Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
14.7.2.3. Teskari transkripsiya
Yuqorida 
keltirilganidek, 
transkripsiyaning 
boshqaruv 
mexanizmi 
bakteriyalarda yaxshi o‗rganilgan va yuqori taraqqiy etgan organizmlarda bu 
mexanizmni o‗rganish zamonaviy molekulyar biologiyaning eng muhim 
vazifalaridan biri hisoblanadi. Axborot faqat DNK dan RNK gagina o‗tib 
qolmasdan, balki teskari yo‗nalishda, ya‘ni RNK dan DNK ga ham o‗tkazilishi 
mumkin. Shu xildagi teskari transkripsiya RNK tarkibidagi o‗sma viruslarida 
uchraydi. Ularning tarkibida shunday ferment mavjudligi kuzatilganki, 
hujayralarga virus yuqqandan keyin u virus RNK sini komplementar DNK ipini 
sintezlash uchun matritsa sifatida foydalanish imkoniyatini yaratadi. Natijada, ikki 
zanjirli RNK-DNK gibridi hosil bo‗lib, u birinchi DNK ga komplementar bo‗lib, 
ikkinchisini sintezi uchun xizmat qiladi. Hosil bo‗lgan ikki zanjirli DNK, dastlabki 
RNK ning barcha ma‘lumotlarini o‗z ichiga oladi, virus bilan zararlangan 
hujayraning xromosomalariga o‗rnashib olib, unda zararli o‗zgarishlarini keltirib 
chiqarishi mumkin. 
Teskari transkripsiyaning kashf etilishi L.A.Zilberg tomonidan ilgari 
surilgan saraton kasalligining virusli-genetik nazariyasining to‗g‗ri ekanligini 
tasdiqladi. Teskari transkripsiya aftidan hujayralardagi axborotlarni amalga oshishi 
va jamlanishi tizimlarida, masalan, embrional rivojlanish jarayonida muhim rol 
o‗ynashi mumkin. RNK ga bog‗liq bo‗lgan DNK polimerazasining teskari 


292 
transkripsiyasini amalga oshiradigan ferment (teskari transkriptaza, revertaza) o‗z 
xossasiga ko‗ra transkripsiyani amalga oshiruvchi DNK polimerazalarga 
o‗xshashdir. 
14.7.2.4. RNK protsessingi 
Transkripsiya natijasida RNK hosil bo‗ladi, u hali o‗z funksiyasini bajarishga 
tayyor emas. Unda ajratib tashlanishi lozim bo‗lgan qator ―oshiqcha‖ ketma-
ketliklar mavjud va bundan tashqari tarkibida minor komponentlar bo‗lmaydi. 
―Protsessing‖ atamasi fermentativ jarayonlar majmuyi sifatida tushuniladi, uning 
natijasida transkripsiya jarayoni asosida sintezlangan RNK funksional jihatdan 
to‗liq molekulaga aylanadi. 
Prokariot hujayralardan ‒ E.colida eng yaxshi o‗rganilgan, m-RNK ning 
protsessingi to‗g‗risida misollar mavjud emas. Bu molekulalar birdaniga ―etilgan‖ 
shaklda sintezlanadi. Shu bilan birgalikda, E.colining barcha barqaror RNK lari 
(ya‘ni ribosomal va transport RNK lari) dastlabki oraliq birikmalar shaklida 
sintezlanadi va ular yetilgan shakldagi molekulalarga aylanadi. Bu jarayonda qator 
fermentlar, jumladan, endo- va ekzonukleazalar ishtirok etadi. Prokariotlardan 
farqli o‗laroq, eukariot hujayralarda protsessing natijasida barcha RNK lar, 
jumladan, axborot RNK lari ham hosil bo‗ladi. Eukariot m-RNK larning dastlabki 
oraliq birikmalari geterogen yadro RNK lari (gyaRNK) deb nomlanadi. gyaRNK 
ning protsessingini asosiy bosqichlari 38-rasmda keltirilgan. 
Translatsiya boshlanishi bilanoq m-RNK ―kep‖ deb nomlangan 5´-uchli 
bo‗lakni o‗ziga biriktiradi, natijada m
7
G
5
´ppp
5
´Nm birikma hosil bo‗ladi, uning 7-
metilguanozin uchli tomoni 5´, 5´-pirofosfat bog‗ yordamida metillangan RNK 
nukleotidining 5´-uchi bilan bog‗langan bo‗ladi. Amaliy jihatdan tadqiq qilingan 
poli (A) tarkibli m-RNK larning barchasida, ular birikkan joydan 10-25 nukleotid 
oldingi masofada AAUAAA li konservatsiyalangan ketma-ketlik joylashadi, uni 
poli (A)ning birikish joyi deb taxmin qilinadi.


293 
 
38-rasm. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin