glutation ‒ glutamin kislotasi, sistein va glitsindan
tashkil topgan tripeptid ham kiradi. Bu peptid hayvon va odam hujayralarida
(ayniqsa, miya, ko‗zning gavharida), bakteriyalar, xamirturush, zamburug‗lar,
yashil o‗simliklarda uchraydi. Glutation oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida faol
ishtirok etadi. Glutationning hujayralarda bajaradigan asosiy funksiyasi
oqsillarning sulfogidril guruhlarini oksidlanishdan himoya qilishdir. Glutation,
shuningdek, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi qator fermentlar
uchun koferment vazifasini bajaradi. Glutation hayvonlar va odamlarning qizil qon
tanachalaridagi almashinuv jarayonlarida hosil bo‗ladigan H
2
O
2
ning
parchalanishi
yoki dorivor preparatlarning autooksidlanishida ishtirok etadi. Masalan, tirik
hujayra uchun yot bo‗lgan birikmalarni (galogenli alifatik yoki aromatik
uglevodorodlarni) detoksifikatsiyalashda, ularni suvda eruvchan, buyrak orqali
chiqariladigan shaklga aylantirishda ishtirok etadi.
3.10. Murakkab oqsillar Murakkab oqsillar ikki komponent: oddiy oqsildan va nooqsil tabiatli
moddadan tashkil topgan. Nooqsil tabiatli qismi prostetik guruh (yunoncha,
―prostheto‖ – ―biriktiraman‖, ―qo‗shib olaman‖) deb nomlanadi. Odatda, bu guruh
oqsil molekulasi bilan birgalikda barqaror birikma hosil qiladi. Yuqorida qayd
etilganidek, prostetik guruhning kimyoviy tuzilishiga qarab, murakkab oqsillarni:
xromoproteinlar, nukleoproteidlar, lipoproteinlar, glikoproteinlar, fosfoproteinlar
va metalloproteinlarga bo‗linadi.
3.10.1. Xromoproteinlar Xromoproteinlar. Bu oqsillar oddiy oqsillarning bo‗yovchi komponentlar
bilan birikishidan hosil bo‗lib, nomlanishi ham shundan kelib chiqqan.
Gemproteinlar orasida temir tutuvchi gemproteinlar (prostetik guruhi – temir
tutuvchi xalqasimon komponent), magniy tutuvchi magniy-porfirinlar, shuningdek,
izoalloksazinning hosilasini tutuvchi flavoprotein farqlanadi. Xromoproteinlar
qator o‗ziga xos biologik funksiyalarni bajaradi, ular jumlasiga hayotiy
faoliyatning muhim fundamental jarayonlari: fotosintez, hujayraning va
organizmning nafas olishi, kislorod va karbonat angidridning tashilishi,
51
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, yorug‗lik va rangni idrok etish va boshqalarni
kiritish mumkin.