311
Xo‗jayin organizmining oldindan ajratib olingan u yoki bu replikonlaridan
birining o‗rniga in vitro sharoitida boshqa manbadan olingan kerakli gen kiritiladi.
Shu yo‗sinda replikon xossasini o‗zida saqlagan
rekombinant molekulani yana
xo‗jayin hujayrasiga kiritiladi, unda u replikatsiyalanadi va bo‗lingan hujayralarga
o‗tadi. Bu g‗oyani tadbig‗i uchun oson ajratib olinadigan, o‗z xossalarini saqlab
qoladigan va begona DNKni kiritgandan keyin
hujayraga kirish va nihoyat
barqaror irsiylanish qobiliyatiga ega bo‗lishi talab qilinadi. Yuqorida e‘tirof
etilganidek, begona DNK larni kiritish uchun mo‗ljallangan replikonlar vektorlar
deb nomlanadi. Tadqiqotchi ixtiyorida dastlabki genlarni vektor bilan birikishi va
xo‗jayin hujayrasiga rekombinant replikonlarni kiritish uslubi bo‗lishi lozim.
Shuningdek, u rekombinant replikonli hujayrani,
hujayraning dastlabki
retsepiyentidan farqlash ko‗nikmasiga ega bo‗lishi kerak. Retsepiyent hujayraga
kerakli gen kiritilgandan so‗ng, oldinga qo‗yilgan maqsadga qarab vazifalar har xil
bo‗lishi mumkin. Ba‘zan begona genetik materialni oddiy tarzda kiritish kifoya,
ancha murakkab holatlarda esa uni yangi xo‗jayinda ekspressiyalash talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: