Biokimyo va molekulyar biologiya


 Polipeptid zanjirning hosil bo‗lishini elongatsiyasi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
14.9.1.3. Polipeptid zanjirning hosil bo‗lishini elongatsiyasi 
Initsiatsiya bosqichini nihoyasida ribosomaning P-joyida inisirlovchi 
formilmetionil-t-RNK joylashadi, A-joy esa bo‗shab, unda m-RNK ning keyingi 
kodoni joylashadi. Navbatdagi kodonga komplementar bo‗lgan aminoatsil-t-RNK 
yana A-joy bilan bog‗lanadi.
Bu jarayon uchun bakteriyalarda GTF va ikkita EF-Tu va EFTs 
subbirliklardan tashkil topgan sitoplazmatik oqsil ‒ elongatsiya omili EF-Tni 
bo‗lishi talab qilinadi. Eukariotlarda esa bu elongatsiya omilini EF-1 sifatida 
belgilanadi. Bunda GTF gidrolizlanib, GDF va ortofosfat kislota hosil qiladi. Har 
safar maxsus t-RNK kodon-antikodon o‗zaro ta‘sirlanish jarayoni mavjudligi 
tufayli ―tanish‖ jarayoni uzluksiz ravishda amalga oshadi. Kodon-antikodon 
juftligining hosil bo‗lishi to‗g‗ri bo‗lgan taqdirda t-RNK ning konformatsiyasi 
o‗zgaradi. Uning yuza qismiga TYS ketma-ketligi chiqadi, u esa 16 S r-RNKda 
joylashgan SGAA ketma-ketligi bilan vodorod bog‗lari yordamida bog‗langan 
bo‗ladi. Shunday qilib, aminoatsil t-RNK ribosomaning A-joyiga joylashadi. 
Bundan keyin peptid bog‗ning hosil bo‗lishi yuz beradi. Ribosomaning 50S-
subbirligida joylashgan peptidiltransferaza markazida formilmetionil qoldiqni A-
joyida joylashgan aminokislotaning aminoguruhiga ko‗chirilishi yuz beradi (40-
rasm).
 


301 
 
40-rasm. 
Polipeptid zanjirning o‗sib borish bosqichlari

Ribosomaga 
kirgan 
yangi 
aminokislotaning 
aminoguruhini 
oldingi 
aminokislotani karboksil guruhi bilan o‗zaro ta‘sirlanishi natijasida peptid 
bog‗lanish hosil bo‗ladi. Bu reaksiya nukleofil o‗rnini olish (oldingi 
aminokislotaning t-RNK si tomonidan siljitib ajratish) mexanizmi orqali boradi va 
u ribosomaning 50 S-subbirligidagi oqsillardan biri bo‗lgan peptidiltransferaza 
fermenti ta‘sirida katalizlanadi. Peptid bog‗lanishning shakllanishi shu yo‗sinda 
sodir bo‗ladi. Keyin m-RNK ribosomasida bitta kodon orqali translokatsiyalanish 
(siljish) sodir bo‗ladi. Bu jarayon juda murakkab bo‗lib, uning sodir bo‗lishi uchun 
GTF elongatsiyaning ikkinchi omili EF-G (yoki eukariotlarda EF-2), shuningdek, 
GTFning gidrolizi tufayli ajraladigan energiya talab qilinadi. Bundan keyin 
translokatsiya natijasida bir triplet masofaga siljish yuz beradi. Bunda dipeptidil-
RNK P joyga o‗tib, siljitib ajratilgan initsiator t-RNK ribosomaga o‗tadi. Keyingi 
aminoatsil t-RNK kirib kelishi tufayli butun sikl yana takrorlanadi. Bundan keyin 
m-RNK molekulasi joyidan siljiydi, uning kodonlaridagi ma‘lumot oqsil ―tiliga 
o‗tkaziladi‖. m-RNK dagi ma‘lumotlarning ―o‗qilishi‖ 5′---->3′ yo‗nalishida yuz 
beradi. Elongatsiya sikli ko‗p karra takrorlanadi, ya‘ni u polipeptid zanjirda nechta 
aminokislota qoldig‗i bo‗lsa, shuncha karra takrorlanadi. Elongatsiyaning tugashi 


302 
m-RNK dagi oqsil sintezi tugashiga oid signalning ribosomaga o‗tishi orqali 
amalga oshadi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin