137
Yenolazaning faollovchisi magniy va marganes ionlari, ingibitori esa
ftoridlardir.
O‗ninchi reaksiya yuqori
energiyali bog‗ning uzilishi va fosfat qoldiqning
fosfoyenolpiruvatdan
ADFga
ko‗chirilishi (substratli fosforlanish) bilan
tavsiflanadi. Bu reaksiya piruvatkinazay tomonidan katalizlanadi:
O‗n birinchi reaksiya
natijasida pirouzum kislotasining qaytarilishi va sut
kislotaga aylanishi yuz beradi. Bu reaksiya laktatdegidrogenaza fermenti va
oltinchi reaksiyada hosil bo‗lgan koferment NADH
2
ishtirokida bo‗lib o‗tadi:
Glikolizning
biologik ahamiyati, eng avvalo, energiyaga boy fosforli
birikmalarning hosil bo‗lishi bilan bog‗liq. Glikolizning
dastlabki bosqichlarida
ikki molekula ATF (geksokinaza va fosfofruktokinaza reaksiyalari) sarflanadi.
Keyingi reaksiyalarda to‗rt molekula ATF (geksokinaza va fosfofruktokinaza
reaksiyalari) hosil bo‗ladi. Shunday qilib, anaerob
sharoitdagi glikolizning
energiya samaradorligi bir moekula glyukoza hisobiga ikki molekula ATFdan
iborat. Ma‘lumki, glyukozaning ikki molekula sut kislotasigacha parchalanishi
natijasida erkin energiya o‗zgarishi taxminan 210 kDj/molni tashkil qiladi:
Dostları ilə paylaş: