46
murakkab oqsil-dezoksiribonukleoprotein tarzida uchrab, genomning metabolitik
funksiyasini boshqarilishida muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Hayvon va o‗simlik
gistonlarida argininning lizinga bo‗lgan nisbat ko‗rsatkichida, shuningdek, oqsil
fraksiyalarida o‗zaro o‗xshashlik mavjudligi isbotlangan. Rentgen tuzilmaviy va
elektron mikroskopik tahlil ma‘lumotlariga ko‗ra, shakllangan yadroga ega
bo‗lmagan
organizmlar
(bakteriyalar,
ko‗k-yashil
suv
o‗tlari)ning
xromosomalarida gistonlar topilmagan. Shu bilan birgalikda bakteriyalar va ba‘zi
ko‗k-yashil suv o‗tlaridan lizin va argininga boy bo‗lgan oqsil fraksiyalari ajratib
olinganligi ma‘lum. Zamburug‗larda gistonlarning bor-yo‗qligi to‗g‗risida qarama-
qarshi fikrlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: