Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Gen muhandisligi 
-bu DNK molekulasi yordamida genlarning yangi 
kombinatsiyalarini yaratish haqidagi fandir. Yuqorida keltirilganidek, DNK 
molekulasini ―uzish‖ va ―o‗stirish‖ imkoniyati bakteriyalarning odam geni bilan 
birgalikdagi insulin va interferon gormonlari sintezini amalga oshira oladigan 
duragay hujayralarini yaratish imkonini berdi. Genlarni ko‗chirib o‗tkazish bilan 
kasalliklarga, muhitning noqulay sharoitlariga chidamli, samarali ravishda 
fotosintezni va atmosfera azotini o‗zlashtirishni amalga oshirish qobiliyatiga ega 
bo‗lgan o‗simlik navlarini yaratish yo‗lga qo‗yilmoqda. Gen muhandisligi yo‗li 
bilan turlararo to‗siqni chegirish va alohida irsiy belgilarni bir organizmdan 
(masalan, odam va hayvonlardan bakteriyalar va h.k.larga) ko‗chirib o‗tkazish 
imkonini beradi. Gen muhandisligida biokimyo va bioorganik kimyoning uslublari 
keng qo‗llanilmoqda. Umumiy tarzda gen muhandisligi tamoyillariga oid 
mexanizmlar 41-rasmda keltirilgan.
41-rasm. 
Gen muhandisligining umumiy tamoyili
 


311 
Xo‗jayin organizmining oldindan ajratib olingan u yoki bu replikonlaridan 
birining o‗rniga in vitro sharoitida boshqa manbadan olingan kerakli gen kiritiladi. 
Shu yo‗sinda replikon xossasini o‗zida saqlagan rekombinant molekulani yana 
xo‗jayin hujayrasiga kiritiladi, unda u replikatsiyalanadi va bo‗lingan hujayralarga 
o‗tadi. Bu g‗oyani tadbig‗i uchun oson ajratib olinadigan, o‗z xossalarini saqlab 
qoladigan va begona DNKni kiritgandan keyin hujayraga kirish va nihoyat 
barqaror irsiylanish qobiliyatiga ega bo‗lishi talab qilinadi. Yuqorida e‘tirof 
etilganidek, begona DNK larni kiritish uchun mo‗ljallangan replikonlar vektorlar 
deb nomlanadi. Tadqiqotchi ixtiyorida dastlabki genlarni vektor bilan birikishi va 
xo‗jayin hujayrasiga rekombinant replikonlarni kiritish uslubi bo‗lishi lozim. 
Shuningdek, u rekombinant replikonli hujayrani, hujayraning dastlabki 
retsepiyentidan farqlash ko‗nikmasiga ega bo‗lishi kerak. Retsepiyent hujayraga 
kerakli gen kiritilgandan so‗ng, oldinga qo‗yilgan maqsadga qarab vazifalar har xil 
bo‗lishi mumkin. Ba‘zan begona genetik materialni oddiy tarzda kiritish kifoya, 
ancha murakkab holatlarda esa uni yangi xo‗jayinda ekspressiyalash talab qilinadi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin