Biokimyo va molekulyar biologiya


 Monosaxaridlarning alohida vakillari



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
7.3.3. Monosaxaridlarning alohida vakillari
 
Triozalar 
(C
3
H
6
O
3
). Asosiy vakillari glitseraldegid va dioksiatseton 
hisoblanadi, ular organizmda erkin holda uchramaydi. Triozalarning fosforli 
efirlari hayvonlar, o‗simliklar organizmida va bakteriyalarda monosaxaridlarning 
ancha murakkab oraliq mahsulotlari sifatida, shuningdek, o‗simliklarda fotosintez, 
bakteriyalarda xemosintez jarayonlarida hosil bo‗ladi.
Tetrozalar
(C
4
H
8
O
4
). Tetrozalar orasida D-eritroza muhim ahamiyatga ega 
bo‗lib, u fotosintez va pentozafosfat siklida oraliq mahsulot sifatida hosil bo‗ladi.
Uning spirti-eritrit tarzida suv o‗tlari va lishayniklarda uchraydi. 
Pentozalar 
(C
5
H
10
O
5
). Pentoza vakillari organizmda erkin holda kamdan 
kam (siydik, o‗simliklarning yashil qismida) uchraydi, ko‗pincha ular murakkab 
karbonsuvlar va boshqa organik birikmalar tarkibiga kiradi, shuningdek, 
karbonsuvlar metabolizmining oraliq mahsulotlari sifatida hosil bo‗ladi. 
D-Riboza va D-Dezoksiriboza. 
Pentozani bu vakillari nuklein kislotalar va 
erkin nukleotidlar tarkibida uchraydi. Ribozani qaytarilish mahsuloti – ribitol ba‘zi 
vitaminlar va fermentlarning nooqsil tabiatli qismini asosi hisoblanadi.
L-Arabinoza. 
Bu pentoza tabiatda keng uchraydi, u gemitsellyuloza, pektin 
moddalari, yelimlarning tarkibida bo‗ladi. U bakteriyalarning polisaxaridlari 
tarkibiga kiradi, shuningdek, u erkin holda ko‗p miqdorda meva ist‘emol qilganda 
siydik tarkibida (alimentar pentonuriya) uchraydi. D-arabinoza qator 
bakteriyalarning polisaxaridlari tarkibiga kiradi va ba‘zi o‗simlik glukozidlarining 
komponenti hisoblanadi.
D-Ksiloza 
‒ o‗simlik shakari – o‗simliklarda erkin holda, lekin ancha 
miqdorda gemitsellyuloza, o‗simlik yelimlari tarkibida uchraydi. Ksiloza somon, 
kepak, daraxt qipig‗i, paxta qipig‗i va, ayniqsa, makkajo‗xori so‗tasida (12 


121 
%gacha) bo‗lib, shu mahsulotlardan qandolat sanoati uchun ajratib olinadi. Ksiloza 
spirti – ksilitdan qand kasalligiga va semirishga chalinganlarni ovqatlantirishda 
saxarozani 
o‗rniga 
foydalaniladi. 
Ksiloza 
odamlar, 
hayvonlar 
va 
mikroorganizmlarning glikoproteinlari tarkibida uchraydi. Yashil o‗simliklar, 
mikroorganizmlarning 
tarkibida 
ketopentozalardan 
D-ribuloza 
va 
D-
ksilulozalarning borligi aniqlangan. 
Geksozalar
(C
6
H
12
O
6
). Geksozalarning vakillari tabiatda erkin holatda 
uchraydi va barcha tirik organizmlarning hayotida muhim ahamiyatga ega. 
D-Glyukoza
(uzum shakari, dekstroza) o‗simliklarning yashil qismlari, 
urug‗lari, har xil meva va rezavor mevalar, asal, hayvon va odam qoni tarkibida
(sog‗lom odamda 0,07 dan 0,11 mg %gacha) erkin holda uchraydi. Glyukoza 
ko‗p polisaxaridlarning va ko‗p glukozidlarning tarkibiga kiradi.
D-Fruktoza
(meva shakari, levuleza). Bu shakar erkin holda o‗simliklarning 
yashil qismi, gullarning nektari, mevalar, asal tarkibida uchraydi.
D-Galaktoza - 
disaxaridlar laktoza va melibioza, trisaxarid rafinoza, 
oligosaxaridlardan staxioza va qator o‗simlik, shuningdek, hayvon tabiatli II 
tartibli polisaxaridlar tarkibiga kiradi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin