Biokimyo va molekulyar biologiya


 Aminokislotalarning umumiy almashinuv yo‗llari



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

6.3. Aminokislotalarning umumiy almashinuv yo‗llari.
Aminokislotalarning 
umumiy 
almashinuv 
yo‗llari: 
dezaminlanish, 
transaminlanish, dekarboksillanish, biosintez va ratsimizatsii reaksiyalarini o‗z 
ichiga oladi.
Aminokislotalarning dezaminoanishi. 
Bu jarayon aminokislotalarning 
dezaminaza yoki oksidaza fermentlari ishtirokida azotsiz qoldiq va ammiakgacha 
parchalanishidan iborat. Dezaminlanishning to‗rt xili bo‗lib, hamma holatlarda 
aminoguruh ammiak tarzida ajralib chiqadi: 
1.
Qaytariluvchi dezaminlanish: 
2. Gidrolitik dezamininlanish: 


104 
3. Molekula ichidagi dezaminlanish: 
4. Oksidlanuvchi dezaminlanish: 
Dezaminlanish mahsuloti sifatida ammiakdan tashqari yog‗ kislotalari, 
oksikislotalar va ketokislotalar hosil bo‗ladi. Hayvon, o‗simlik to‗qimalari va ko‗p 
aerob mikroorganizmlar uchun asosiy reaksiyalar jumlasiga aminokislotalarning 
oksidlanuvchi dezaminlanishi kiradi, lekin bundan gistidin mustasno bo‗lib, u 
molekula ichidagi dezaminlanishga duch keladi. 
Oksidlanuvchi dezaminlanish ikki bosqichda sodir bo‗ladi:
Birinchi bosqich fermentativ jarayon bo‗lib, unda barqaror bo‗lmagan oraliq 
mahsulot ‒ iminokislota hosil bo‗ladi, u ikkinchi bosqichda ferment ishtirokisiz, 
lekin suv ishtirokida ammiaka va α-ketokislotagacha parchalanadi. 
Aminokislotalarning oksidazalari tarkibida FMN yoki FAD kofermenti 
bo‗lib, ular bu reaksiyada aminokislotalardan ajraladigan ikkita elektron va 
protonlarning akseptori vazifasini bajaradi. 
Aminokislotalarning 
transaminlanishi. 
Transaminlanish 
deganda, 
aminokislota-lardan aminoguruhni oraliq mahsulot sifatida ammiak hosil 
qilmasdan α-keto-kislotalarga molekulalararo ko‗chirilish reaksiyasi tushiniladi. 
Dastlab transaminlanish (ilgari pereaminlanish deb nomlanar edi) mushak 
to‗qimasida glutamin kislotani dezaminlanishini o‗rganish jarayonida 1937-yilda 
A.E.Braunshteyn va M.G.Krismanlar tomonidan fanga ma‘lum qilingan edi.
Transaminlanish reaksiyasi qaytar reaksiya bo‗lib, keyinchalik aniqlanishicha, 
bu barcha tirik organizmlar uchun xos universal reaksiya ekan. Bu reaksiyalar 
maxsus fermentlar-tranferazalar ishtirokida sodir bo‗ladi. Hayvon to‗qimalari va 
+ ½ О
2


105 
mikroor-ganizmlarda 
monokarbon 
amino- 
va 
ketokislotalar 
o‗rtasida 
transaminlanish reaksiyalari bo‗lib o‗tishi isbotlandi. Mushak gomogenatiga 
glutamin va pirouzum kislotalarni qo‗shganda α-ketoglutar kislota va alanin hosil 
bo‗ladi va xuddi shu reaksiyani teskari yo‗nalishda ham amalga oshirish mumkin: 
Glutamat Pirouzum α-ketoglutarat
 Alanin
kislota kislota 


Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin