Biokimyo va molekulyar biologiya


AMF, ADF va ATFlarning tuzilishi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

AMF, ADF va ATFlarning tuzilishi
 
 
Shuni qayd etish o‗rinliki, nukleotidlarning fosforli efirlarini yana ikki xili 
uchraydi, bunda: fosfat bitta nukleotidning o‗zida pentoza qoldig‗ining ikki atom 
kislorodini bir-biri bilan bog‗laydi va fosfat ko‗prik mononukleotidning o‗zida 
hosil bo‗ladi. Misol sifatida siklik nukleotidlar-siklik 2′,3′-AMF va siklik 3′,5′-
AMFlarni keltirib o‗tish mumkin, bunda pentozaning kislorod atomlari siklik 
strukturani hosil qilishda C-2 va C-3 yoki C-3 va C-5 larga birikkan bo‗ladi (16-
rasm): 


92 
16-rasm. 
Siklik 2´, 3´- AMF va siklik 3´, 5´-AMFlarning tuzilishi
 
 
Siklik 2´, 3´- AMF ribonuklein kislotani parchalanishida oraliq mahsulot 
sifatida hosil bo‗ladi, 3´, 5´-AMF esa tabiiy uchraydigan ribonukleotid bo‗lib, 
qator noyob funksiyalarni bajaradi va moddalar almashinuvini boshqarilishida 
yuqori darajadagi biologik faollikka ega bo‗ladi. 
Chargaff qoidasi. 
DNK molekulasini struktura tuzilishi azotli asoslarning 
miqdoriy ko‗rsatkichlari bo‗yicha ma‘lum qonuniyatlarga ega, buni birinchi bo‗lib 
E.Chargaff (1949) fanga ma‘lum qildi va shu sababga ko‗ra bu qonuniyatlar 
Chargaff qoidasi deb nomlandi. Uning tadqiqotlariga muvofiq quyidagilar 
aniqlandi: 
a) purin asoslarini molar ulushi (adenin-A, guanin-G) pirimidin asoslarining 
(sitozin-S, timin-T) molar ulushiga teng: 
A + G = S + T
yoki 
= 1 
b) adenin va sitozinning miqdori guanin va timin miqdoriga teng:
A + S = G + T
yoki 
= 1 
B) adeninning miqdori timinga, guaninning miqdori esa sitozinga teng: 
A = T, S = G
yoki 
= 1,
=1
g) bundan tashqari muayyan turni aynan shu tur ekanligini tavsiflovchi 
(taksonomik ko‗rsatkich) maxsuslik koeffitsiyenti mavjud, u quyidagi nisbat 
asosida ifodalanadi: 


93 
Bu nisbat ko‗rsatkichini ko‗pincha molar prosent yoki prosent - GS – jufti 
sifatida ifodalanadi. Hayvonlar va ko‗p o‗simliklar uchun bu koeffitsiyent birligi 
birdan kam (0,54 dan 0,94 gacha) bo‗lsa, mikroorganizmlar uchun bu birlik ancha 
keng chegaradagi (0,45 dan 2,57 gacha) kattaliklarda bo‗ladi. Nukleotidlarning 
struktura birliklari mononukleotid deb nomlanadigan monomer molekulalar 
hisoblanadi, demak, nuklein kislotalar polinukleotidlardir. DNK va RNK zanjirida 
mononukleotidlarning ketma-ketligi matritsadagi ma‘lum dasturga muvofiq 
joylashgan bo‗ladi. Yuqorida qayd qilinganidek, azotli asoslarning karbonsuvlar 
bilan hosil qilgan birikmasini nukleozidlar deyiladi. Nukleozidlar purin yoki 
pirimidin asoslariga ega bo‗lib, ular karbonsuv bilan N- glukozid bog‗ yordamida 
birikkan bo‗ladi. Nuklein kislotalari tarkibida bu gyukozidlarning faqat β-
nukleozid xili uchraydi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin