O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov


 Ilmiy izlanish-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish va hozirgi



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

 
1.2. Ilmiy izlanish-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish va hozirgi
vaqtda qo’yilgan vazifalar 
Yuqorida keltirilgan manbalardan ma’lum bo’ldiki, O’zbekiston so’nggi 
yillarda ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirishga, ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlanishda, mamlakatni demokratik yangilashda fanning rolini 
kuchaytirishga qaratilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilib kelmoqda. 
Zamonaviy sanoat ishlab chiqarish, energetika, qishloq xo’jaligi va 
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, fan va texnikaning g’oyat muhim ilmiy va 
texnologik muammolarni hal qilishga qaratilgan fundamental, amaliy 



11 
tadqiqotlar va innovasiya ishlar sohasidagi 25 davlat ilmiy-texnika dasturi 
bo’yicha ishlar olib borilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot muassasalarini bazaviy ta’minlash tizimidan ilmiy-texnik 
vazifalarni hal qilishga qaratilgan maqsadli loyihalarni moliyalashga o’tish 
ilmiy jamoalar ijodiy faolligini rag’batlantirilishini, ularning sa’y-harakatlari 
real yakuniy natijalarga erishishga safarbar qilinishini, fan va texnika 
taraqqiyotining dolzarb masalalari hal qilinishini, ularning ishlab chiqarishga 
joriy etilishini ta’minladi. Ilmiy-texnika sohasida xalqaro aloqalar jadal 
rivojlanmoqda. Bunday natijalar, albatta ilmiy izlanish ishlari yurtimizda davlat 
tomonidan to’g’ri yo’naltirilganligini natijasidir. 
O’zbekistonda ilmiy izlanish rivojlanishini asosiy yo’nalishlarini 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi qarorlari bilan aniqlanib beriladi 
va istiqbolli - o’ta muhim ilmiy ishlarning barcha sohalariga birinchi o’rinda 
kadrlar jalb etilib keraqli material va moliyaviy ressurslar bilan ta’minlanadi. 
O’zbekiston xalqining farovonligini oshiruvchi, ko’zlangan iqtisodiy va sosial 
maqsadlar, jamiyatning ma’naviy-madaniy hayotini rivojlantiruvchi, davlatimiz 
xavfsizligini mustahkamlovchi barcha ilmiy-izlanish ishlari-istiqbolli, o’ta 
muhim ilmiy ishlar hisoblanadi. 
Ilmiy izlanishlarning umumiy tashkillantirilishi va rivojlanishini umumiy 
boshqarilishi Oliy Majlis, uning fan, ta’lim, madaniyat va sport bo’yicha
qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ho’zuridagi «Fan va 
texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish» qo’mitasi olib boradi. 
Maqsadga muvofiq shuni aytib o’tish kerakki, O’zbekistonda 
mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq fan va texnika sohasining rivojlanishi 
uchun ko’plab tashkiliy-amaliy ishlar olib borildi. Jumladan, 1992 yil 18 
fevralda O’zbekiston Respublikasi “Fan va texnika qo’mitasi” to’zildi, 2002 yil 
20 fevraldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot 
faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida”gi 3029 farmoni va 



12 
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 4 martdagi “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil 
etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 77-qaroriga binoan 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ho’zurida “Ilmiy-texnika 
taraqqiyotini Muvofiqlashtirish kengashi” to’zildi va texnologiyalar markazi 
hamda yirik ilmiy va investisiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish kengashi 
tashkil etildi, 2006 yil 7 avgustdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori bilan, mamlakatimiz 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida fanning rolini kuchaytirish, ilmiy-texnika 
taraqqiyoti boshqaruvini erkinlashtirish, ilmiy tadqiqotlar texnologik va 
konstruktorlik ishlanmalari darajasi, sifati va dolzarbligini oshirish, ulardan 
samarali foydalanish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida, muvofiqlashtirish 
kengashi va uning ijrochi organlari – Fan va texnologiyalar markazi hamda 
yirik ilmiy va investisiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish kengashi 
tugatilib, o’rniga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ho’zurida “Fan 
va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi” tashkil etildi. 
Qo’mitaning tarkibiy qismi 42
kishi, ijro apparati boshqaruv xodimlarining eng ko’p soni 25 kishi etib 
belgilandi. 
Qo’mitaning asosiy vazifalariga: 

- fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustivor yo’nalishini ishlab 
chiqish; 


ustivor 
yo’nalishlarni amalga oshirish bo’yicha faoliyatni 
muvofiqlashtirishni ta’minlash; 

- ilmiy-tadqiqot ishlar natijalarini qo’llanilishini monitoring qilishni 
tashkil etish; 

- xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. Ilmiy loyihalar tanloviga qatnashish 
uchun ko’maqlashish va boshqalar. 



13 
Qo’mita raisligiga O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
prezidentini tayinlanishi, fan namoyondalari va hokimiyat strukturasida 
chambarchas bog’liqligini yana bir-bor ta’kidladi.
Oliy Majlis deputatlari orasidan saylangan maxsus fan, ta’lim, 
madaniyat va sport qo’mitasi turli vazirliklar, markaziy muassasalar, 
korporasiya, konsernlari, uyushma va kompaniyalaridagi ilmiy izlanish 
ishlarining natijalarini baholash va nazoratini olib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvining 
oliy organi sifatida, yurtimizda olib borilayotgan ilmiy izlanish ishlarining
umumiy rahbarligini olib boradi. Shu bilan birga yurtimizda fan va texnika 
umumiy siyosatini ta’minlaydi; axborotlar ishlab chiqarishni tashkillashtiradi;
ilmiy va ilmiy texnikaviy muammolarning asosiy yo’nalishlarini aniqlaydi;
ilmiy izlanish ishlarining effektivligini oshirish uchun aniq qarorlar qabul 
qilib, ilmiy izlanish natijalarini xalq xo’jaligi sohasiga tadbiq etishni 
tashkillashtiradi.
Vazirlar Mahkamasi ilmiy izlanish ishlarining kompleks reja va
dasturlarini ishlab chiqib Oliy Majlis Mahkamasiga berib tasdiqlaydi, 
O’zbekiston Fanlar Akademiyasi ishlarini ham yo’naltiradi.
Mamlakatimizdagi olib borilayetgan ilmiy izlanish ishlarining
raxbarligini Vazirlar Mahkamasi maxsus tarmoqlararo to’zilgan - Davlat 
qo’mitalari orqali olib boradi. Bularga: O’zbekiston Respublikasi Fan va
texnika Davlat qo’mitasi; O’z.R. Davlat mulki va tadbirkorlikni qo’llab 
quvvatlashni boshqarish Davlat qo’mitasi; O’z.R. Davlat arxitektura va qurilishi 
qo’mitasi; O’z.R. Davlat geologiya va mineral resurslari qo’mitasi; O’z.R. 
Dexqonchilik kompleksini moddiy-texnikaviy ta’minlash va texnikani to’zatish 
davlat kooperativ qo’mitasi; O’z.R. Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi; 
O’z.R. Davlat soliq qo’mitasi; O’z.R. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi 



14 
va O’z.R. Davlat o’rmonchilik qo’mitasi kiradi. Bu qo’mitalarning barcha 
raislari O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining a’zolari hisoblanadilar. 
Biz bilamizki, Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining 
Markaziy muassasalari va Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Markaziy 
muassasalaridan tarkib topgan. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy muassasasiga: O’z.R. Fanlar 
Akademiyasi, O’zbekiston davlat koinotni tadqiq etish agentligi “O’zbekiston”, 
“Maxsusqotishma” respublika tashkiloti, O’z.R. Mualliflar huquqini himoya 
qilish Davlat agentligi, Chet el investisiyalari agentligi va boshqalar kiradi. 
O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi xo’zuridagi markaziy muassasalar 
tarkibiga: O’z.RVM. ho’zuridagi Oliy Atestasiya Komissiyasi - “O’z.OAK”; 
“O’z.davstandart”; 
“O’zgeodeziya”; 
Bosh 
gidromet, 
Respublika 
atamashunoslik qo’mitasi “Atamaqo’m” va boshqalar kiradi. Bularning 
hammasi yurtimizda olib borilayotgan ilmiy-izlanish ishlarining rivojlanish 
siyosatiga o’z hissalarini qo’shib boradilar. 
O’zbekiston Fan va texnika davlat qo’mitasi fan va texnika asosiy 
yo’nalishini belgilaydi, ilmiy-izlanishlarning effektivligini oshirish, olingan 
natijalarni amaliyotga tadbiq etish chora-tadbirlarni ko’radi; ilmiy-
texnikaviy axborotlarning tadbiqi nazoratini olib boradi; tarmoqlararo 
muammolarni koordinasiya ishlarini amalga oshirish bilan birga fan va texnika 
sohasida aloqalarni olib borishni amalga oshiradi.
Fan va texnika qo’mitasi ilmiy-texnikaviy axborot bo’yicha metodologik 
rahbarlikni va asosiy yo’nalish ishlarining bajarilish nazoratini va ilg’or 
texnologiyalarni va tashviqot qilish ishlarini olib boradi.
Bu borada, turli xil ko’rgazmalar, ilmiy simpozium, syezdlar, 
konferensiyalar va boshqalarni tashkil etadi. 
Xalq xo’jaligining tarmoqlari rahbarligini vazirliklar olib boradi. Ular 
Davlatda umumiy bir fan va texnikaviy siyosatni olib borishadi va o’zlariga 



15 
mansub bo’lgan barcha tarmoq korxonalarida, tashkilotlarida ilmiy-izlanish 
ishlarining ilg’or natijalarini tadbiq etish ishlarini olib borishadi.
Vazirliklar o’zlarining bu sohadagi ishlarida, o’z sohalari bo’yicha 
dolzarb bo’lgan ilmiy-texnikaviy muammolarini ishlab chiqadilar, olingan 
natijalarni amaliyotda tadbiqini uyushtiradilar va tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy 
muammolarni yechishga, ilmiy-texnikaviy konstruktorlik tashkilotlar ishlarini 
tashkillashtirish va ularni rahbarligini, moliyalashtirish, ular bajarayotgan 
ishlarini Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalari va oliy o’quv yurtlari bilan 
birgalikda olib borishlarini tashkil etadilar. Bunda ular o’zlarida tashkil etilgan 
ilmiy-texnikaviy kengash maslahati va ko’rsatmalari orqali olib boradilar. Bu 
kengashlarda yurtimizning yirik olimlari, Fanlar Akademiyasi va oliy o’quv 
yurtlaridan taklif etiladi.
O’zbekistonda eng yuqori ilmiy tashkilot bu - O’zbekiston Fanlar 
Akademiyasi - O’zFA hisoblanadi. U gumanitar va tabiiy fanlar bo’yicha 
fundamental ilmiy ishlarni olib borish bilan birga yurtimizda olib borilayotgan 
barcha ilmiy ishlar koordinasiyasini ham olib boradi.
O’z.FAsi Vazirlar Mahkamasiga bo’ysinadi. Yurtimizda olib 
borilayotgan ilmiy-izlanish ishlarining anchagina qismi oliy o’quv yurtlarida 
olib boriladi. 
Umuman olganda, Vazirlar Mahkamasidan boshlab, viloyat, tuman, har 
bir korxona tashkilotlarda Davlat boshqaruv sistemasi orqali barcha ilmiy 
izlanish-tadqiqot ishlari olib boriladi.
Oliy o’quv yurtlarida ilmiy izlanish ishlari ilmiy kengashlar orqali, 
rektor, rektorning o’quv ilmiy ishlar prorektori, fakultet dekani va uning o’quv-
ilmiy ishlar bo’yicha muovini orqali olib boriladi. 
Yuqorida 
keltirilganlardan 
shuni 
xulosa 
qilishimiz 
mumkinki, 
O’zbekistoning mustaqillik yillarida ta’lim tarbiya, bilim va ilm, tizimini isloh 
qilish, kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko’tarish sohasida muhim 



16 
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hukumatimiz ayniqsa, ta’limga, 
islohotlarning barcha bosqichlari uchun ham, ustuvor soha deb qarab kelmoqda. 
Ta’limning bosh bo’g’ini, bu fan va uning doimiy rivojlanishidir. Hozirgi 
vaqtda kadrlar tayyorlash milliy dasto’rining ikkinchi – sifat bosqichida, kadrlar 
tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismida fan-yuqori malakali 
mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va 
axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi hisoblanganligi yanada hayotda 
o’z tasdiqini topayapti. 
O’zbekiston tarixan olganda tadqiqotlari natijalari bilan dunyo 
sivilizasiyasining ko’p asrlik taraqqiyotini oldindan belgilab bergan, tabiiy va 
gumanitar sohada jahonga buyuk allomalarni in’om etgan, dunyo tan olgan 
ilmiy mktablarning vorisi sifatida, bugungi kunda ham mamlakat ijtimoiy va 
iqtisodiy rivojlanishining murakkab masalalarini hal etishga qodir ulkan 
salohiyatga egadir. 
Umuman olganda, O’zbekiston ilmiy ahli faoliyatini davlatning muhim-
ahamiyatiga ko’tarish va barcha ilmiy ishlar bo’yicha mablag’larni demokratik 
prinsip asosida – ya’ni, tanlov-grantlar asosida berilishini tashkil etish bilan 
mamlakatimiz Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni ilmiy-
tadqiqot ishlariga jalb etish, ta’lim bilan fanning samarali integrasiyasini 
ta’minlash, ta’lim muassasalarida ilm-fanni jadal rivojlantirish va shu asosda 
o’rganilishiga shu bilan birga malakali raqobat bardosh kadrlar tayyorlashga 
katta ahamiyat berilmoqda.
Bugungi kunda, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, 
“Bugunda Fan-jamiyatni rivojlanishini oldinga harakatlantiruvchi kuchdir” 
chunki fanning o’zi ham, o’sib rivojlanib boruvchi bir sistemadir. Fan bilan ijod 
bu ikki ajratib bo’lmas inson faoliyatidagi jarayondir. Chunki inson hayotining 
o’zi bu ijod hisoblanadi. Haqiqatdan ham, falsafa tili bilan aytganda ijod bu 
subyektning (maxsus, sosial gurux, jamiyat) obyektga (bizni o’rab turgan dunyo 



17 
yoki undan ajratib olingan qismi) maqsadli ta’siri natijasida o’rab turgan 
borliqni o’zgartirib, biror-bir yangilik yaratish hisoblanadi. Ijodning dastlabki 
qadamlari ilmiy izlanish, tadqiqot asosida olib boriladi. Bunda bilimlar tizimi 
hisoblangan fanning roli juda katta hisoblanadi. Shuning uchun ham fan va ijod 
o’rtasidagi bog’liqlik bu qadimdan qolgan falsafiy qarashlar masalasi bo’lib 
kelmoqda. 
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, ilmiy izlanish, tadqiqot va ijod – 
bu yaratuvchanlik bilishlik faoliyati bo’lib, ilmiy bilish, yangi bilimlar olish va 
uni qo’llanilishi, ilmiy bilimning yangi qonun va prinsiplari, insonning turli 
sohalardagi yangiliklar yaratish faoliyatiga rivojlanishiga bog’liqdir. 
Hozirgi zamonaviy iqtidorli olim, bu yuqori madaniyatli ziyoli inson, 
chuqur bilimli, har bir ishga ijodiyot tomonidan yondashuvchi komil inson 
hisoblanadi.
Ilmiy izlanish, tadqiqotning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 
- talabalar oldindan olgan bilimlarni o’zlarining ilmiy izlanishlarida va 
amaliy faoliyatlarida qo’llay olishlariga o’rgatish, fan, ilmiy tafakkur va 
ijodiyotdagi dunyo qarashlar va ilmiy muammolarga ijodiy fikr yuritishni ishlab 
chiqish; 
- falsafa va iqtisodiy nazariyaning dialektik bogliqligini ilmiy bilishlik 
metodologiyasi asosida yanada chuqur bilishni ta’minlash; 
- yangi ilmiy bilish metodi va yo’llari uslublarini ijodiy qo’llashni 
bilishlari; 
- ilmiy izlanishda, tadqiqotda mustaqil fikrlab, ijodiy yondashib, ilmiy 
materiallar yig’ishda zamonaviy axborot sistemalari va texnologiyalarini 
ahamiyati va rolini ko’tarish shart ekanligini bilish; 
- ilmiy izlanishda metodologiyaning asosi sifatida dong’i chiqqan chet el 
va vatanimiz olimlarining, hamda Prezidentimiz I.A.Karimovning fanning 



18 
nazariy, metodologik va iqtisodiy muammolariga bag’ishlangan asarlarini 
qo’llashni o’rganish; 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin