Birinchi sinfning restriksion endonukleazalari DNK ketma-ketligini ma‘lum
bir joyini ―taniydi‖, ammo nuklein kislotasini ―tanigan joydan‖ ma‘lum masofada
joylashgan har xil joylaridan uzib parchalaydi. Ular bir ferment kompleksini o‗zida
ham restriksiyalash, ham modifikatsiyalash faolligini namoyon qiladi va muhitda S
- adenozilmetionin, ATF va Mg
2+
larning ishtirokini talab qiladi.
Ikkinchi sinf fermentlari DNKni ikkilamchi tartibli simmetriya o‗qiga ega
bo‗lgan joyidan parchalaydi. Shuningdek, bu sinfga nosimmetrik ketma-ketlikni
―taniydigan‖ va DNK ni ―taniydigan joy‖idan nariroqdagi masofadan
parchalaydigan bir necha xil fermentlar ham kiradi.
Uchinchi restriktaza sinfi fermentlarining uchun ―taniydigan joy‖ simmetrik
bo‗lishi shart emas va parchalanish ―taniydigan joy‖dan 24-27 nukleotid naridagi
masofada sodir bo‗ladi. Birinchi sinf restriktazalari kabi, ular bir kompleksni
o‗zida ham restriksiyalash, ham modifikatsiyalash faolligiga ega va restriksiya
uchun ATF ishtirokini talab qiladi.
14.14. Molekulyar kasalliklar: fermentopatiyalar Molekulyar kasalliklar moddalar almashinuvining izdan chiqishi natijasida
kelib chiqadigan irsiy kasalliklar hisoblanadi. XX asrning boshlarida ingliz
shifokori A.E.Garrod bir qator irsiy kasalliklarni o‗rganib, ular moddalar
almashinuvini ma‘lum bir bosqichini boshqaruvchi ferment faolligini pasayishi
yoki to‗liq ravishda yo‗qolishi natijasida paydo bo‗lishi to‗g‗risidagi fikrni bildirdi.
Oqsilning birlamchi strukturasidagi o‗zgarishlar (fermentativ, strukturaviy,
qon plazmasi), aftidan, uning xossalariga ta‘sir qilmaydi (―mutatsiyaning jimligi‖).
Shu bilan birgalikda, qator holatlarda (masalan, fermentning faol markazi
o‗zgarganda), oqsilning xossalari va natijada funksiyalari o‗zgaradi. Shunday qilib,
barcha molekulyar kasalliklarning paydo bo‗lishi biron-bir me‘yoriy oqsilning
yo‗qolishi yoki uning fermentativ yoki fizik-kimyoviy xossalarining o‗zgarishi
bilan bog‗liq bo‗ladi. Ushbu kasalliklarni