Ohaktosh va dolomit -
zaxiralari hamma q it’alarda uchraydi.
Ulami qazib chiqarish va qayta ishlash oson. Ular qurilishda poydevor
va devorlarda,*binolarni bezashda, beton uchun to ‘ldiruvchi sifatida,
ohak va sement bog‘lovchilari olishda ishlatiladi. Dolomit bog‘lovchi
va
olovbardosh materiallar, sement, shisha, keramika va metallurgiya
sanoatida ishlatiladi.1^
Sulfatli jinslarga -
gips va angidrit kiradi. Gips angidritga nisbatan
yumshoq bo‘ladi. Angidrit oq, yashilsimon, och kulrang va kulrang-
havorang ranglarda bo ‘ladi. Gips va angidrit tosh holatida qurilishda
bog‘ilovchilar olishda ishlatiladi. Gips konlari Markaziy Osiyo tog‘larida
ko‘plab uchraydi va tozaligi bilan farqlanadi.
M agnezit-
magnezit minerallaridan iborat, olovga bardoshli material,
bog'lovchi ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bog‘lovchi yog‘och chiqindilari
asosida kompozitsion materiallar olishda qadrlanadi.
Allit -
jinslariga glinozyomlar-boksitlar va lateritlar kiradi. Boksit-
alyuminiy
gidroksidi qizil, q o‘ng‘ir, jigarrang, yashil-kulrang ranglarda
b o ‘lib, olov bardosh, qum qayroq, alyum iniy ishlab chiqarishda
xomashyodir. Laterit kaolinit va temir gidrookisdan iborat. Qizil, qo‘ng‘ir
va sariq ranglarda bo‘ladi.
Orgonogen cho‘kindijinslarga ohaktosh, bo‘r, trepel, opoka, diatomit
kabilar kiradi. Orgonogen ohaktosh dengiz umurtqasiz hayvonlari, ohakli
suvo‘tlari va ohaktoshning aralashishidan paydo bo‘lgan. Orgonogen
ohaktoshning bir turi bo‘r hisoblanadi. Bo‘r oq rangli, yumshoq jins bo‘lib,
bo‘yoq, zamazka uchun pigment, ohak va sement kabi bog‘lovchilar ishlab
chiqarishda ishlatiladi. Chig‘anoqli ohaktosh zichligi 0,8-1,8 g/ sm3yengil
arralanuvchan,
Teksturasi chiroyli jins bo‘Igani
uchun qurilishda ichki, tashqi devor
va pollarni qoplashda ishlatiladi. Uning chiqindilaridan beton uchun
to‘ldiruvchi sifatida foydalaniladi. Diatomit, trepel va opokalar, asosan,
diatomitli suvo‘tlari qobiqlari, toshga aylangan mikroorganizmlardan,
amorf kremnezyomdan iborat uvalanadigan tog‘ jinslaridir.
Ular issiqlik
izolyatsiyasi materiallari olishda, sement uchun aktiv mineral qo‘shimcha
sifatida ishlatiladi.
Metamorfik tog‘ jinslaridan -
qurilishda ko‘p ishlatiladigani gneyslar,
gilli slaneslar, marmarlar va kvarsitlardir.
Gneyslar slanessimon -
(qatlamli) tuzilishga ega bolib, granitlaming
metamorfizmga uchrashidan hosil bo‘lgan. Gneyslar tarkibiga kvars,
25
biotit, rogovaya obmanka, dala shpatlari kabi minerallar kiradi. Ular granit
kabi yuqori mustahkamlikka ega, lekin muzlaganda qatlamlanib buziladi.
Gneyslar poydevorlar, yo‘l qoplamalari barpo etishda ishlatiladi.
Kristalli slaneslar -
mayda donali kvars, biotit va m uskavit
minerallaridan iborat; gilli,
kremniyli, sludali va boshqa turlari mavjud
bo‘lib, tombop plitalar tayyorlanadi. Slanes 2-8 mm. qalinlikda osongina
qatlam lanadi. Uning zichligi 2,7 -2 ,8 g/sm 3 g ‘ovakligi 0,3-3 foiz,
siqilishdagi mustahkamligi 50-240 MPa.
Kvarsitiar -
qumtoshlarning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan
mayda donali to g‘ jinslari 95-99 foiz (SiO,) dan iborat, siqilishdagi
mustahkamligi 100^455 MPa, olovga bardoshliligi 1710-1770 °S.
Qurilishda kvarsitiar devor toshlari, bruschatka, yo‘l va ko‘prik
qoplamalarida kislotaga chidamli material sifatida ishlatiladi.
Marmar
- mayda, o ‘rtacha va yirik donador zich tog‘ jinsi bo‘lib,
ohaktosh va dolomitlami yuqori bosim va harorat ta’sirida metamorfizmga
uchrashidan hosil bo‘lgan.
Sof marmar oq rangda, minerallar aralashsa,
yashil, qizil, kulrang, qora va qoramtir bo‘lishi mumkin. Aralashgan mine-
rallaming bir tekis tarqalmaganligi marmar teksturasi turli gulli bo‘lishiga
sababchidir. Marmar zichligi 2,8 g/sm3, suv shimuvchanligi 0,7 foizgacha,
siqilishdagi mustahkamligi esa 100-300 MPa, qattiqligi 3—4. Marmar oson
qayta ishlanadi va jilolanadi. Mannar qurilishda ichki va tashqi devorlami
bezashda, zinapoya, deraza tokchalari, chiqindilari esa koshinkorbeton
buyumlar, murakkab bezak qorishmalari tayvorlashda ishlatiladi. Marmar
bino va inshootlaming tashqi bezagi uchun ishlatilganda vaqt mobaynida
havodagi namlik va turli gazlar ta’sirida jilosini yo‘qotib boradi. Marmar
0 ‘zbekistonning Nurota, Qurama, Chotqol tog ‘ tizmalarida ko‘plab
uchraydi. Shulardan eng mashhuri Nurota mannar konlari tizimidir.
Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli teatr, «Istiqlol»
saroyi binolari
mahalliy marmar toshlar bilan bezatilgan.
Dostları ilə paylaş: