Biokimyo va molekulyar biologiya


Pepsin  me‘daning shilliq pardasida pepsinogen (nofaol) tarzida ishlab  chiqarilib, keyinchalik u faol shaklga o‗tadi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Pepsin 
me‘daning shilliq pardasida pepsinogen (nofaol) tarzida ishlab 
chiqarilib, keyinchalik u faol shaklga o‗tadi.
 
Pepsinogenning pepsinga aylanishi 
ikki xil: xlorid kislota ta‘sirida yoki avtofaollanish yo‗llari bilan amalga oshadi. 
Ularning amalga oshish mexanizmi bir xil xlorid kislota ham, me‘da shirasida 
mavjud bo‗lgan pepsin ham pepsinogendan molekulyar massasi 7700 Da ga teng 
bo‗lgan polipeptidni uzib oladi. Shunday qilib, pepsinogenning pepsinga aylanishi 
nordon muhit (pH=1,0-2,0)da ma‘lum bir bo‗lak (fragment)ning uzilishi orqali yuz 
beradi. Bunda molekula ichida ma‘lum darajadagi o‗zgarishga duch keladi va 
natijada faol pepsin hosil bo‗ladi. Pepsinogenning molekulyar massasi 
40400 Da 
bo‗lib, pepsinniki 
32700 Da 
dir. Me‘daning pH muhitida pepsinning faolligi juda 
yuqori 
bo‗ladi. Bu ferment oqsil molekulasining peptid bog‗larini 
aminokislotalargacha va har xil kattalikdagi peptidlargacha parchalaydi.
 
Keyingi yillarda olingan ma‘lumotlarga binoan, pepsin aromatik va dikarbon 
aminokislotalar o‗rtasidagi peptid bog‗larni uzilish reaksiyalarini katalizlar ekan.
Pepsinogendan optimum pH=3 bo‗lgan gastriksin ham hosil bo‗lishi mumkin. 
Me‘dada hayvon va o‗simlik tabiatiga ega bo‗lgan albumin va globulinlar yaxshi 
biriktiruvchi to‗qima oqsillari ‒ kollagen va elastinlar yomon hazm bo‗ladi, keratin 
va protaminlar esa umuman parchalanmaydi. 
Rennin ‒ 
yosh bolalarning me‘da shirasi fermentidir. Uning molekulyar 
massasi 40000 Da, izoelektrik nuqtasi pH= 4,5 ga teng. 
Ma‘lumki, me‘dadagi hazm jarayonlarida hosil bo‗lgan polipeptidlar va 
parchalanmay qolgan oqsillar o‗n ikki barmoqli ichakka o‗tadi va ichak shirasi 
bilan aralashib ketadi. Bu yerda oshqozonosti bezi va ingichka ichakning shilliq 
pardasi tomonidan ajratilgan proteolitik fermentlar ta‘siriga uchraydi va oqsil 
aminokislotalargacha parchalanadi. 
Oqsillar parchalanishini keyingi bosqichlarida tripsin, ximotripsin va 
elastazalar ishtirok etib, ular oshqozonosti bezi tomonidan sintezlanadi. Bu 
fermentlar ham dastavval nofaol proferment holatda ishlab chiqariladi va uning 
faol shaklga o‗tishi ingichka ichakda yuz beradi. Ichak shirasi tarkibida 
shuningdek, karboksipeptidaza, leysinaminopeptidaza va tri- va dipeptidazalarning 
ko‗pchiligi ham uchraydi. 
Tripsin ‒ 
dastlab nofaol tripsinogen holatda ishlab chiqariladi. 
Tripsinogenning faol tripsinga aylanishi undan geksapeptid (-Val-Asp-Asp-Asp-
Asp-Liz-)ning uzilishi tufayli sodir bo‗ladi. Bu fermentning dastlab nofaol shaklda 
ishlab chiqarilishi fiziologik ahamiyatga ega. Tripsinning molekulyar og‗irligi 
25000 Da va bu ferment 246 ta aminokislota qoldig‗idan tashkil topgan. 


102 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin