Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Energetik. 
Nafas olish jarayonida karbonsuvlar ularda yig‗ilgan energiyani 
ajratadi, organizmning energiyaga bo‗lgan ehtiyojini ancha qismini qoplaydi. 1 g 
karbonsuv oksidlanganda 16,9 kDj energiya ajralib chiqadi. 
 
Plastik (strukturaviy yoki tuzilmaviy). 
Karbonsuvlar
 
nuklein kislotalar, 
organik kislotalarni sintezi uchun, ulardan esa, aminokislotalar va keyinchalik 
oqsillarni, lipidlarni va h.k.larni sintezi uchun xizmat qiladi.
 
Himoya. 
Karbonsuvlar o‗simlik to‗qimalarining tashqi po‗stloqlarini asosiy 
komponenti hisoblanadi, ular hashoratlar va qisqichbaqasimonlarning tashqi 
skeletini tarkibiga kiradi, bakteriyalarning hujayra devorlari va barcha tirik 
organizmlarning hujayraviy membranalarini hosil bo‗lishida ishtirok etadi.
 
Tayanch. 
Sellyuloza va boshqa polisaxaridlar o‗simliklarda hujayralarni 
tashqi ta‘sirlardan saqlaydi va o‗simlikning tanasini mustahkamligini ta‘minlaydi. 
Karbonsuvlar (xondreatinsulfatlar) oqsillar bilan birgalikda tog‗ay to‗qimasi va 
boshqa odamlar va hayvonlarning tayanch funksiyasini bajaruvchi va biriktiruvchi-
to‗qimaviy jamlanmalarni tarkibiga kiradi.
Boshqaruv.
Klechatka (sellyuloza) ichakni qitiqlashi (qo‗zg‗atishi) tufayli 
uning peristaltikasini keltirib chiqaradi va natijada ovqat hazmini yaxshilaydi. 
O‗simlik barglarini og‗izchalarida kraxmal va shakarlarning bir-biriga aylanishi 
natijasida og‗izchalarning ochilib yopilishi sodir bo‗ladi. Monosaxaridlar osmotik 
jarayonlarni boshqarilishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, karbonsuvlarning 
boshqaruv funksiyalarini bajarishdagi ishtiroki jumlasiga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
 
- molekula va hujayralarning bir-birini ―tanishi‖ jarayonlari;
- bakteriyalar, 
viruslarning 
toksinlarini 
(glikoproteinlar), 
shuningdek, 
gormonlarni ―tanish‖ va o‗ziga biriktirib olish;
- nerv impulslarini uzatilish retseptorlariga va farmatsevtik preparatlar 
retseptoriga oid funksiyalarini bajarilishida ishtirok etish; 
- fermentlarning barqarorligini oshirish;


114 
- arktik hayvonlarning qoni va mushaklarida antifriz vazifasini bajarishga 
xizmat qiladi.
 Zaxira. 
Karbonsuvlar ozuqa zaxirasi sifatidagi funksiyani ham bajaradi, 
xususan, odam va hayvonlarda glikogen, o‗simliklarda kraxmal va fruktozanlar 
vaqtincha zaxiralanib, keyinchalik ehtiyoj tug‗ilganda sarf qilinadi. Masalan, o‗z 
vaqtida oziqlangan hayvonning jigarida to‗qima massaning 10 % gacha miqdorda 
yig‗iladi, och qolganda bu ko‗rsatkich 0,2 % ga tushib qoladi 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin