Biokimyo va molekulyar biologiya


shuni  yodda tutish kerakki, u yoki bu reaksiyada ajralib



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
shuni 
yodda tutish kerakki, u yoki bu reaksiyada ajralib
 
chiqadigan energiya miqdori 
harorat, pH, substratlar va magniy ionlarining konsentratsiyasiga bog‗liq.
 
Hujayradagi adeninli nukleotidlarning asosiy qismi magniyli MgATF
2–
va 
MgADF

komplekslar shaklida uchraydi. Fermentativ reaksiyalarda ular shu 
shaklda ishtirok etib, fosforil guruhlar va energiya donori rolini o‗ynaydi. ATF va 
ADF ning bir qismi hujayrada erkin anionlar sifatida mavjud bo‗ladi. Bunda 
ATFerkin ionlanadigan to‗rtta OH-guruhga ega, ya‘ni maksimal zaryadi ATF
4–
,
ADF esa –uchta OH-guruh bo‗lib, zaryadi- ADF
3–
ga teng.
ATF molekulasida zaryadlar bir-biriga yaqin joylashgan bo‗lib, ular orasida 
kuchli itarilish kuzatiladi. Chekkada joylashgan fosforil guruhning ajralishi bilan 
kichiklashadi. Reaksiya mahsulotlari ‒ НРО
4
2-
va ADF
3- 
qayta birika olmaydi, 
chunki bir xil zaryadlarini o‗zaro itarilishi ularning yaqinlashuviga to‗sqinlik 
qiladi.
Bu ATFning gidrolizini standart erkin energiyasini salbiy ko‗rsatkichini 
belgilaydi. Shuni ta‘kidlash kerakki, ATF molekulasining chekka qismida 


159 
joylashgan fosfogidril bog‗laridagi fosfor va kislorod atomlarini ko‗p sonli 
elektronlar o‗rab turadi. Ular qulay energetik orbitallar uchun bir-biri bilan 
raqobatlashadi. Raqobat barcha elektronlarni past elektron darajani egallashiga 
keng yo‗l ochadi. ATF-ADF
3-
va-HPO
4
2-
ning gidroliz mahsulotlarida elektronlar 
past energiya darajasini egallaydi, bu esa ularni barqarorlashtiradi va butun 
reaksiyani qaytmas qilib qo‗yadi. ATF gidrolizning erkin energiya kattaligi boshqa 
fosfatli yuqori energiyali va past energiyali birikmalar orasida oraliq holatni 
egallaydi. Bu ATFning noyobligini ko‗rsatadi, u yuqori energetik birikmalardan 
(14-jadvalda ATFdan yuqorida joylashgan), past energiyali birikmalar (ATFdan 
pastda joylashgan)ga fosforil guruhlarni ko‗chiruvchi-vositachi vazifasini bajaradi.
Hujayrada hech qachon fosforil guruhlarni yuqori energiyali birikmalardan 
past energiyali birikmalarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ko‗chirilmaydi, amaliy jihatdan 
hujayradagi fosforil guruhlarni ko‗chirilishi ATF-ADF tizimning vositachi-
ko‗chiruvchiligida sodir bo‗ladi. 
Boshqa nukleozid-5ˊ-trifosfatlar (UTF, GTF, STF lar) ham yuqori energetik
birikmalar hisoblagnadi, lekin ular hujayrada ATF kabi bunday universal rolga ega 
emas, balki o‗ta cheklangan maxsus funksiyalarni bajaradi, ya‘ni UTF 
polisaxaridlar sintezida, STF-lipidlar sintezida fosforil guruh va energiya bilan 
ta‘minlovchi donor sifatida xizmat qiladi, GTF esa, oqsillar biosintezida peptid 
bog‗larni hosil bo‗lishini tanlovli ravishda tezlashtiradi.
Barcha tirik organizmlar energiya yig‗ish tizimidan foydalangan holda tashqi 
energiya manbalarining energiyasini to‗playdi va uni yuqori energetik birikmalar 
energiyasiga aylantiradi. Energiyani akkumulatsiyalash tizimlari energiyani yig‗ish 
tamoyiliga ko‗ra bir-biridan farqlanadigan ikki tipga bo‗linadi.
Birinchisi – bu fosforlanish reaksiyasi erimaydigan membrana strukturasi 
bo‗lishini talab qilmaydigan – 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin