296
ikkilamchi genetik
ma‘lumotga
, aniqrog‗i
fenotipik ma‘lumotga
ega bo‗lgan
birikmalar (oqsillar) xillariga bo‗linadi. Yuqorida keltirilgan bu umumiy
qarashlarni quyidagi ketma-ketlik asosidagi (axborot oqimi) tarzida ifodalash
mumkin:
DNK→RNK→Oqsil→Hujayra→Organizm
T.Kasperson, M.Xogland, P.Berg, P.Zamechnik, S.Ochoa, M.Nirenburg,
N.Gorovis, F.Gaurovis, S.Veys, A.N.Belozerskiy, A.S.Spirin kabi taniqli olimlar
oqsil sintezining o‗rni, omillari va amalga oshish mexanizmlari haqidagi
zamonaviy g‗oyalarni shakllanishiga katta hissa qo‗shdilar. Olingan eksperimental
ma‘lumotlar nuklein kislotalarning asosiy funksiyasi nafaqat genetik ma‘lumotni
saqlash, balki ma‘lum oqsillarni dasturlashtirilgan sintezi orqali bu ma‘lumotlarni
amalga oshirishdan iborat degan farazni tasdiqladi. Ammo DNK→RNK→Oqsil
ketma-ketligida irsiy ma‘lumotlarning amaliy jihatdan ro‗yobga oshishini va tirik
organizmlar belgilarining xilma-xilligini belgilaydigan o‗ziga xos bo‗lgan
oqsillarning sintezi qanday sodir bo‗lishi haqidagi ma‘lumotlar yetishmasdi.
Hozirgi vaqtda irsiy ma‘lumotlarni ko‗chirilishi qanday asosiy jarayonlardan
iborat ekanligi aniqlandi. Ular
Dostları ilə paylaş: