Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Gemitsellyuloza. 
Bu polisaxaridlarning katta guruhi bo‗lib, suvda erimaydi, 
lekin ishqoriy eritmalarda eriydi.
 
Gemitsellyuloza
 
o‗simlik hujayralarini qobig‗ida, 
yog‗ochchil qismida, somon, yong‗oq po‗chog‗i, kepak, makkajo‗xori so‗tasi 
tarkibida bo‗ladi. U mannoza, galaktoza, arabinoza, ksiloza va glyukozalardan 
tashkil topgan. Tarkibiga qarab ularni: mannanlar, galaktanlar, ksilanlar va 
h.k.larga ajratiladi.
 Lixenin.
Lishayniklar polisaxarid. U island yo‗sini tarkibida ko‗p bo‗ladi, α-
D-glukozid qoldiqlaridan tashkil topgan. Odamlar lixeninni hazm qila olmaydi, 
shimol bug‗ularini ovqat hazm qilish tizimida tegishli bakteriyalarning bo‗lishi 
tufayli ular bu polisaxaridni o‗zlashtira oladilar.
Agar-agar. 
Bu dengiz suv o‗tlarining polisaxaridi hisoblanadi. Agar-agar
 
isitganda suvda eriydi. Uning suvli eritmalari sovish jarayonida gel tarzida qotib 
qoladi, shu sababli mikrobiologiyada ozuqa vositasi sifatida, qandolat sanoatida 
esa 
jele, qiyom, marmelad
tayyorlashda foydalaniladi.
 
 Xitin. 
Strukturaviy polisaxarid sifatida tabiatda keng tarqalgan. U 
bo‗g‗imoyoqlilarning va boshqa umurtqasiz hayvonlarning kutikulasi yoki tashqi 


127 
skeletini, shuningdek, zamburug‗larning hujayra qobiqlarini tarkibiga kiradi. Xitin, 
odatda, oqsillar, anorganik tuzlar (kalsiy karbonat va boshqalar), lipidlar va 
pigmentlar bilan birikkan bo‗ladi. Karbonsuv komponenti sifatida xitinning 
tarkibiga N-atsetilglyukozamin qoldiqlari uchraydi. Xitin har xil organizmlarda 
mexanik, tayanch va himoya funksiyalarini bajaradi.
Pektin moddalari. 
O‗simliklarda hujayra oraliq moddasi va hujayra devori 
matriksida erimaydigan propektin holatida, shuningdek, meva va sabzavotlarning 
shirasi tarkibida erigan holatda uchraydi. Erimaydigan holatdagi propektin 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin