300
o‗tadi. 30 S-subbirlikning A-joyi yonida R-(peptidil-t-RNK-bog‗laydigan)-sayt
bo‗lib, unda peptidil-t-RNK joylashadi. Peptidil ham 50 S-subbirlikka ―ilinadi‖ va
peptidilferaza markazining P (peptidil) joyiga joylashadi. 50 S-subbirlikda yana E-
joy (ingliz, exit–chiqish)ning mavjudligi ma‘lum, matritsa bo‗lmagan holatlarda,
unga muqobil ravishda deatsillangan t-RNK bog‗lanadi.
Initsiatsiya jarayonlari natijasida formilmetionil-t-RNK darhol P-joyga o‗tadi.
Bunda aftidan uning antikodoni 3′-UAS-5′ m-RNK ning metioninli 5′-AUG-3′
kodon bilan bog‗langan bo‗ladi, A-joy esa bo‗sh qoladi, unga m-RNK ning keyingi
kodoni to‗g‗ri keladi va u tegishli aminoatsil t-RNK tomonidan ―o‗qiladi‖.
Eukariotlarda ham inisiator kodon metionil t-RNK hisoblanadi, lekin
prokariotlardagidan farqli u formillanmasdan initsiatsiya omillari el-F-5, el-F-2, el-
F-3, ribosomaning 40 S-subbirligi va m-RNK lar bilan reaksiyaga kirishadi.
Reaksiya xuddi prokariotdagiday sxema asosida bo‗lib o‗tadi.
Mitoxondriya va xloroplastlarda peptidlarning sintezi xuddi prokariotlardagi
kabi sodir bo‗lib, initsiatsiya formilmetionil-t-RNK yordamida amalga oshadi.
Shunday qilib, initsiatsiya bosqichida polipeptid zanjirni sintez qilish uchun kerakli
barcha ―jihozlar‖ yig‗iladi. Yangi zanjirlarning sintezini initsiatsiyasi uchun
initsiatsiya omillari qayta-qayta ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: