandi Botir», ozarbayjonlarning «Ko’ro’g’li», nemislarning «Nibelunglar haqida qo’shiq», ispanlarning «Sid haqida qo’shiq», frantsuzlarning «Roland haqida qo’shiq», anglosaksonlarning «Beovulf», Karel va finlarning «Kalevala», armanlarning «Sosunli Dovud», gurjilarning «Amiraniani» kabi asarlari ham xalq qahramonlik Eposiga mansubdir. Turonga bostirib kirgan eronlik bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashgan xalq bahodirlari haqidagi «To’maris» va «Shiroq» afsonalari, «Zarina va Striangiya», «Zariadr va Odatida» qissalari ham xalq qahramonlik Eposi namunalari sanalgan. Ko’tarinki ruhda bitilib, qahramonona voqealar aks ettirilgan ayrim yozma asarlar ham Epos hisoblangan. Gegel o’zining «estetikaga oid ma’ruzalar» asarida Dantening «ilohiy komediya» hamda Firdavsiyning «Shohnoma» asarlarini E.ga mansub, deb hisoblaydi. Shuningdek, Sharq Eposi sirasiga yana Shota Rustavelining «yo’lbars terisini yopingan Pahlavon» va Abdurahmon Jomiyning «Haft avrang»i, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy qalamiga mansub bo’lgan «Xamsa»larni ham kiritish mumkin. Qahramonlik Eposi jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, sinfiy munosabatlar o’zgarganligi tufayli emas, balki muayyan etnosning milliy ruhi uyg’onib, o’zini shunchaki odamlar to’dasi emas, balki buzilishi mumkin bo’lmagan axloqiy-ma’naviy qoidalarga amal qilib yashaydigan etnik birlik sifatida tasavvur eta boshlagan kezlarda paydo bo’ladi. 

  • Dastlab Epos qahramonlarning atrofolamdagi yovuz kuchlar va buzuq niyatli odamlarga qarshi kurashi bayon etilgan asarlarni anglatgan. qadimiy Eposlarda voqea-hodisalarning talqin va tasvir etilish yo’sini o’sha davr kishilarining dunyoqarashi, e’tiqodi, ishonchlaridan kelib chiqqan. Eposning eng qadimiy namunasi sifatida ilmda oldinlari akkadlarniki deb sanalib kelingan, ammo keyinchalik barcha turkiy xalklarga tegishli ekani aniqlangan «Gilgamish» dostoni hisoblanadi. Shuningdek, hindlarning «Ramayana» va «Mahabharata», Gomerning «Iliada» va «Odisseya», o’zbeklarning «Alpomish», «Go’ro’g’li», qirg’izlarning «Manas», qozoqlarning «Qo’blandi Botir», ozarbayjonlarning «Ko’ro’g’li», nemislarning «Nibelunglar haqida qo’shiq», ispanlarning «Sid haqida qo’shiq», frantsuzlarning «Roland haqida qo’shiq», anglosaksonlarning «Beovulf», Karel va finlarning «Kalevala», armanlarning «Sosunli Dovud», gurjilarning «Amiraniani» kabi asarlari ham xalq qahramonlik Eposiga mansubdir. Turonga bostirib kirgan eronlik bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashgan xalq bahodirlari haqidagi «To’maris» va «Shiroq» afsonalari, «Zarina va Striangiya», «Zariadr va Odatida» qissalari ham xalq qahramonlik Eposi namunalari sanalgan. Ko’tarinki ruhda bitilib, qahramonona voqealar aks ettirilgan ayrim yozma asarlar ham Epos hisoblangan. Gegel o’zining «estetikaga oid ma’ruzalar» asarida Dantening «ilohiy komediya» hamda Firdavsiyning «Shohnoma» asarlarini E.ga mansub, deb hisoblaydi. Shuningdek, Sharq Eposi sirasiga yana Shota Rustavelining «yo’lbars terisini yopingan Pahlavon» va Abdurahmon Jomiyning «Haft avrang»i, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy qalamiga mansub bo’lgan «Xamsa»larni ham kiritish mumkin. Qahramonlik Eposi jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, sinfiy munosabatlar o’zgarganligi tufayli emas, balki muayyan etnosning milliy ruhi uyg’onib, o’zini shunchaki odamlar to’dasi emas, balki buzilishi mumkin bo’lmagan axloqiy-ma’naviy qoidalarga amal qilib yashaydigan etnik birlik sifatida tasavvur eta boshlagan kezlarda paydo bo’ladi. 

Yüklə 4,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin