Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Bosqichlar 
 
 
 
 
Kerakli komponentlar
 
Aminokislotlarning faollashuvi
Aminokislotalar 
 
 
 
Transport RNK lar 
Aminoatsil-t-RNK–sintetazalar
ATF, magniy
2+
Polipeptid zanjir sintezining 
initsiatsiyasi
Prokariotlarda 
Initsirlovchi kodon AUG yoki GUG 
Formil-metionil-t-RNK 
m-RNK, GTF, magniy
2+
Ribosomani 30S- va 50S-subbirliklari 
Inisiatsiya omillari (
I
F-1, 
I
F-2, 
I
F-3) 
Eukariotlarda 
Inisirlovchi kodon AUG 
Metionil-t-RNK. 
m-RNK, GTF, magniy
2+
Ribosomani 40S- va 60S-subbirliklari
Inisiatsiya omillari (
eI
F-2, 
eI
F3, 
eI
F-5) 
Elongatsiya
Har xil aminoatsil-t-RNK lar 
GTF, magniy2
+

 
 
 
 
 Elongatsiya omillari 
Prokariotlarda 
EF-T
,
 EF-G
Eukariotlarda 
EF-
1, 
EF-

Terminatsiya
m-RNK dagi terminatsiya kodoni 
(UAA, UAG, UGA tripletlaridan biri).

 
 
 
 
Terminatsiya
omillari
Prokariotlarda 
PF
-1, 
PF
-2, 
PF
-3
Eukariotlarda 
ePF

Sitoplazmatik, mitoxondrial va plastidli oqsillarni sintez qiluvchi tizimlar 
mavjud va ularning ba‘zi modifikatsiyalari mavjud bo‗lgan holda, ularning 
barchasini strukturaviy-tashkiliy jihatlari o‗xshashdir. 
14.10. Biologik kod va uning tavsifi 
Taqiqotlar shuni ko‗rsatdiki, kodlovchi DNKdagi ketma-ketlik bilan oqsil 
molekulasidagi 
aminokislotalarning 
ketma-ketligi 
o‗zaro muvofiqlashgan 


304 
(kollinear) bo‗ladi, ya‘ni nuklein kislotalarining nukleotidlarini ketma-ketligi 
polipeptid zanjirdagi aminokislota qoldiqlarini joylashuv tartibi aniq belgilangan. 
Binobarin, monomerlar (nukleotidlar va aminokislotalar)ning kimyoviy tabiati bir-
biridan tamoman farq qiladi, demak, ular bir-biri bilan bevosita ta‘sirlana olmaydi. 
Buni ustiga nuklein kislotalar tarkibida bor-yo‗g‗i 4 ta nukleotid, oqsillar tarkibida 
esa 20 ta aminokislota bo‗ladi. Oqsillarni ―alfaviti‖da 20 ta ―harf‖ bo‗lgan ipsimon 
tuzilishga ega matn sifatida tasavvur qilish mumkin. Bu matn esa boshqa DNK 
ning 4 ta ―harfli‖ matni yordamida yozilgan desa bo‗ladi. Demak, har bir 
aminokislota uchun DNK molekulasida alohida kodon mavjud. Bunda, har bir 
molekula aminokislota bitta yoki undan ortiq nukleotid tomonidan kodlanadi. Agar 
har bir aminokislota uchun ikkita nukleotiddan iborat deb faraz qilinsa, unda jami 
4
2
=16 xil nukleotid bo‗lish imkoniyati bo‗lib, bu miqdordagi nukleotidlar 20 ta 
aminokislota uchun kamlik qilgan bo‗lardi. Uch nukleotidli kombinatsiyani 
hisobga olinsa, 4
3
=64 ta kodonning bo‗lishi mumkinligini ko‗rsatadi. Shunday 
qilib, aytish mumkinki, tripletli kod tabiiy oqsillar tarkibida uchrovchi 
aminokislotalarni kodlash uchun yetarli ekan. Bu yo‗nalishda M.Nirenberg va 
I.Mattenlarning olib borgan tadqiqiqotlari (1961) alohida e‘tiborga molikdir. Bu 
olimlar kodonlarning kimyoviy tarkibini aniqlash imkonini beruvchi uslublarni 
ishlab chiqdilar. Ular birinchi bo‗lib ikkita kodonni aniqlab berdilar. Bu 
olimlarning probirkalarga E.coli ribosomalari, 18 xil aminokislotalar va oqsillar 
biosintezi uchun zarur bo‗lgan komponentlarni kiritish yo‗li bilan poliuridin 
kislotasi (RNK-simon polimer) yordamida olib borgan tajribalari oqsillar 
biosintezini o‗rganishda muhim ixtiro sifatida tan olinadi. Tajribadan ma‘lum 
bo‗ldiki, har bir probirkada 18 ta aminokislotadan faqat bittasi ―nishonlangan‖ edi. 
Bu tizimda kislotada erimaydigan faqat fenilalanindan tashkil topgan mahsulot 
(polipeptid) hosil bo‗ladi. Shunday qilib, aytish mumkinki, fenilalanindan tashkil 
topgan polifenilalanin polipeptidini hosil bo‗lganligi, UUU tripleti fenilalanin 
aminokislotasini kodi ekanligini isbotlaydi. Biroz keyinroq M.Nirenberg va 
I.Mattenlar tajriba asosida SSS tripleti prolinning kodi ekanligini isbotladilar. 
Keyinchalik M.Nirenberg, S.Ochoa va hammualliflar kodlarni aniqlash bo‗yicha 
poliribonukleotid-fosforilaza fermenti yordamida sintezlangan tarkibi aniq bo‗lgan 
poliribonukleotidlardan foydalanib noyob tadqiqotlarni amalga oshirdilar. Shunday 
qilib, 70 yillarda genetik ―lug‗at‖ni to‗liq aniqlashga erishildi (19-jadval).
Genetik kod bir ma‘noli bo‗ladi, ya‘ni har bir kod faqat bitta aminokislotani 
kodlaydi. Bu qonuniyatdan initsiatsiya kodonlari AUG va GUG lar mustasno. 
AUG translatsiyani boshlanishida kelsa, u pepdidilmetioninni, zanjirning o‗rtasida 
kelganda metioninni kodlaydi, GUG esa valinni kodlaydi. Shu bilan birgalikda 
genetik kod cheklanish alomatlariga ega, ya‘ni bitta aminokislotaga bir necha 
kodonlar mos kelishi mumkin. Masalan, 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin