Biokimyo va molekulyar biologiya


Restriksiya va restriktazalar



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə264/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Restriksiya va restriktazalar
. Yuqorida ta‘kidlab o‗tilganidek, genetik 
muhandislik bo‗yicha tadqiqotlar DNK fragmentlarini olish uchun kerakli bo‗lgan 
resriksion endonukleazalar va DNK ga birikishini ta‘minlash uchun ligazalardan 
foydalanish mumkin bo‗lganidan keyingina mumkin bo‗lib qoldi.
G.Boyer, S.Koen, D.Xelinskiylar tomonidan har xil hujayralarga begona 
DNK larni kiritish tizimi ishlab chiqildi, ular bu hujayralar bilan birgalikda mavjud 
bo‗lish va ko‗payish qobiliyatiga ega bo‗lgan DNK dan manba sifatida foydanishni 
yo‗lga qo‗ydilar. Bunda begona DNK ni vektorlar bilan bog‗lanishi oldin ularni 
restriksion endonukleazalar yordamida ―kesish‖ orqali va keyinchalik ligazalar 
yordamida ularni ―tikish‖ yo‗li bilan amalga oshirildi. m-RNK nusxalari sifatida 
DNK dan va gen muhandisligi uslublaridan birgalikda foydalanishning uch xil 
imkoniyatlari mavjudligini ko‗rsatib berdi:
- ilgarilari erishilishi qiyin bo‗lgan eukariot genlarni individual shaklda 
ajratish; 
- ularni strukturaviy tahlil qilish uchun zarur bo‗lgan katta hajmlarda ishlab 
chiqarish; 
- begona organizmlarda, masalan, bakteriyalar hujayralarida ularni 
ekspressiyalanish tizimini yaratish. 
Qayd qilingan holatlardan oxirgisi zaruriy xususiyatlarga ega bo‗lgan tirik 
organizmlarni yaratish imkoniyatini beradi. Tez orada bu imkoniyat 
biotexnologiyada keng foydalana boshlandi. Shunday mikroblarni olishga 
erishildiki, ular odatda, eukariot organizmlarda (jumladan, odamlarda ham) 
sintezlanadigan xilma-xil oqsillarni produsirlash qobiliyatiga ega bo‗ldi. 


312 
Nukleotid polipeptid zanjirining parchalanishi nukleazalar deb ataladigan 
fermentlar yordamida amalga oshiriladi. Ba‘zi fermentlar polinukleotid zanjiri 
(endodeok-siribonukleaza) ichidagi fosfoefir bog‗lanishini uzadi, boshqalari 
zanjirni 5´ yoki 3´-uchidan boshlab gidrolizlaydi – ularni 5´- yoki 3´- 
ekzodeoksiribonukleazalar deb nomlanadi. Endonukleazalar o‗ziga xosligi bilan 
farq qiladi - ular ma‘lum ketma-ketlikni uzishda ishtirok etadi yoki ketma-ketlikka 
nisbatan hech qanday talab bo‗lmaydi. Faqat bitta zanjirli DNK ni yoki ikki zanjirli 
DNK ni yoki har ikkalasini ham gidrolizlaydigan fermentlar mavjud. 
Endodezoksiribonukleazalarning eng muhim sinfi retsriksion endonukleazalar 
hisoblanadi. Nukleotidlar ketma-ketlikni ―taniydigan‖ joy (sayt), ajratish joyi va 
reaksiya sharoitlariga qarab restriktazalar uch sinfga bo‗linadi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin