Biokimyo va molekulyar biologiya


 Prokariot va eukariotlarning genomining tuzilishi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

14.11. Prokariot va eukariotlarning genomining tuzilishi 
Organizmning genlarini yig‗indi majmuyiga
genom 
deb yuritiladi. Har xil 
organizmlarda DNK ning miqdori va genlarning miqdori bir-biridan farq qiladi, 
lekin bir organizmning barcha hujayralarida bir xil miqdorni tashkil qiladi. 
Prokariotlarning genomi ikkita zanjirdan tashkil topgan yagona yopiq halqasimon 
DNK hisoblanadi. Uning uzunligi 1,36 mm, tarkibi taxminan 4
.
10

juft asoslardan 
tashkil topgan, qalinligi 20 angstrem, molekulyar og‗irligi 2,8
.
10

Da. Har xil 
tipdagi eukariot-hujayralarning DNK miqdorlari bir-biridan farq qiladi. Organizm 
qay darajada murakkab tuzilishga ega bo‗lsa, unda genetik axborot shunchalik ko‗p 
bo‗ladi. Odamning yagona hujayrasi genomini uzunligi 2 m bo‗ladi, u taxminan 
5,5
.
10

juft azotli asoslardan tashkil topgan va molekulyar og‗irligi 4
.
10
12
Da. Odam 
hujayrasida 46 ta xromosoma bo‗lib, ularning har birining uzunligi 4 sm bo‗ladi.
DNK da 1 mln ―harf‖ (nukleotid) bo‗lib, ularning har birining uzunligi 0,034 sm 
va 10

nm
3
maydonni egallaydi. Boshqacha qilib aytganda, o‗zida yarim axborotni 
(jinsiy hujayradagi kabi) saqlaydigan genomda 3
.
10

nukleotidlar bo‗ladi va bu 
axborot 3
.
10

harfdan tashkil topib, 1 mln sahifani egallashi mumkin bo‗lar edi.
 
14.12. Oqsil sintezi ingibitorlari 
Ba‘zi preparatlar nuklein kislotalar va oqsillar sinteziga tormozlovchi ta‘sir 
ko‗rsatadi. Hozirgi kunda tibbiyotda ko‗p antibiotiklardan keng foydalaniladi, 
ulardan bir qismi oqsil va nuklein kislotalarini sintezlanish reaksiyalariga ta‘sir 
ko‗rsatadi. Ulardan biri puromisin hisoblanadi. U aminoatsil-t-RNK ning AMF 


307 
qoldig‗ining A-uchida joylashganligi uchun peptidil-t-RNK bilan ta‘sirlanib 
peptidil-puromisin hosil qiladi. Peptidil-puromisin antikodon tavsifli triplet 
bo‗lmaganligi sababli u peptid zanjirning elongatsiyasini tormozlab qo‗yadi. Bu 
preparat prokariotlarda ham, eukariotlarda ham oqsil sintezini tormozlaydi. Shish 
hosil bo‗lishiga qarshilik ko‗rsatadigan ancha zaharli tavsifga ega bo‗lgan 
aktinomisin, ham oqsil sinteziga tormozlovchi ta‘sir ko‗rsatadi. U DNK ni 
dezoksiguanozin qoldig‗i bilan birikib uning matritsalik funksiyasini ishdan 
chiqaradi. Sil (tuberkulyoz)ga qarshi qo‗llaniladigan refamisin ham RNK ning 
sinteziga tormozlovchi ta‘sir ko‗rsatadi. Xloramfenikol bakteriyalarning 70 S 
ribosomasida oqsil sintezining peptidiltransferaza reaksiyasini ingibirlaydi. 
Eukariotlardagi 80 S li sharoitda bu jarayon ro‗yobga oshmaydi. 80 S li sharoitda

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin