Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
oqsilning
 
sintezlari makonda bir-biridan ajralmagan. Eukariot hujayralar 
transkripsiyasini boshqariluvini murakkabligi shunda namoyon bo‗ladiki, ularda 
turli xil RNK polimerazalar tomonidan, turli xil RNK turlari sintezlanadi. 
Eukariot hujayrada to‗rt xildagi RNK-polimerazalar uchraydi, ulardan uchtasi ‒ 
RNK-polimerazlar I, II va III ‒ yadroda, bittasi ‒ mitoxondriyada joylashgan.
O‗simlik hujayralari xloroplastlarda joylashgan, yana bir xil boshqa 
polimerazaga ega. Yadrodagi RNK-polimeraza I ribosomal RNK genlari 
joylashgan yadrochaning strukturaviy tuzilmalari tarkibida uchrasa, RNK 
polimeraza II va III esa nukleoplazmada uchraydi. RNK-polimeraza I ribosomal 
RNK 18 S, 28 S va 5,8 S sintezini katalizlaydi. Ribosomal 5,8 S RNK va 
transport RNK larning sintezlanishi RNK polimeraza III tomonidan 


291 
katalizlanadi. RNK polimeraza II m-RNK sintezi uchun xizmat qiladigan 
bo‗lakchalarni sintezlanishini katalizlaydi. 
Polimerazalarning har biri uchun o‗ziga xos boshqaruv usullari mavjud 
bo‗lib, ular polimerazalar bilan ta‘sirlanuvchi va o‗ziga xos ketma-ketlikka ega 
bo‗lgan DNK li
maxsus oqsillar – regulyatorlar 
tomonidan amalga 
oshiriladi. Bundan tashqari, eukariotlarda boshqaruvning yana bir yangi xili ‒ 
xromatin makrostrukturasini boshqarish darajasida sodir bo‗ladigan boshqarish 
paydo bo‗lgan. Bunda, xromosomaning ayrim qismlari faol transkripsiyaga 
qodir bo‗ladi, boshqa qismlardagi transkripsiyalar esa sodir bo‗lmaydi. 
Xromatinning genlar transkripsiyalanadigan joyi, transkripsiyalanmaydigan 
joylaridan farq qilishi aniqlangan. Xromasomaning transkripsiyalanadigan 
joyini strukturasi o‗zgaradi, unda yo‗g‗onlashish (―puf‖ deb nomlangan) paydo 
bo‗ladi va h.k. Faol xromatin nofaolga nisbatan uncha ixcham emas va qator 
hollarda hatto o‗zining nukleosomal strukturasini yo‗qitishi mumkin. Bunda 
xromatin strukturasidagi o‗zgarishlar transkripsiyani faollashuvidan oldin yuz 
beradi, balki aksincha emas.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin