Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

xoloferment (xoloenzim) 
deb 
nomlanadi. Fermentning nooqsil kismi 
prostetik guruh
yoki 
koferment
deyiladi. 
Bu fermentlar xoloferment (faol) holatiga o‗tishi uchun apoferment koferment 
bilan birikishi lozim. Apoferment va kofermentning o‗zaro birikishi ikki xil: 
eritmalarda dissotsiatsiyalanmaydigan, ya‘ni barqaror (kovalent bog‗ yordamida) 
holda va eritmalarda oson dissotsiatsiyalanadigan, ya‘ni barqarorlikka ega 
bo‗lmagan (ion, vodorod bog‗lari, gidrofob o‗zaro ta‘sirlanishlar va boshqa) holda 
bo‗lishi mumkin. Birinchi holatda nooqsil tabiatli komponent
kofaktor
deb 
yuritilsa, ikkinchi holatda uni nomi 
koferment
ligicha qoladi. Bunda bir xil nooqsil 
tabiatli komponentning o‗zi bir ferment tarkibida o‗zini kofaktor sifatida namoyon 
qilsa, xuddi shu birikma boshqa ferment tarkibida koferment sifatida namoyon 
qilishi mumkin ekan. Masalan, atsetilkoenzim-A-karboksilaza tarkibidagi biotin 
kofermenti apoferment bilan kovalent bog‗ orqali birikkan bo‗ladi. Boshqa 
holatlarda esa shu nooqsil tabiatli birikma polipeptid zanjir bilan kuchsiz (vodorod, 
elektrostatik, radikallarning o‗zaro tortishuvi, efir va h.k.) bog‗lar yordamida 
birikkan bo‗lib osongina dissotsiatsiyalanib ketadi. Bunda ferment preparatini 
ajratib olish jarayonidagi operatsiyalarda foydalanilgan past molekulali 
moddalardan tozalash uchun dializ qilganda, dializat oqsil komponentini o‗zidan 
iborat bo‗lib qoladi va buning natijasida muayyan ferment o‗z faolligini yo‗qotadi. 
Dializlanadigan kofermentlar jumlasiga B
1
, B
2
, B
6
, PP vitaminlarini kiritish 
mumkin. Lekin ular o‗rtasidagi farqni mutloq tarzda tushinish ham o‗rinli emas, 
chunki masalan, bir holatda FAD (flavinadenindinukleotid ‒ B
2
vitaminini 
hosilasi) D-aminokislotalarini oksidazalari tarkibida uchraganda 
koferment
tarzida 
uchrab, dializ qilganda polipeptiddan osongina ajralsa, to‗qimani nafas olish 
fermentlari tarkibida bo‗lganda, u apoferment bilan mustahkam ravishda kovalent 
bog‗ orqali birikkan bo‗lib, dializ qilganda apofermentdan ajralmaydi va, demak, u

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin