birinchisi bitta polipeptid zanjiridan iborat, masalan, valin, izoleysin va leysin (M = 100000 Da)larniki.
Ikkinchi aa-t-RNK sintetazlari bir xil subbirliklardan tashkil topgan fermentlar
hisoblanadi, masalan, metioninniki M = 45000 Da bo‗lgan to‗rtta subbirlikdan,
serinniki M = 45000 Da bo‗lgan ikkita subbirlikdan iborat bo‗ladi. Aa-t-RNK
sintetazalarning
uchinchi guruhiga turli xil subbirliklardan tashkil topgan,
masalan, glitsin, triptofanlarning aa-t-RNK sintetazalari turli xil subbirliklardan
tashkil topgan. Aa-t-RNK sintetaza faqat ma‘lum bir aminokislota uchun xos
bo‗lgan t-RNK nigina ―taniydi‖. Bu jarayon yuqori darajadagi aniqlikda davom
etadi va aynan shu yo‗sinda polipeptid zanjiri sintezida aminokislotalarning ketma-
ketligini, ya‘ni oqsil sintezi jarayonining to‗g‗riligi belgilanadi.
Shu nuqtayi nazardan, V.A.Engelgardt bu fermentlarni
kodazalar deb atadi,
bu ularning genetik kodni amalga oshirishdagi rolini ko‗rsatadi. Keyinchalik,
aminokislotalar ortilgan t-RNK ribosomalarga ko‗chiriladi, ularda esa polipeptid
zanjiri hosil bo‗ladi. Bunda t-RNK molekulalari adaptor rolini o‗ynaydi, ya‘ni ular
aminokislotalarni o‗sib boruvchi polipeptid zanjirga ma‘lum tartibda kiritib
boruvchi moslamadir.
14.9.1.2. Polipeptid zanjiri sintezini initsiatsiyasi Initsiatsiya translatsiyaning eng murakkab bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu
bosqichda oqsil sintez apparatining alohida tarkibiy qismlari yig‗iladi va dastlabki
tayyorgarlik reaksiyalari sodir bo‗ladi. Ribosomalar translatsiya jarayonining
markazi hisoblanadi. Ribosoma m-RNK bilan bog‗lanmagan holda bo‗lganda,
dissotsiatsiyalanib, subbirliklarga (prokariotlarda ‒ 30 S va 50 S ga, eukariot
hujayralarda – 40 S va 60 S ga) ajraladi.
Initsiatsiya jarayonida ribosomalarning yig‗ilishi sodir bo‗ladi. Translatsiya
paytida polipeptid zanjir N-uchidan boshlanadi va C-uchi bilan tugaydi, ya‘ni
sintezlanish jarayoni NH
2
---> COOH yo‗nalishida bo‗lib o‗tadi.
Oqsil sintezining boshlanish signali m-RNK joylashgan uchta nukleotid
AUG (prokariotlarda va eukariotlarda) yoki ko‗p hollarda GUG (prokariotlarda)
birikma hisoblanadi. Agar bu nukleotidlar m-RNK zanjirini o‗rtalaridagi qismlarda
bo‗lsa, unda birinchisi metioninni, ikkinchisi valinni kodlaydi. Prokariotlarda
initsiatsiya jarayoni uchun inisiator t-RNK, m-RNK, 30 S va 50 S-subbirliklardan
tashqari, GTF va uch xil oqsil omili kerak bo‗ladi. Bu oqsillar ribosomaning
tarkibiga kirmaydi va ular