poligalakturon kislotasining metil efiri bo‗lib,
u hujayra devoridagi
galaktan va arabanlar bilan birikkan bo‗ladi. Propektinni hosil bo‗lishida pektin moddalari
bilan birga sellyuloza, kalsiy, magniy ionlari va fosfat kislota qatnashadi.
Propektin protopektinaza fermenti ta‘sirida pektinga aylanadi. Propektinni
eriydigan tarzdagi pektinga aylanishi mevalarni pishib yetilish jarayonida yuz
beradi, bu esa mevalarning yumshoqlashuviga, ularning ta‘m sifatini oshishiga olib
keladi.
Gialuron kislota. Biriktiruvchi to‗qimalar guruhiga kiradigan ko‗p
to‗qimalar tarkibida uchraydi. Gialuron kislotaning eng ko‗p miqdori kindik
ipchasi, ko‗zning shishasimon tanachasi, bo‗g‗im suyuqligi, terida bo‗lishi
aniqlangan. Uning tarkibiga β-D-glukuron kislota va β-N-atsetil-D-glyukozaminlar
kiradi.
Xondroitinsulfatlar. Bu xildagi geteropolisaxaridlar
tog‗ay to‗qimasi, paylar,
ko‗z muguzini asosiy struktuktura komponenti hisoblanadi, shuningdek, suyak
to‗qimasida va terida ham bo‗ladi. Ularning bir necha tiplari: xonroitin-4-sulfat,
xonroitin-6-sulfat va dermatansulfatlarni bo‗lishi ma‘lum. Ular glukuron kislota va
galaktozamin qoldiqlardan tashkil topgan.
Keratansulfatlar. Ularning zanjiri navbatma-navbat tartibda joylashgan D-
galaktoza va N-atsetilglyukozamin-6-sulfatlardan tashkil topgan disaxaridlarning
β-(1→4) – bog‗lar yordamida birikishidan hosil bo‗ladi. Keratansulfatlar
tog‗ayning asosiy moddasi va ko‗zning shoh pardasida uchraydi.
Geparin va geparinsulfat .
Struktura
jihatidan
boshqa
glyukozaminglikanlarga
o‗xshash,
lekin
ular
hayvon
to‗qimalaridagi
lokalizatsiyasi va funksiyasi jihatidan farq qiladi. Geparin, odatda, ko‗p
hujayralarning yuzasida bo‗ladi, lekin u, asosan,