Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
5.3.
Nuklein kislotalarning strukturasi 
Azotli asos (adenin, guanin, sitozin, timin va uratsil)larning karbonsuv 
komponentlari (riboza yoki dezoksiriboza) bilan birikishi natijasida (o‗zaro mos 
holda: adenozin, guanozin, sitidin, timidin va uridin deb nomlangan) nukleozidlar 
hosil bo‗ladi. Bunda purin asoslari karbonsuv 9-karbon atomi, pirimidin asosi esa 
1- karbon atomi orqali birikadi va N-glikozid bog‗ hosil qiladi. Agar 
nukleozidlardagi riboza yoki dezoksiribozaning 5- karbon atomiga fosfat kislota 
qoldig‗i biriksa, nukleotidlar, ya‘ni purin va pirimidin asoslari hosil bo‗ladi, ularni 
o‗zaro mos holda adenil kislota yoki adenozinmonofosfat (AMF), guanil kislota 
yoki guanozinmonofosfat (GMF), sitidil kislota yoki sitidinmonofosfat (SMF), 
timidil kislota yoki timidinmonofosfat (TMF) va uridil kislota yoki 
uridinmonofosfat (UMF) deb nomlanadi. Barcha nukleotidlar kuchli kislotalar 
hisoblanadi, 
chunki 
ularning 
tarkibidagi 
fosfat 
kislota 
osongina 
dissotsiatsiyalanadi. 
Bu nukleotidlar bir, ikki va uchtagacha fosfat kislota qoldig‗ini biriktirib 
olishi mumkin va, demak, mono-, di- va trifosfatlar hosil qilishi mumkin, ya‘ni 


91 
bunda adenindan-adenozinmonofosfat (AMF), adenozindifosfat (ADF) va 
adenozintrifosfat 
(ATF); 
guanozindan-guanozinmonofosfat 
(GMF), 
guanozindifosfat (GDF) va guanozintrifosfat (GTF); sitidindan-sitidinmonofosfat 
(SMF), 
sitidindifosfat 
(SDF) 
va 
sitidintrifosfat 
(STF); 
timidindan-
timidinmonofosfat (TMF), timidindifosfat (TDF) va timidintrifosfat (TTF); 
uridindan-uridinmonofosfat (UMF), uridindifosfat (UMF), uridintrifosfat 
(UMF)lar hosil bo‗ladi. Bunda agar nukleotid komponenti tarkibiga karbonsuv 
sifatida dezoksiriboza kirsa, unda tegishli nukleotidni 
dezonsi 
qo‗shimchasi 
qo‗shib nomlanadi, masalan, d-ATF-dezoksiadenozin-5

-trifosfat yoki d-STF-
dezoksisitidin -5

-trifosfat. Hujayralarda erkin nukleozidfosfatlarning paydo 
bo‗lishi DNK va RNK larning fermentativ sintelanishini boshlanishidan darak 
beradi. 
Nukleozidtrifosfatlar, ayniqsa, ATF ning ko‗p xildagi biologik funksiyalari 
orasida eng muhimlaridan biri, ularning energiya almashinuvidagi ishtiroki 
hisoblanadi. 
Quyida 
nukleotidmono-, 
nukleotiddi- 
va 
nukleotidtrifosfat 
molekulalarning hosil bo‗lish sxemasi ifodalangan (15-rasm): 
15-rasm. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin