Biokimyo va molekulyar biologiya


aldoza , boshqa har  qanday joylashuv holatida bo‗lganda esa keton hisoblanib,  ketoza



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

aldoza
, boshqa har 
qanday joylashuv holatida bo‗lganda esa keton hisoblanib, 
ketoza
deb nomlanadi. 


115 
Glitseraldegid va dioksiatsetonlar karbonsuvlarning eng oddiy vakillari 
hisoblanadi: 
Glitseraldegid Dioksiatseton 
 
 Monosaxaridlarning stereokimyosi. 
Dioksiatsetondan tashqari barcha 
monosaxaridlar asimmetrik karbon atomiga: aldotriozalarda bitta markaziy karbon 
atomi, aldotetrozalarda-ikkita, aldopentozalarda-uchta, aldogeksozalarda-to‗rtta va 
h.k. ega bo‗ladi. Ketozalarda aldozalarga nisbatan shu xil uglerod sonida 
asimmetrik karbon atomi bitttadanga kam bo‗ladi. Shunday qilib, ketotrioza-
dioksiatsetonda asimmetrik karbon atomi bo‗lmaydi. Monosaxaridlarning umumiy 
stereoizomerlari sonini quyidagi tenglamaga binoan hisoblab topish mumkin: 
N=2
n

Bu yerda: N- stereoizomerlar soni, n- asimmetrik karbon atomlari soni. 
 
Demak, glitseraldegidda bitta asimmetrik karbon atomi bo‗lganligi uchun, 
ikkita stereoizomerga ega bo‗ladi:
D-
glitseraldegid
L-
glitseraldegid 
Aldogeksozalar to‗rtta asimmetrik karbon atomiga ega va ularning 
stereoizomerlari 2
4
=16 bo‗lib, ulardan biri, masalan, glyukoza hisoblanadi. 
Aldotetrozalar va aldopentozalar uchun o‗zaro mos holda izomerlar soni 2
2
=4 va 
2
3
=8 ga teng bo‗ladi.
Monosaxaridlarning 
izomerlari 
D- 
va 
L-shakllarda 
(D- 
va 
L-
konfiguratsiyalarda) bo‗ladi. Tabiiy geksozalar-glyukoza, fruktoza, mannoza va 
galaktozalar asosan D- qatorga kiradi. Ma‘lumki, tabiiy monosaxaridlar optik 
faollikka ega. Molekulasida asimmetrik karbon atomi bo‗lgan birikmalar 
(jumladan, monosaxaridlar ham) qutblangan nurni burish qobiliyatiga ega bo‗ladi. 
Agar qutblangan nurni o‗ng tomonga bursa musbat (+), qarama-qarshi tomonga 
bursa, manfiy (‒) belgi bilan belgilanadi. Masalan, D-glitseraldegid qutblangan 
nurni o‗ng tomonga buradi, ya‘ni u D-aldotrioza hisoblanadi. Lekin asimmetrik 
karbon atomi tomonidan belgilanadigan qutblangan nurni burish yo‗nalishini 


116 
oldindan bilib bo‗lmaydi. Stereokimyoviy konfiguratsiyali D-qatorga mansub 
monosaxaridlar, qutblangan nurni chapga burishi ham mumkin. Masalan, tabiiy 
glyukoza nurni o‗ng tomonga buradigan, tabiiy fruktoza esa chap tomonga 
buradigan bo‗ladi.
Shuningdek, monosaxaridlarning yarim atsetal shakllari ham uchraydi. Har 
qanday monosaxarid aniq fizikaviy xossalar (erish harorati, eruvchanligi va h.k.)ga 
ega ekanligi sababli maxsus solishtirma burish ko‗rsatkichiga ega bo‗ladi. 
Masalan, yangi tayyorlangan glyukoza eritmasini ko‗rsatkichi +112,2° bo‗lib, 
ancha o‗tgandan keyin muvozanat ko‗rsatkichi +52,5° ga teng bo‗lib qoladi. 
Monosaxaridlarning solishtirma burish burchagini ancha turgandan keyin (vaqt 
o‗tishi bilan) o‗zgarishini 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin