Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Birinchi sinfning
restriksion endonukleazalari DNK ketma-ketligini ma‘lum 
bir joyini ―taniydi‖, ammo nuklein kislotasini ―tanigan joydan‖ ma‘lum masofada 
joylashgan har xil joylaridan uzib parchalaydi. Ular bir ferment kompleksini o‗zida 
ham restriksiyalash, ham modifikatsiyalash faolligini namoyon qiladi va muhitda S 
- adenozilmetionin, ATF va Mg
2+
larning ishtirokini talab qiladi.
Ikkinchi sinf
fermentlari DNKni ikkilamchi tartibli simmetriya o‗qiga ega 
bo‗lgan joyidan parchalaydi. Shuningdek, bu sinfga nosimmetrik ketma-ketlikni 
―taniydigan‖ va DNK ni ―taniydigan joy‖idan nariroqdagi masofadan 
parchalaydigan bir necha xil fermentlar ham kiradi. 
Uchinchi restriktaza sinfi
fermentlarining uchun ―taniydigan joy‖ simmetrik 
bo‗lishi shart emas va parchalanish ―taniydigan joy‖dan 24-27 nukleotid naridagi 
masofada sodir bo‗ladi. Birinchi sinf restriktazalari kabi, ular bir kompleksni 
o‗zida ham restriksiyalash, ham modifikatsiyalash faolligiga ega va restriksiya 
uchun ATF ishtirokini talab qiladi. 
 
14.14. Molekulyar kasalliklar: fermentopatiyalar 
Molekulyar kasalliklar moddalar almashinuvining izdan chiqishi natijasida 
kelib chiqadigan irsiy kasalliklar hisoblanadi. XX asrning boshlarida ingliz 
shifokori A.E.Garrod bir qator irsiy kasalliklarni o‗rganib, ular moddalar 
almashinuvini ma‘lum bir bosqichini boshqaruvchi ferment faolligini pasayishi 
yoki to‗liq ravishda yo‗qolishi natijasida paydo bo‗lishi to‗g‗risidagi fikrni bildirdi.
Oqsilning birlamchi strukturasidagi o‗zgarishlar (fermentativ, strukturaviy
qon plazmasi), aftidan, uning xossalariga ta‘sir qilmaydi (―mutatsiyaning jimligi‖). 
Shu bilan birgalikda, qator holatlarda (masalan, fermentning faol markazi 
o‗zgarganda), oqsilning xossalari va natijada funksiyalari o‗zgaradi. Shunday qilib, 
barcha molekulyar kasalliklarning paydo bo‗lishi biron-bir me‘yoriy oqsilning 
yo‗qolishi yoki uning fermentativ yoki fizik-kimyoviy xossalarining o‗zgarishi 
bilan bog‗liq bo‗ladi. Ushbu kasalliklarni 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin