Biokimyo va molekulyar biologiya


-rasm.  Glikogen molekulasini sxematik tuzilishi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
20-rasm. 
Glikogen molekulasini sxematik tuzilishi.
 
a
 – 
α
-1,4-glukozid bog„lar; b – 
α
-1,6-glukozid bog„lar. 
Glikogen odam va hayvonlarning barcha organ va to‗qimalarida uchraydi
lekin yuqorida keltirilganidek jigar va mushaklarda eng ko‗p miqdorda bo‗ladi. 
Glikogenning molekulyar og‗irligi 10
5
-10

Da va undan ziyod bo‗ladi.
 
Sellyuloza
(kletchatka) - o‗simlik dunyosining eng keng tarqalgan 
strukturaviy polisaxaridi hisoblanadi. Biosferadagi organik tavsifli karbon 
а 



126 
birikmalarini 50 % dan ziyod qismi klechatka hisobiga to‗g‗ri keladi. Shuningdek, 
bakteriyalar va tuban o‗simliklar tarkibida ham uchraydi. Yog‗ochning 50 %, paxta 
tolasini 
deyarli 100 % 
sellyulozadan tashkil topgan. Sellyuloza ipsimon tuzilishga 
ega, u β-D-glukopiranoza qoldiqlarini bir-biri bilan 1→4- bog‗lar yordamida 
birikishidan hosil bo‗ladi. Bu ipsimon molekulalar, odatda, bir-biriga parallel 
joylagan bo‗lib, ular vodorod bog‗lari yordamida mikrofibrillarni hosil qiladi. 
Sellyulozani qisman gidrolizlaganda disaxarid sellobtoza, to‗liq gidrolizlaganda - 
β-D-glyukoza hosil bo‗ladi. Sellyulozani molekulyar og‗irligi 3·10
5
dan 2·10
6
Da 
gacha, glukozid qoldiqlarning soni esa, 2·10
3
dan 1,1·10
4
gacha bo‗ladi. 
Mikrofibrillar ular bilan uchraydagan: gemitsellyuloza, lignin, pektin moddalari 
bilan birgalikda o‗simliklarning juda murakkab, ko‗p qavatli tuzilishga ega bo‗lgan 
hujayra po‗stlarini hosil qiladi. Sellyulozani amaliy ahamiyati juda katta. 
U gazmol, qog‗oz, sun‘iy ipak, ba‘zi plastik massalar va portlovchi moddalar, 
emulgatorlar, himoyalovchi kolloidlar va h.k.larning asosiy massasini tashkil 
qiladi. Klechatka oshqozon-ichak yo‗lidagi fermentlar yordamida hazmlanmaydi, 
chunki odamlarda uni parchalaydigan β-glukozidaza bo‗lmaydi. Shu bilan 
birgalikda aytish o‗rinliki, ovqat tarkibida klechatkaning miqdorini optimal 
miqdorda bo‗lgani ma‘quldir, chunki u axlatning shakllanishida muhim 
ahamiyatga ega. 
Inulin. 
Bu polisaxarid polifruktozanlar guruhiga kiradi. Inulin fruktoza 
qoldiqlaridan tashkil topgan. U yer noki, georgina, artishoklarning tuganaklarida 
bo‗ladi va miqdoriy jihatdan 50 %gacha yetib boradi. Inulin ko‗p miqdorda 
topinamburning ildizmevasi va sikoriyning ildizida borligi aniqlangan.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin