Biokimyo va molekulyar biologiya


 Eukariot hujayralardagi transkripsiyasi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

14.7.2.2. Eukariot hujayralardagi transkripsiyasi 
Eng kichik eukariot hujayra ham bakterial hujayradan 5 dan 10 
baravargacha kattaroq va ancha murakkab tuzilgan bo‗ladi. Har bir eukariot 
hujayrada DNK ning faqat kichik bir qismi transkripsiyalanadi. Turli 
to‗qimalarning hujayralarida yuz beradigan transkriptsiya organizmning ma‘lum 
bir hujayralarini barcha xillari uchun xos bo‗lgan genlarga ham va aynan 
muayyan to‗qimaning o‗zi uchun xos bo‗lgan genlarga ham ta‘sir ko‗rsatadi. 
Embrional 
rivojlanish 
jarayonida 
yuz 
beradigan 
hujayralarning 
differensiatsiyalanishi paytida turli genlarning transkripsiyasi ketma-ket 
ravishda bo‗lib o‗tib, ham sifatiy, ham miqdoriy tavsifli o‗zgarishlarga duch 
keladi. Differensiatsiyaning har bir bosqichi juda ko‗p miqdordagi strukturaviy 
genlarning faollashuvini o‗z ichiga oladi. 
Induvidual to‗qimalarning shakllanishi m-RNK sintezi bilan bog‗liq bo‗lib, 
ular muayyan to‗qimani tavsifiga xos oqsillarni kodlaydi. Organizmning barcha 
to‗qimalarida xromosomalar va genlar to‗plamini to‗liq bo‗lishiga qaramay bir 
xil 
hujayra 
turlarida 
transkripsiyalanadigan 
genlarning 
boshqalarida 
transkripsiyalanmasligi 
kuzatiladi. 
Bu 
shuni 
anglatadiki, 
hujayralarni 
differensiatsiyasi va o‗z funksiyasini bajarishi jarayonida ba‘zi genlarning 
faollashuvini 
yoki 
repressiyasini 
yuzaga 
chiqaradigan 
transkripsiyani 
boshqarish usullari bo‗lishi kerak. 
Pro- va eukariotlarda transkripsiya sharoitida bir necha xil tubdan 
farqlanuvchi jihatlar mavjud xususan: hujayradagi DNK miqdori prokariotlarga 
qaraganda eukariotlarda bir necha ming marta ko‗pdir va agar bakteriya 
bittagina xromosomaga ega bo‗lsa, eukariot hujayralarda genlar turli 
xromosomalar orasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, eukariotlarda yadroda 
joylashgan xromatin transkripsiyalanadi va sintezlangan axborot RNK si 
sitoplazmaga tashib yetkaziladi, bakteriyalarda esa yadro bo‗lmaydi va RNK 
ning va

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin