96
Bu esa birinchi zanjir nukleotidining oraliq yo‗nalishi 5´—3´ tartibda bo‗lsa,
boshqasi - 3–—5´ tartibda bo‗lishini ko‗rsatadi (19-rasm).
19-rasm.
DNK ning ikkilamchi strukturasi
DNK molekulasi zanjirlarining shu ko‗rinishdagi yo‗nalishda bo‗lishi
replikatsiyasi va transkripsiyasi jarayonlarida muhim biologik ahamiyatga ega.
Rentgen tuzilmaviy tahlil uslublari asosida DNK ning eng kamida to‗rt xil, ya‘ni
A-, B-, C-, va T-shakllarda mavjud bo‗lishi isbotlangan. Ularning ikkitasi ancha
oddiy shaklda ekanligi ma‘lum. DNK ning A-shakli transkripsiya vaqtida (DNK
molekulasi asosida RNK ning sintezlanishini), B-shakli esa matritsa (DNK
molekulasi asosida DNK ning sintezlanishi) rolini bajarishi taxmin qilinadi.
Nuklein kislotaning uchlamchi strukturasi.
Virus donachalari,
bakteriya
hujayralari va yuqori taraqqiy etgan organizmlarning hujayra yadrolarida DNK
murakkab struktura hosil qilib, zich ravishda ―o‗ralgan‖ holda bo‗ladi. Ko‗p tabiiy
biologik manbalar, xususan, xromosomalardan DNK molekulasini native (tabiiy)
holatda
ajratib olish juda qiyin, shu sababli ba‘zi viruslar, mitoxondriyalar va
xloroplastlarning intakt DNKlarigina ajratib olingan.
Eng mayda DNK-
molekulalaridan biri bu viruslarnikidir, lekin uni cho‗zilganda, uzunligi virusga
nisbatan birnecha barobar uzun bo‗ladi. Bu molekulalarni
tadqiq qilish shuni
ko‗rsatdiki, qo‗sh zanjirli spiralning ba‘zi qismlari qo‗shimcha spiralizatsiyaga
duch kelib, superspirallar yoki ochiq halqali shakllarni hosil qilar ekan.
97
Shuningdek, spirallanuvchi ipsimon molekula ham halqasimon molekulaga
aylanishi mumkin. Ma‘lumki, superspirallanish
strukturasi DNKni ulkan
molekulasini tejamli ravishda joylashuvini ta‘minlaydi. Masalan, odam
xromosomasini uzunligi 8 sm ga teng bo‗lgani holda, u shu darajada o‗ralib
taxlanadiki, uni uzunligi 5 nm bo‗lib qoladi. Eukariot hujayralar DNKlarining
uchlamchi strukturasida ham superspirallanish kuzatiladi,
lekin prokariot
hujayradagilardan farqli o‗laroq, bu superspiral ularda DNKni oqsil bilan
birgalikda hosil qilgan kompleksi shaklida bo‗ladi.
Ekukariotlar DNKsini asosiy qismi yadroning xromosomalarida joylashadi,
uning juda kam miqdori mitoxondriyalarda, o‗simliklarda esa plastidalarda bo‗ladi.
Xromosomaning yig‗indi
materialini tarkibi-xromatin, DNK, giston, nogiston
oqsillar va kam miqdorda RNK lardan tashkil iopgan.
Dostları ilə paylaş: