holatda esa 1250-1450 kg/m3. Uning normal quyuqligi 50-70 foiz suv
sarfi bilan ifodalanadi va maydalik darajasi va aralashmalaming miqdoriga
bog‘liq bo‘ladi. Suv sarfini kamaytirish uchun uning tarkibiga organik
plastifikatorlar kiritiladi.
Gips quyuqlanish davriga qarab 3 guruhga b o iin a d i: A - tez
quyuqlanuvchan (quyuqlanish boshi 2 daqiqa va oxiri 15 daqiqa); В
- normal quyuqlanuvchan (6 daqiqadan 30 daqiqagacha); V - sekin
quyuqlanuvchan (quyuqlanish boshlanishi kamida 20 daqiqa).
Davlat standarti tomonidan 12 markada gips bog‘lovchisi ishlab
chiqariladi (MPa): G -2, G -3, G-4, G-5, G-6, G-7, G-10, G-13, G-16,
G-19, G -22, G -25. Bunda egilishdagi mustahkamlik chegarasi kamida
liar bir marka uchun mutanosiblikda 1,2 dan 8 MPa gacha qiymatda mos
bo‘lishi kerak.
Gips havoyi bog‘lovchi bo‘lgani tufayli nam sharoitda mustahkamligi
kamayadi. Uning namlikka chidamliligini oshirish uchun sement, pussolan
minerallar va domna shlaki kukuni, suvga chidamli polimerlar qo‘shiladi
yoki gipsdan tayyoflangan buyum sirti lok-bo‘yoqlar va plyonkalar bilan
qoplanadi.
Dostları ilə paylaş: