Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 


100 
6.2. Oqsillarning fermentlar ta‘sirida parchalanishi. 
Ovqatlanish mahsulotini, jumladan, oqsillarning manbayi hayvon va o‗simlik 
tabiatiga ega bo‗lgan oziq-ovqat mahsulotlaridir.
 
Oqsillarga, asosan, hayvon 
(go‗sht, baliq, pishloq) va ba‘zi o‗simlik (no‗xat, loviya, soya) mahsulotlari boy 
bo‗ladi, lekin ba‘zi o‗simlik tabiatli oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida oqsil miqdori 
juda kam.
Quyida ba‘zi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi oqsilning foiz miqdori 
haqidagi ma‘lumotlar keltirilgan (9-jadval). 
9-jadval.
 Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi oqsilning miqdori
 

(% hisobida). 
 
Oziq-ovqat 
mahsulotining 
nomi
Oqsilning 
miqdori %
Oziq-ovqat 
mahsulotining 
nomi
Oqsilning 
miqdori %
Go‗sht 
18 – 22 
Marjumak uni 
11 
Baliq 
17 – 22 
So‗k (psheno) 
10 
Pishloq 
20 – 36 
O‗rmon 
yong‗og‗i 
12 
Tuxum 
13 
Kedr yong‗og‗i 

Sut 
3,5 
Kartoshka 
1,5 – 2 
Qora non 
7,8 
Karam 
1,1 – 1,6 
Guruch 

Sabzi 
0,8 – 1,6 
No‗xat 
26 
Lavlagi 
1,6 
Soya 
35 
Olma 
0,3 – 0,4 
Makaron
9 – 13 
Gilos 
1 – 1,1 
Oshqozon-ichak yo‗lida ovqat tarkibilagi oqsillarni hazmlanishini o‗z ichiga 
qamrab olgan murakkab jarayon aminokislotalarning hosil bo‗lishi bilan 
nihoyasiga yetadi. Ovqat tarkibidagi oqsillarning 95-98 % ichak devori orqali 
qonga avminokislota tarzida so‗rilishi isbotlangan. Oshqozon-ichak yo‗lida 
fermentlar ta‘sirida bosqichma-bosqich peptid bog‗larning parchalanishi yuz 
beradi. Oshqozon-ichak yo‗li fermentlari jumlasiga: pepsin, rennin, gastriksin 
(me‘da shirasi), tripsin, ximotripsin, kollagenaza, karboksipeptidaza, elastaza 
(oshqozonosti bezi shirasi), aminopeptidaza, leysinpeptidaza, enteropeptidaza, 
tripeptidaza, 
dipeptidaza, 
prolindipeptidaza 
(ichak 
shirasi)lar 
kiradi. 
Peptidazalarning ikki xili ma‘lum: 
- endopeptidazalar-bu fermentlar, asosan, polipeptid zanjirning o‗rtasida 
joylashgan peptid bog‗larni uzilishini gidrolizlaydi; 


101 
- ekzopeptidazalar-bu fermentlar, asosan, polipeptid zanjirning (N-yoki C-) 
uchida joylashgan aminokislotani uzib olinishi bilan boradigan reaksiyalarni 
katalizlaydi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin