Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

replikatsiya
ni, ya‘ni DNK matritsasida DNK 
sintezini, 
transkripsiyasi
ni, ya‘ni DNK dagi tilni va turni m-RNK molekulasiga 
ko‗chirishni va 
translatsiya
ni, ya‘ni m-RNK molekulasidagi genetik ma‘lumotni 
oqsil tarkibidagi mos aminokislotalar ketma-ketligini sintezlashga yo‗naltiradigan 
jarayonlarni o‗z ichiga oladi. 
Shunday qilib,
translatsiya 
m-RNK nukleotidlari ketma-ketligida mujassam 
bo‗lgan ma‘lumotlarni polipeptid zanjirning aminokislota ketma-ketligiga 
aylantirish demakdir. Translatsiya jarayonida hujayraning barcha oqsillari 
sintezlanadi. Dastlab, aminokislotalar faollashuvi va ularni tegishli t-RNK larga 
birikishi yuz beradi. Keyin ribosomalarda polipeptid zanjirining yig‗ilish jarayoni 
sodir bo‗ladi, buni ba‘zan
haqiqiy translatsiya
deb atashadi. Aytish mumkinki
translatsiyaning o‗zi ikki bosqichdan, ya‘ni 
aminokislotalarning
faollashuvi 
va 
haqiqiy translatsiyadan
iborat. Haqiqiy translatsiyaning o‗zi ham 
initsiatsiya, 
elongatsiya, terminatsiya
boshqichlaridan tashkil topgan 
14.9.1.1. Aminokislotalarning faollashuvi 
Bu bosqichda aminokislotalar ATF energiyasi yordamida maxsus fermentlar 
ishtirokida 
t-RNK 
tomonidan 
tegishli 
aminokislotalarning 
―tanilishi‖ 
(―rekognitsiyasi‖), ya‘ni ularni o‗ziga biriktirib olishi yuz beradi. Reaksiyalar 
sitoplazmaning eruvchan qismida sodir bo‗ladi. Aminokislotalar maxsus 


297 
aminoatsil-t-RNK sintetaza fermentlari ishtirokida, faollashadi va tegishli t-RNK 
larga birikadi. 
Bu fermentlarning har biri ma‘lum aminokislotaga va unga tegishli bo‗lgan t-
RNKga xos maxsuslik xususiyatlariga ega. Katalitik markazda fermentning 
faollashuvi ikki bosqichda amalga oshadi. Avvalo, ATF ning aminokislota bilan 
ta‘sirlanishi natijasida oraliq mahsulot-aminoatsiladenilat hosil bo‗ladi. Bunda 
aminokislotaning –COOH guruhi AMF ning 5′- fosfat guruhi bilan birikishi va 
pirofosfat kislotaning ajralishi yuz beradi, bunda ATF ning bir qism energiyasi 
aminoatsiladenilat tomonidan o‗zlashtiriladi, u peptid bog‗ hosil bo‗lishi uchun 
zarurdir.
Ikkinchi reaksiyada aminoatsil qoldiqni maxsus t-RNK ga ko‗chiriladi. 
Bunda aminokislotaning –COOH guruhi t-RNK ning adenozin qoldig‗ini 3′′-OH-
uchli guruhhi bilan murakkab efir bog‗ini hosil qiladi. 
Reaksiya natijasida har bir aminokislotani o‗ziga mos bo‗lgan t-RNK 
molekulasi bilan eterifikatsiyalanishi yuz beradi, ya‘ni aminoatsil-t-RNK hosil 
bo‗ladi. Bu jarayon davomida har bir aminokislota faollashadi va o‗ziga xos 
bo‗lgan ―o‗zining‖ t-RNK si bilan bog‗lanadi: 


298 
Tuzilishiga ko‗ra aminoatsil-t-RNK sintetazalar (aa-tRNK sintetazalar) uch 
guruhga bo‗linadi. Bu aa-tRNA sintetazalarning 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin