132
glikoliz – kislorod ishtirokisiz to‗qimalarda kechadigan aralash fermentativ jarayon
hisoblanadi. Karbonsuvlarning anaerob parchalanishini
mohiyati faollashgan
glyukoza (fosfoglyukoza)ning ikki molekula sut kislotagacha parchalanishidir. Bu
jarayon natijasida hosil bo‗lgan energiya issiqlik tarzida qisman sarflanadi, qisman
ATF tavsifidagi makroergik birikma tarzida yig‗iladi. Glikolizda 2 molekula,
glikogenolizda – 3 molekula ATF hosil bo‗ladi.
Glikogenoliz fosforilaza fermenti ta‘sirida glikogendan bir molekula
glyukozani glyukoza-1-fosfat ko‗rinishida
uzilishidan boshlanadi, u keyinchalik
izomerlanib, glyukoza-6-fosfatga aylanadi. Glikolizda glyukoza geksokinaza
fermenti yordamida ATF ishtirokida (energiya manbayi sifatida) glyukoza-6-
fosfatga aylanadi:
Geksokinaza
Glyukoza + ATF
Glyukoza-6-fosfat + ADF + H
2
O
Glikoliza va glikogenolizning bir-biridan faqat boshlang‗ich
bosqichlarda,
ya‘ni glyukoza-6-fosfat efiri hosil bo‗lgunga qadar farqlanadi, undan keyin bu ikki
jarayon bir xil davom etadi. Keyinchalik glyukoza-6-fosfat fruktozo-1,6-difosfatga
aylanadi, u aldolaza fermenti ta‘sirida 2 molekula trioza-fosfoglitserin aldegidi va
fosfodioksiatsetongacha parchalanadi. Organizmda fosfodioksiatseton osongina
fosfoglitserin aldegidiga aylanadi. Shunday qilib,
parchalanishning keyingi
bosqichlarida 2 molekula fosfoglitserin aldegidning parchalanishi haqida so‗z
yuritiladi.
Yuqorida qayd etilganidek, glikoliz (yunoncha, ―glyzys‖ – ―shirin‖ va
―lysis‖ – ―erish‖, ―parchalanish‖) glyukozani almashinuviga oid ketma-ket
kechadigan murakkab fermentativ jarayon bo‗lib, u odam va hayvonlar organizmi
to‗qimalarida kislorod ishtirokisiz 2 molekula sut kislotasi hosil bo‗lishi
bilan
o‗tadigan reaksiyadir.
Anaerob sharoitlarda hayvon organizmi uchun energiya yetkazib beradigan
jarayon-glikolizdir. Aynan shu glikoliz jarayoni mavjudligi tufayli odam va
hayvon organizmida kislorod tanqisligi sharoitlarida ma‘lum
pallalarda qator
fiziologik funksiyalarni amalga oshirilishi ta‘minlanadi. Glikoliz kislorod
ishtirokida yuz berganda, buni
Dostları ilə paylaş: