Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

ekzopeptidazalar
oilasi vakillari faol ishtirok etadi.
Ulardan ba‘zilari (karboksipeptidazalar) oshqozonosti bezida sintezlanadi, 
faollanishi esa ichakda tripsin ishtirokida bo‗ladi, boshqalari (aminopeptidazalar) 
ichakning shilliq pardasi hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi va ular ham 
tripsin ishtirokida faollanadi.
Karboksipeptidaza -
bu metalloprotein bo‗lib, polipeptidni karboksil uchi 
tomonidan gidrolizlaydi. Ikki xil karboksipeptidaza: A va B ma‘lum bo‗lib, 
ularning ikkalasi ham metalloprotein hisoblanadi. Karboksipeptidaza A, asosan, 


103 
polipeptidning C-uchida joylashgan aromatik aminokislotalar hosil qilgan peptid 
bog‗larni uzsa, karboksipeptidaza B polipeptidnineg lizin yoki arganin joylashgann 
peptid bog‗larni uzishi isbotlangan. Bu fermentning tarkibida rux bo‗lib, uni kalsiy 
bilan almashtirish peptidaza faolligini tamoman yo‗qolishiga olib keladi. 
Aminopeptidaza 
polipeptid zanjirni aminoguruh joylashgan chekkasidan 
uzib olib parchalanishini katalizlaydi. Ichak shirasi tarkibida alaninaminopeptidaza 
va leysinamino-peptidazalar borligi aniqlangan bo‗lib, ulardan birinchisi 
polipeptidning N-uchida alanin bo‗lgan oqsilni gidrolizlasa, ikkinchisi aniq 
maxsuslikka ega bo‗lmasdan har qanday N-uchli peptid bog‗ gidrolizini 
katalizlaydi. 
 Dipeptidazalar. 
Peptidlarning hazmlanish jarayoni ingichka ichakda 
dipeptidlarni alohida aminokislotalargacha parchalanishini amalga oshiruvchi 
dipeptidazalar nihoyasiga yetkazadi. Oqsillarning har xil fermentlar ishtirokida 
to‗liq gidrolizlanishi natijasida erkin aminokislotalar hosil bo‗ladi. 
Aminokislotalarning so‗rilishi ham o‗ziga xos maxsuslikka ega va buning 
uchun energiya manbayi sifatida ATF xizmat qiladi. Aminokislotalar o‗xshash 
tarzda natriy ionlari ishtirokida so‗riladi. Lizin, sistein, sistin, glitsin, prolinlar 
uchun bittadan ziyod transport tizimi mavjud. Ba‘zi aminokislotalar boshqa 
aminokislotalarning so‗rilishiga raqobatli ta‘sir ko‗rsatadi, bu narsa esa 
aminokislotalar uchun umumiy ko‗chirish tizimining yoki umumiy mexanizmining 
mavjudligi ehtimolini bildiradi. Masalan, lizin mavjudligida argininning so‗rilishi 
tormozlanadi, lekin alanin, leysin va glutamatlarning so‗rilishida o‗zgarish yuz 
bermaydi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin