Biokimyo va molekulyar biologiya


DNK fragmentining sxematik tasviri



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

DNK fragmentining sxematik tasviri.
 
Yuqorida qayd etilganidak, DNK juda murakkab tuzilishga ega va jahon 
olimlarining bu makromolekulalarni o‗rganishga qiziqishlari yuqori. DNKni 
birlamchi strukturasini o‗rganishda ayniqsa, fizik, kimyoviy (genlarni sintezlash) 
va boshqa uslublarga, shuningdek, tabiiy manbalardan ba‘zi genlarni yoki ularning 
fragmentlarini ajratib olish va teskari transkriptaza ishtirokida m-RNK dan 
foydalanib genlarni sintezlash kabilar bu ishlarning muvaffaqiyatli bo‗lishiga umid 
bag‗ishlaydi. So‗nggi yillarda yuqorida keltirilgan uslublarni EHM bilan birgalikda 
kompleks ravishda foydalanish asosida inson genomining birlamchi strukturasini 
aniqlashga erishildi. 


95 
Nuklein kislotalarning ikkilamchi strukturasi. 
Dj.Uotson va F.Kriklarning 
1953-yilda taklif qilgan analitik, shuningdek, rentgen tuzilmaviy tahlil 
ma‘lumotlariga muvofiq, DNK molekulasi qo‗sh zanjir bo‗lib, unda ikkala 
polinukleotid zanjir bir o‗q atrofida o‗ng tomonga buralgan spiraldan iboratligi 
ma‘lum bo‗ldi. Polinukleotid zanjirlar azotli asoslar o‗rtasida hosil bo‗lgan 
vodorod bog‗lari yordamida birikkan bo‗ladi (18-rasm).
 
DNK ning bispiral molekulasidagi ikkala polinukleotid zanjirning makonda 
joylashuvi qat‘iy tartib asosida yuz berib, bunda azotli asoslar ichkari qismda, 
fosforil va karbonsuv komponentlar tashqari qismda joylashgan bo‗ladi. Tahlillar 
shuni ko‗rsatdiki, DNK ning bispiral molekulasida azotli asoslar juft tarzda 
bo‗ladi, ya‘ni Chargaff qoidasiga muvofiq bir zanjirda purin asoslari va boshqasida 
pirimidin asoslari joylashgan bo‗ladi. Polinukleotidlarda asoslar laktam shaklda 
bo‗lganligi sababli juftlarning hosil bo‗lish ehtimoli adenin-timin va guanin-sitozin 
tartibida bo‗lishi lozim. Juftliklarning shu yo‗sinda hosil bo‗lishi keyinchalik 
eksperimental yo‗l bilan tasdiqlandi.
18-rasm. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin