Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
 


112 
7. KARBONSUVLAR. ULARNING AHAMIYATI, FUNKSIYALARI, 
TUZILISHI, XOSSALARI, TASNIFLANISHI, VAKILLARI. 
KARBONSUVLARNING ALMASHINUVI 
 
 
7.1. Karbonsuvlar. Ularning ahamiyati va funksiyalari 
 
G.K.Shmidt tomonidan 1844-yilda bu sinf vakillarini ―karbonsuv‖ 
(―uglevod‖) deb nomlash taklif qilingan edi, chunki: triozalarni – С
3
Н
6
О
3
-
С
3

2
О)
3
, tetrozalarni – С
4
Н
8
О
4

4

2
О)
4
, pentozalarni – С
5
Н
10
О
5

5

2
О)
5

geksozalarni – С
6
Н
12
О
6

6

2
О)
6
, disaxaridlarni – С
12
Н
22
О
11

12

2
О)
11

polisaxaridlarni- (С
6
Н
10
О
5
)

- 6nС


2
О)

tarzida ifodalash mumkin bo‗ladi. Lekin 
keyingi paytda karbonsuvlarga shu yo‗sindagi nisbatda ega bo‗lmagan birikmalar, 
xususan, dezoksiriboza - С
5
Н
10
О
4
ya‘ni 5С.4Н
2
О
.
2Н bo‗lganligi va shu bilan birga 
karbonsuv sinfiga mansub bo‗lmagan birikmalar, masalan, sirka kislota ‒ 
СН
3
СООН keltirilgan nisbat ko‗rsatikichi bo‗yicha karbonsuvlarga daxldorligi 
bo‗lmagani holda 2С
.

2
О ga javob berishi ma‘lum bo‗ldi. Kimyoviy 
nomenklatura bo‗yicha tuzilgan komissiya 1927-yil bu sinf vakillarini ―glitsidlar‖ 
deb nomlashni taklif qildi, lekin bu atama ham uncha keng tarqalib ketmadi. 
Hozirgi kunda o‗zbekcha adabiyotlarda bu sinf vakillarini ―karbonsuvlar‖, 
―uglevodlar‖ va ―glitsidlar‖ deb nomlangan variantlarni uchratish mumkin. 
Karbonsuvlar vakillarini nomlashda har xil tadqiqotchilar tomonidan taklif 
qilingan trivial (tarixiy) va ilmiy nomlashlardan foydalaniladi, bu to‗g‗rida quyida 
ularning kimyoviy tuzilishlari va xossalarini ko‗rib chiqishda tegishli ma‘lumotlar 
keltiriladi. Monosaxaridlarni nomlashda ko‗pincha shakarlarning trivial nomlari 
asos sifatida qabul qilingan (ksiloza, riboza, glyukoza, fruktoza) nomlardan 
foydalaniladi va ulardan aminoshakarlarning nomi (glyukozamin, galaktozamin) 
va karboksilli shakarlarni nomi (glukon kislota, mannon kislota, galakton kislota) 
keltirib chiqariladi. Monosaxaridning trivial nomi, odatda, ikki qismdan tashkil 
topadi: uning o‗zagi shakarning u yoki bu xossasi, yoki kelib chiqishi, nomlanish 
“-oza”
suffiksi bilan tugab – u moddani karbonsuvlarga mansubligini bildiradi. 
Masalan, ―fruktoza‖ deb nomlash bu monosaxaridning mevalar tarkibida bo‗lishini 
bildiradi. Shu yo‗sinda ketozalarni nomlashida 

-
uloza”
suffiksi yordamida, 
masalan, C

bo‗lgan ketoza
-
tetruloza, C

bo‗lgan ketoza pentuloza deb nomlanadi. 
Bu moddalar oqsillar va lipidlar qatori tirik organizmlarning muhim kimyoviy 
birikmalari hisoblanadi. Odam va hayvonlar organizmida karbonsuvlar tuzilmaviy 
(strukturaviy), energetik va himoya funksiyalarini bajaradi. Ular nuklein 
kislotalarini sintezida ishtirok etadi va tirik mavjudotlardagi modda va energiya 
almashinuvida muhim ahamiyatga ega bo‗lgan nukleotid tabiatli kofermentlarning 
komponentlari hisoblanadi. Karbonsuvlarning boshqa xildagi organik moddalar 
bilan birikib hosil qilgan murakkab polimer birikmalari katta ahamiyatga ega. Ular 


113 
jumlasiga nuklein kislotalaridan tashqari, glikopeptidlar va glikoproteinlar, 
lipopolisaxaridlar, glikolipoproteinlar va h.k.lar kiradi. Bu moddalar organizmda 
juda murakkab va muhim funksiyalarni bajaradi. 
Odam va hayvonlarning tana hujayralari tarkibida oqsil va lipidlarga nisbatan 
karbonsuvlar kam (tananing quruq massa ulushini 2 % hisobida) miqdorini tashkil 
qiladi. O‗simliklar organizmida sellyuloza hisobiga karbonsuvlarning ulushi 
umumiy quruq massaning 40 % gacha miqdorini tashkil qiladi, shu sababli 
biosferada karbonsuvlar boshqa hamma organik birikmalarning umumiy miqdoriga 
nisbatan ko‗p miqdorni tashkil qiladi. Karbonsuvlar organizmda quyidagi 
funksiyalarni bajaradi: 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin