Biokimyo va molekulyar biologiya


Gistamin  juda keng ko‗lamdagi biologik ta‘sir spektriga ega



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Gistamin 
juda keng ko‗lamdagi biologik ta‘sir spektriga ega.
 
U qon 
tomirlarini kengaytirib, unga mos holda ularni o‗tkazuvchanligini oshiradi. 
Shuningdek, gistamin xlorid kislotani sekretlanishida, yirik tomirlarni torayishida, 
qisqarishida va har xil organ va to‗qimalarning silliq mushaklarini qisqarishida 
ishtirok etadi.


107 
Hayvon to‗qimalarida sisteinning hosilalari yuqori darajadagi tezlikda 
dekarboksillanadi, bunda taurin va gipotaurin hosil bo‗lib, ular organizm 
tomonidan juft o‗t kislotalarini sintezida foydalaniladi. Ornitinni dekarboksillanishi 
putressinni hosil bo‗lishiga olib keladi, u organizm tomonidan poliamidlar-
sperminning sintezi uchun foydalaniladi. 
6.5. Siydikchil sintezi. Oqsillar almashinuvining izdan chiqishi. 
Genetik kasalliklar. 
Barcha tirik organizmlarda aminokislotalarning dissimilyatsiyasi natijasida 
ammiak hosil bo‗ladi. Bu modda, juda kam miqdorda ham toksik tavsifga ega
hujayralarda yig‗ilmaydi. Ammiak yo organizmdan darhol chiqarib yuboriladi yoki 
notoksik birikmaga aylantiriladi, ko‗p organizmlarda u glutaminga yoki 
asparaginga aylanadi. 
O‗simliklarda shu yo‗sinda 
azot 
zaxiralanadi. Lekin hayvonlarda ham 
glutamin 
(ba‘zan 
asparagin) 
yig‗ilishi 
mumkin, 
xususan 
bu 
jarayon 
sutemizuvchilardning 
mushagi, 
jigari, 
buyragi
da, hasharotlarning 
yog‗ 
tanachalari 
va
gemolimfalari
da sodir bo‗ladi. Bundan tashqari oqsillar bu 
amidlar ishtirokida amidlanadi.
Siydikchilni sintezlanishi
. Odamlar, sutemizuvchilar, amfibiyalar va ba‘zi 
boshqa hayvonlarda azot almashinuvining so‗nggi mahsuloti siydikchil 
hisoblanadi. Siydik tarkibidagi umumiy azotning 80-85 % siydikchildan iborat 
bo‗ladi. Siydikchilning asosi va mumkin yagona sintelanadigan joyi jigar 
hisoblanadi. G.Krebs va K.Genzelayt 1932-yilda siydikchilni hosil bo‗lish 
jarayonini tadqiq qilib, unda ornitinning rolini ko‗rsatib berdilar. Bu o‗rinda shu 
narsani ham qayd etib o‗tish joizki, bundan 5 yil keyin G.Krebs biokimyoda 
birinchi metabolitik siklik tizim bo‗lgan boshqa metabolitik jarayon ‒ uch karbon 
kislotalar ‒ siklini fanga ma‘lum qilgan edi. Shu sababli siydikchilni sintezlanish 
siklini ornitin (yoki Krebs) sikli deb yuritiladi. Keyingi tadqiqotlar jigarda 
siydikchil sintezini siklik tavsifga ega ekanligini asosan tasdiqladi; keyinchalik, 
G.Koen, S.Ratnerlarning izlanishlari esa siydikchil sintezi jarayonida hosil 
bo‗ladigan oraliq mahsulotlar va katalizda ishtirok etadigan ferment tizimlariga oid 
aniqliklar kiritildi. Shunday qilib, umumlashtirgan holda siydikchil hosil bo‗lish 
jarayonini quyidagicha tasavvur qilish mumkin bo‗ladi. Birinchi bosqichda 
makroergik birikma karbomoilfosfat hosil bo‗ladi, uning sintezi katta qiziqish 
uyg‗otadi. Karbomoilfosfat – bu ammiakning metabolitik faol shakli bo‗lib, u azot 
tutuvchi boshqa qator birikmalarni sintezi uchun dastlabki xomashyo mahsuloti 
sifatida ishlatiladi. Karbomoilfosfatning sintezini hayvonlar hujayrasining 
sitoplazmasidagi glutamat ishtirokida karbomoilfosfat – sintetaza katalizlaydi. 
Mazkur reaksiya ham qaytmas reaktsiyadir, chunki u gidrolitik jarayonga qo‗shilib 


108 
ketadi va undan pirimidin nukleotidlarini sintezlanishi uchun foydalaniladi. Bu 
ferment hayvon hujayralarida uchraydi, bir molekula ATF sarflanishini talab 
qiladi. 

 
 
 
Karbomoil fosfat kislota 
Sitrullin 
Siydikchil tarkibidagi ikkinchi aminoguruh siklga asparagin kislota 
yordamida kiritiladi:
Arginaza azot almashinuvining asosiy va so‗nggi mahsulotini siydik orqali 
siydikchil 
sifatida 
ekskresiyalaydigan 
hayvonlarning 
jigarida 
uchraydi. 
Qushlarning jigarida bu ferment bo‗lmaydi, chunki ularda azot almashinuvining 
so‗nggi mahsuloti sifatida siydikchil emas, balki siydik kislotasi ajratiladi. Ornitin 
siklining yig‗indi reaksiya tenglamasi quyidagicha bo‗ladi:
Ornitin
ADF
ATF


109 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin