Biokimyo va molekulyar biologiya


Materiallarni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
Materiallarni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Nuklein kislotalarning kimyoviy tarkibi qanday?
2. Nuklein kislotalarni ajratish uslublari.
3. Nuklein kislotalar tarkibiga qanday purin asoslari kiradi? 
4. DNK va RNK lar tarkibiga kiradigan pirimidin asoslari.
5. Nukleozidlar va nukleotidlar. 
6. AMF, ADF, ATF, GMF, GDF, GTFlarning formulalarini yozing. 
7. SMF, SDF, UMF, UDF, UTF, TMF, TDF, TTFlarning formulalarini 
yozing. 
8. AMF va SMFlardan dinukleotid hosil bo‗lish reaksiyasini yozing. 
9. GMF, UMF va SMFlardan trinukleotid hosil bo‗lish reaksiyasini yozing. 
10. Nuklein kislotalarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturalari 
haqida gapiring.
11. Chargaff qoidasini bayon qiling.
12. Komplementarlik nima? 
13. ASA…SAS…GAG…TAT…tripletlarning ro‗parasiga komplimentar 
tripletlarni keltiring. 
14. Qaysi azot asoslari bir-biriga komplimentar hisoblanadi? 
15. Qaysi azotli asoslarning nisbat ko‗rsatkichi taksonomik tavsifga ega? 
16. Hujayrada RNK ning qaysi turlari uchraydi? 
17. DNK va RNK bir-biridan qanday farqlanadi?
 
18. Hujayrada t-RNK, m-RNK va r-RNK larning foiz ulushi qanday?
 
19. t-RNK haqida gapiring. 
20. m-RNK qanday tuzilgan?
 
21. r-RNK ning tuzilishi va xossalari. 
 


98 
6. OQSILLARNING ALMASHINUVI
6.1. Oqsillar almashinuvi to‗g‗risida umumiy mulohazalar. 
Tirik materiyaga xos ko‗p xil almashinuv jarayonlarining eng muhimlaridan 
biri oqsillar avlmashinuvidir. Oqsillar tabiatda hayotiy hodisalarni ta‘minlaydigan 
noyob birikmalar bo‗lib, tarkibida azot tutadi. Olimlarning hisoblariga ko‗ra, 
Yerda 3,8x10
15 
t (elementar tarkib hisobida) atrofida azot bor. Bu azotning asosiy 
massasi molekulyar azot, ya‘ni aimosfera azoti ‒ N

hisoblanadi. Ma‘lumki, 
odamlar, hayvonlar va yuksak o‗simliklar bu azotni mustaqil ravishda o‗zlashtirish 
qobiliyatiga ega emas. Shu bilan birgalikda, barcha tirik organizmlar hayoti uchun 
azot ko‗p miqdorda kerak bo‗ladi; azot tutuvchi birikmalar-oqsillar va 
aminokislotalar odam va hayvonlarning ovqat ratsionini muhim komponenti 
hisoblanadi, o‗simliklarning oziqlanishi uchun azotning mineral tuzlari ham xuddi 
shunday muhim va zarurdir. Amaliy jihatdan planetamizning tirik organizmlari 
(biosferasi) tarkibidagi barcha azotning manbayi atmosfera hisoblanib, u 
mikroorganizlar tomonidan o‗zlashtiriladi, chunki faqat ulargina molekulyar azotni 
o‗zlashtirish qobiliyatiga ega. Ba‘zi yuksak o‗simliklar tomonidan atmosfera azoti 
ularining ildiz tuganaklari orqali bakteriyalar bilan simbiotik munosabatlarda 
bo‗lish yo‗li bilan o‗zlashtiriladi va shu yo‗l bilan molekulyar azotni 
o‗zlashtirilishiga munosib ulush qo‗shadi. Tabiatda hozirgacha ma‘lum bo‗lgan 
13000 tur dukkakli o‗simliklarning ko‗pchiligi simbiotik yo‗l bilan talay 
miqdorlarda azotni o‗zlashtirish qobiliyatiga ega, ayniqsa, ular orasida madaniy 
dukkaklilar (no‗xat, loviya, soya va boshqalar)ning ahamiyati katta. Tuganakli 
dukkaklilarning bakteriyalari, asosan, Rhizobium avlodiga tegishlidir. Erkin 
yashovchi bakteriyalar orasida molekulyar azotni fiksatsiyalashda tuproq 
bakteriyalari Azotobakter (aerob), Clostridium (anaerob) va ba‘zi fakultativ 
bakteriyalar, shuningdek, fotosintezlovchi bakteriyalar ishtirok etadi. Ko‗k yashil 
suv o‗tlarini atmosferani molekulyar azotini o‗zlashtirishdagi ulushi 10-15 % ni 
tashkil qiladi. 
Ammiakni molekulyar azotdan sanoat miqyosida ishlab chiqarilishida, hattoki 
katalizator ishtirokida bo‗lganda ham juda ko‗p miqdorda energiya sarflashga, 
haroratni +500
o
C gacha oshirib, bosimni 300-350 atm gacha ko‗tarishga to‗g‗ri 
keladi. Shu sababli mikroorganizmlarning odatdagi bosimda, uncha yuqori 
bo‗lmagan haroratda xuddi shu jarayonni amalga oshirishdagi qobiliyati kishini 
zavqlantiradi. Bu qobiliyatning asosiy ―siri‖ mikroorganizmlarda azotni 
o‗zlashtirish jarayonini katalizlaydigan ferment tizimini bo‗lishidadir. Shuning 
uchun hozirgi kunda jaxonning ilg‗or laboratoriyalarida shu azotning 
o‗zlashtirilishini mikroorganizlardagi kabi sintezlash mexanizmlarini o‗rganish 
asosida, bu jarayonni sanoat miqyosida fermentativ yo‗l bilan amalga oshirishni 


99 
ishlab chiqish nihoyatda qiziq, dolzarb va istiqbolli deb tan olingan va bu ishlar 
jadal sur‘atlarda amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birgalikda ma‘lumki, hayotiy jarayonlarning asosi bo‗lgan, bu oqsil 
moddalari tashqi muhitdagi moddalar evaziga uzluksiz ravishda yangilanib turadi. 
Shu sababga ko‗ra tirik tabiatda barcha almashinuv jarayonlari, bir masalaga, u 
ham bo‗lsa, oqsil moddalarini tiklanib, yangilanib turishi uchun xizmat qiladi. 
Almashinuvning boshqa barcha turlari, xususan, karbonsuv, lipid, nukleotid, 
mineral va h.k.larning almashinuvi oqsillar almashinuvi uchun va maxsus 
oqsillarning biosintezi uchun xizmat qiladi.
Bu yerda: 
- karbonsuv almashinuvi, yangidan sintezlanadigan oqsillarning dastlabki 
birikmalari- aminokislotalarni biosintezlanishi uchun kerakli bo‗lgan asosiy karbon 
tutuvchi zanjirning manbayi sifatida xizmat qiladi;
- lipidlar almashinuvi, asosan, oksidlanganda ATF sifatidagi makroergik 
birikmalarga aylanib zaxiralanadi, ular esa peptid bog‗larning shakllanishi uchun 
kerak bo‗ladi;
- nuklein kislotalarnining almashinuvi, yangidan sintezlanadigan oqsil 
molekulalarida aminokislotalarning joylashuv ketma-ketligiga oid axborotni 
saqlash va ko‗chirilishini ta‘minlab, oqsillarning noyob strukturalarini spesifik 
ravishda tiklanishi uchun xizmat qiladi;
- mineral almashinuv, ularning ishtirokida yuz beradigan oqsil sintezini 
ta‘minlovchi subhujayraviy zarrachalar va tuzilmalarning shakllanishi yoki 
yemirilishini katalizlovchi ferment tizimlarining hosil bo‗lishi yoki parchalanishi 
uchun xizmat qiladi.
Shunday qilib, tabiatda oqsil tanachalarining maxsus ravishda uzluksiz 
tiklanib turishi, u yoki bu o‗simlik yoki hayvon turlari uchun tavsifli bo‗lgan 
moddalar almashinuvini barcha jarayonlarini asosi hisoblanadi. Shuni alohida 
e‘tirof etish lozimki, organizmdagi oqsillarning almashinuvi juda jadal va bir 
vaqtning o‗zida o‗ta tejamli ravishda yuz beradi. Nishonlangan atomlardan 
foydalanishga asoslangan uslublar yordamida isbotlanganki, turli to‗qimalardagi 
oqsillarning yangilanish jadalligi har xil, lekin juda yuqori jadallikda yuz berar 
ekan. Masalan, odamlarning jigar hujayralari oqsillarining teng yarmi 10 kecha-
kunduzda, kalamushlarniki 2,7 kunda; odamlarning qon plazmasi oqsillariniki 20-
40 kunda, itlarniki 6,25 kunda, kalamushlarniki 3,8 kunda va h.k. yangilanar ekan. 
Odamning jadal o‗sish davrida har kun 100 g atrofida oqsil sintezlanadi, xususan, 
ular jumlasiga 8 g gemoglobin, 23 g jigar oqsillari, 32 g mushak oqsillari va h.k.lar 
kiradi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin